Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə178/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

Diffuzion kontakt usuli. 
O‘q tegishidan hosil bo‘lgan jarohat-
larning asosiy alomatlaridan biri bu — jarohatning kirish teshigi atrofida, 
o‘q otilishidan hosil bo‘lgan qurum tarkibiga kiruvchi metall zarrachala-
rining o‘tirib qolishidir. O‘q otilishidan hosil bo‘lgan qurumida quyidagi 
kimyoviy moddalar uchraydi: kapsyulni yondiruvchi tarkibining 
parchalanish mahsulotlari sifatida 
simob, surma, qalay
; o‘q sirtining 
ishqalanib shilinishi va uning tubini porox gazlari bilan kuyishi natijasida 
vujudga keladigan 
mis, rux, nikel, qo‘rg‘oshin
; stvol kanalining materiali 
sifatida 
temir

Ana shu yuqorida aytilgan moddalarni aniqlash uchun, juda qulay va 
oson metod — diffuzion kontakt usuli qo‘llaniladi. Ushbu metod nafaqat 
aniqlanishi kerak bo‘lgan metallarning tabiatini, balki ularning 
topografik taqsimlanishini ham aniqlash imkonini beradi. 
Diffuzion kontakt metodining mohiyati quyidagicha: obyektning 
sirtidagi metall zarrachalarining bir qismi adsorbentga o‘tkaziladi va bu 
zarrachalar aynan shu adsorbentda metallar bilan o‘zaro ta’sirlashganda 
o‘ziga xos rangga bo‘yaluvchi kimyoviy reaktivlar yordamida 
aniqlanadi. Adsorbent sifatida ishlov berilgan fotoqog‘ozning jelatinli 
qatlami olinadi. Metall zarrachalari adsorbentga diffuziya natijasida o‘tib 
qoladi. 
Obyektning kerakli sohasiga ishlov berilgan fotoqog‘oz ikki 
tomondan qo‘yiladi. Bundan oldin fotoqog‘ozlar maxsus elektrolit bilan 
shimdiriladi. Fotoqog‘ozlar kerak sohaga mahkam siqilganda elektrolit 
ta’sirida erigan metall zarralari fotoqog‘ozning jelatinli qatlamiga kirib 
boradi. Kontakt vaqti tanlab olinadi, u odatda 5 dan 10 minutgacha 
boradi. Bu qog‘ozlarni maxsus reaktivlar, ya’ni chiqaruvchi reaktiv bilan 
qayta ishlanganda, to‘siqdagi metall zarralarining joylashishiga 
bo‘yalgan dog‘larning aksi mos keluvchi metallogrammalar olinadi. 
Elektrolitlar sifatida sirka kislota yoki ammiakning 10–30%li eritmasi 
olinadi. Maxsus reaktivlarni muayyan metallar bilan reaksiyaga 


 393 
kirishganda aniq rang beruvchi moddalardan tanlab olinadi. Mis, kobalt 
va nikel moddalarining zarralarini aniqlash uchun elektrolit sifatida 
ammiakning 10–30%li eritmasi, chiqaruvchi reaktiv sifatida esa 
rubeanovorod kislotasining metili spirtidagi eritmasi olinadi. Qo‘rg‘oshin 
moddasi zarralarini aniqlash uchun fotoqog‘ozni, qo‘rg‘oshin uchun 
erituvchi bo‘lgan sirka kislotasida namlash, chiqaruvchi reaktiv sifatida 
esa sulfid natriy, rodizon kislotali natriy (0,2 %) yoki oltingugurtli natriy 
(25%)larning suvdagi eritmalari olinadi. 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin