Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə167/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

Alohida tadqiqotlar bosqichida 
quyidagilar aniqlanadi:
— obyektning turi (kiyim va uning tarkibiy qismlari, oyna parchalari 
va boshqalar), uning materialining turi va rangi; 
— izlanayotgan jarohat mavjud bo‘lgan obyektning umumiy 
o‘lchamlari (uzunligi, kengligi, balandligi, diametri), shakli, individual 
xususiyatlari; 
— jarohatlarning turi (ochiq, yopiq, urinma), ularning miqdori, 
obyektda joylashishi;


 373 
— o‘q otilishidan hosil bo‘lgan asosiy izlarining xususiyatlari (kirish 
va chiqish jarohatlarining hamda jarohat kanallarining o‘lchamlari, 
material nuqsonlarining mavjudligi, ishqalanish halqasining mavjudligi, 
rangi va tashqi diametri); 
— to‘siqdagi o‘q otilish jarohati sohasida va unga tutash sohalarda 
o‘q otilishdan qo‘shimcha izlarning mavjudligi: to‘siqning mexanik 
buzilishi (matoning yorilishi, yog‘och yoki shishadagi sinish, teshilish va 
hokazolar), qurumlanish, porox gazlariing termik ta’sirlari (kuyishlar, 
yongan sohalar, to‘siq materialining kuyish va erishi, sun’iy mato 
tolalarining erishi va bir-biriga yopishib qolishi), porox va metall 
zarrachalari, moylash mahsulotlari qoldiqlarining o‘tirib qolishi. 
Yopiq jarohatlar hosil bo‘lishida, jarohat kanali ichida snaryad yoki 
uning ayrim elementlari (o‘q qobig‘i, asosi yoki o‘zakchasi, qo‘rg‘oshin 
ko‘ylak qoldiqlari) aniqlanishi mumkin. Taqab turib o‘q otilishida kirish 
jarohati atrofida shtansmarka kuzatiladi. 
To‘siq materialiga bog‘liq ravishda, o‘q otilishi jarohatlarining 
morfologiyasi, o‘q otilishining qo‘shimcha izlarini hosil bo‘lish 
mexanizmi turlicha bo‘lishi mumkin.
Odam tanasida o‘q otilishidan hosil bo‘lgan jarohatlar.
Bunda 
kirish teshigi, odatda, aylana yoki oval shaklida, chiqish teshigi 

noaniq shaklda (yirtilish) bo‘lishi mumkin. 
Kirish teshigi shaklining aylana yoki oval shaklda bo‘lishi doimiy 
bo‘lmasa-da, ko‘p hollarda uchraydi. Ayrim hollarda, kirish teshigi 
chiziq, yulduzcha yoki noaniq geometrik shaklda bo‘lishi mumkin. 
Ushbu holat o‘q otish yo‘nalishi, odam terisining notekis qisqarishi, teri 
qatlamining shikastlanishi, o‘qdan oldingi havo ustuni va porox 
gazlarining ta’siri, shuningdek jarohatlangan to‘qimalarning tuzilishi 
xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. 
Odam tanasida jarohatning o‘q otilishidan hosil bo‘lganligini 
aniqlashning muhim belgisi ishqalanish halqasi va o‘q otilish 
mahsulotlarining hosil bo‘lish (o‘tirib qolish) halqasi hisoblanadi hamda 
ko‘p hollarda ushbu ikki turdagi halqalar o‘zaro mos keladi. 
Sochma o‘qlar tegishidan hosil bo‘lgan jarohatlarning o‘ziga xos 
xususiyatlari bo‘ladi. Masalan, agar otish sochma o‘qlar yaxlit holda 
ta’sir ko‘rsatadigan masofadan otilgan bo‘lsa, kirish teshigi bitta bo‘lishi 
mumkin. Material nuqsoni teshigining o‘lchamlari o‘q otilishidan hosil 
bo‘lgan jarohatlarga qaraganda kattaroq va uning chetlari titilgan bo‘ladi. 
O‘q otilishi masofasi ortib borgani sari va hali sochma o‘qlar nisbatan 


 374 
yaxlit ta’sir ko‘rsatib turganida, asosiy jarohat atrofida, alohida sochma 
o‘qlardan hosil bo‘lgan mayda jarohatlar kuzatiladi. Sochma o‘qlarning 
ta’sir sohasida markaziy teshik mavjud bo‘lmaydi. Jarohatning o‘zi esa 
alohida sochma o‘qlardan hosil bo‘lgan mayda jarohatchalar ko‘rinishida 
bo‘ladi.
Sochma o‘qlarni otishdan hosil bo‘lgan jarohatning chiqish teshigi, 
o‘q otilishidan hosil bo‘lgan jarohatlarga nisbatan kamroq kuzatiladi. 
Sochma o‘qlarning yaxlit holdagi ta’sirida ushbu chiqish teshigi chetlari 
notekis bo‘lgan keng yirtilgan jarohatlar ko‘rinishida bo‘ladi. Alohida 
sochma o‘qlardan hosil bo‘lgan chiqish teshiklari odatda tirqishsimon 
shaklda bo‘ladi va uning chetlari sochma o‘q yo‘nalishiga egilgan 
bo‘ladi. 
O‘q otilishining qo‘shimcha mahsulotlaridan odam tanasida, jaro-
hatning atrofida mexanik va termik ta’sir izlari, qurum va porox 
zarrachalarining o‘tirib qolishi, qurol stvol og‘zining aksi, moylash izlari 
aks etishi mumkin. 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin