Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik


O‘q tegishdan hosil bo‘lgan jarohatga kiritilgan trubka



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə175/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

O‘q tegishdan hosil bo‘lgan jarohatga kiritilgan trubka 
yordamida vizirlash usuli:
 1 — trubka; 2 — vizirlash chizig‘i.
O‘q otish yo‘nalishini o‘qning tushish burchagi bo‘yicha aniq-
lash usuli. 
Ushbu usul, agar osma trayektoriya bilan uchib kelgan o‘qdan 
to‘siqda jarohat hosil bo‘lganda ishlatiladi. Bu holda o‘qning 
trayektoryasining yo‘nalishini pastdan tepaga yo‘nalgan va o‘q otilishi 
mumkin bo‘lgan tekislikdan yuqoriroqdan o‘tadigan vizirlash 
chizig‘ining yo‘nalishi ko‘rsatadi. 
O‘q otuvchining taxminiy turgan joyini aniqlash uchun, 
jarohatlangan obyektning koordinatlarini joyning xaritasiga tushiriladi, 
so‘ng ana shu nuqtadan trayektoriyaning azimuti o‘tkaziladi. 
Trayektoriyaning azimuti hodisa sodir bo‘lgan joyda kompas yordamida 
aniqlanadi va u jarohatdan o‘tuvchi meridian bilan o‘q trayektoriyasida 
yotuvchi tik tekislik orasidagi burchakdan iborat bo‘ladi.
O‘qning uchish masofasini aniqlash uchun tashqi ballistikaning 
o‘qning oldindan ma’lum bo‘lgan boshlang‘ich tezligi va tushish 
burchagi bo‘yicha o‘qning otilishi masofasini aniqlash borasidagi 
vazifalar hal etiladi. Bu holda o‘qning tushish burchagi jarohat 
kanalining gorizontga nisbatan yo‘nalishi bo‘yicha, o‘qning boshlang‘ich 
tezligi esa — rusumi o‘qdagi mavjud izlardan aniqlanadigan qurolning 
xarakteristikalari berilgan turli ma’lumotlar va jadvallar orqali 
aniqlanadi. O‘q otish amalga oshirilgan joy sohasini aniqlash uchun o‘q 
otilishining aniqlangan yoki hisoblab chiqarilgan masofasini mos holdagi 


 389 
masshtabda xaritaga trayektoriya azimuti bilan belgilanadigan 
yo‘nalishda tushirish lozim. 
O‘q otilishi yo‘nalishini yopiq jarohatdagi o‘q kanalining 
chuqurligi va yo‘nalishi bo‘yicha aniqlash usuli. 
Ushbu usulning 
qo‘llanishi jarohatlangan to‘siqning materiali bir jinsli bo‘lgan, jarohat 
kanalining chuqurligi va yo‘nalishi mavjud hamda saqlanib qolgan 
holatlar bilan chegaralangan, ya’ni boshqa hollarda ushbu ishlatish 
murakkab masaladir. Bundan tashqari, jarohatdagi o‘q kanalining shakli, 
otilgan va jarohat yetkazgan o‘q o‘z yo‘nalishini o‘zgartirmaganligi, 
sezilarli darajada deformatsiyalanmaganligidan darak berib turishi lozim.
O‘qning to‘siqqa botib kirish chuqurligi boshqa bir xil sharoitlarda 
(ishlatilgan qurolning rusumi, o‘qning tuzilishi va boshlang‘ich tezligi, 
to‘siq materialining xossalari bir xil bo‘lganda) o‘q otilishi masofasiga 
bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun o‘q jarohati kanalining chuqurligi 
ma’lum bo‘lgan hollarda, maxsus adabiyotlarda berilgan va tajribalardan 
olingan ma’lumotlar asosida tuzilgan jadval yordamida, o‘q otilishining 
taxminiy masofasi bo‘yicha fikr yuritish mumkin. Masalan, Makarov 
to‘pponchasidan gipsolit to‘siqqa 10 

masofadan o‘q otilganda — 
chuqurligi 55 
mm 
bo‘lgan jarohat kanali vujudga keladi, 50 

masofadan 
o‘q otilganda esa — 45 
mm 
li jarohat kanali vujudga keladi. Yog‘och 
to‘siqda esa aynan shunday qurol va o‘q otilish masofalari uchun mos 
holda jarohat chuqurliklari 80 
mm 
va 60 
mm 
ni tashkil etadi. 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin