377
chiqish teshigi tekshiriladi. Ammo, kiyimlarda tekshirishni teskari
tarzda, avval chiqish teshiklarini, so‘ng esa kirish teshiklarini o‘rganish
tavsiya etiladi. Masalan, mo‘yna paltolarda, avval paltoning astari, so‘ng
uning tashqi qatlami tekshiriladi.
O‘q otilishi jarohati atrofidagi qurumlanish sohasini oddiy ko‘zdan
kechirishda, shuningdek infraqizil nurlar sohasida tekshirib aniqlash
mumkin. Moylash izlar ultrabinafsha nurlar ostida tekshirib aniqlanadi.
O‘q otilishida hosil bo‘ladigan metall zarrachalari diffuzion–kontakt
metodi yordamida aniqlanadi.
O‘q otilishi jarohatlarini tadqiq qilishda quyidagilarni inobatga olish
muhim:
— jarohatlangan obyektdagi o‘q otilishining qo‘shimcha izlari
boshqa moddalar (qon qatlamlari, ifloslanishlar va hokazo) bilan
niqoblanishi mumkin, shu bois tadqiqotning barcha kerakli vosita va
metodlaridan foydalanish lozim;
— vaqt o‘tishi va noqulay sharoitlarda (yer ostida ko‘p vaqt turgan
kiyimning chirigan qismlaridagi o‘q otilishi jarohatlari va shu kabilar)
o‘q otilish jarohatining morfologiyasi o‘zgarishi hamda o‘zining ayrim
xususiyati va belgilarini yo‘qotishi mumkin;
— o‘q otilishi jarohatlarining g‘ayrioddiy morfologiyasi, shuningdek
o‘q otilishidan qo‘shimcha mahsulotlarning hosil bo‘lish xususiyatlari,
o‘q tekkan obyekt oldida to‘siq (boshqa obyekt)ning mavjudligi,
jarohatni snaryadning bir bo‘lagidan hosil bo‘lishi, shuningdek kichik
(kam) energiyaga ega bo‘lgan snaryaddan hosil bo‘lishi sabab bo‘lishi
mumkin.
Alohida tadqiqotlar jarayonida aniqlangan barcha belgilar
tadqiqot-
lar natijalarini baholash va xulosalarni shakllantirish
bosqichida,
tekshirilayotgan jarohatlarning o‘q otilishidan hosil bo‘lgan (bo‘lma-
gan)ligi haqida yangi fikrlar umumlashtiriladi.
Ekspert xulosasiga ilova qilinadigan ko‘rgazmali materiallar
tadqiqot obyektning umumiy ko‘rinishi, o‘q otilishidan hosil bo‘lgan
jarohatdagi kirish va chiqish teshiklari hamda tekkan o‘q qo‘shimcha
izlarining fotosuratlari bilan to‘ldirilgan bo‘lishi zarur.
Dostları ilə paylaş: