394
Tutunli (qora) porox zarrachalari noaniq burchaksimon shaklga ega
bo‘ladi. Ular yaltiroq va xira qora, yorqin va xira jigar rangda bo‘lishi
mumkin. Tutunli poroxning zarrachalari suvda yaxshi erib ketadi,
chunki, bu poroxning tarkibiga kiruvchi selitra suvda eruvchan
moddadir. Tutunli porox yonganida kaliy karbonat, kaliy sulfat, nitratlar,
sulfatlar va sulfitlar, kul va grafit ko‘rinishidagi uglerod hosil bo‘ladi.
Aniqlangan birorta zarrachani porox zarrachasi ekanligini aniqlash
uchun qizdirib cho‘g‘ bo‘lgan ignani yaqinlashtirib uning yonish darajasi
aniqlanadi, so‘ng yonish mahsulotlariga difenilaminning oltingugurt
kislotadagi eritmasi qo‘shiladi. Tutunli poroxning ham, tutunsiz
poroxning ham yonish mahsulotlarida mavjud bo‘lgan nitratlar bilan
o‘zaro ta’sirlashib bu eritma ko‘k rangga kiradi. Termik va kimyoviy
tajribalar natijalarining umumlashtirib, tekshirilayotgan zarrachani porox
zarrachasi ekanligi haqida xulosa chiqariladi.
Difenilamin eritmasi boshqa bir qancha birikmalar bilan, masalan,
temir oksidlari bilan ta’sirlashganda ham ko‘k rangga kirishini
unutmaslik lozim. Bu hodisa stvol kanalidagi o‘q otilish mahsu-
lotlarining tabiatini, stvol kanali oxirgi marta tozalanganidan keyin
quroldan o‘q otilganligini aniqlash jarayonlarida turli xatoliklarni keltirib
chiqarishi mumkin.
Tutunsiz poroxning yonish mahsulotlarida har doim tutunli
poroxning yonishi uchun xarakterli bo‘lgan nitritlar vujudga kelishi va
tarkibida oltingugurt va kaliyli birikmalar bo‘lmasligi fakti o‘q otilishida
qo‘llanilgan poroxning turini aniqlashda stvol kanali hamda to‘siqda
qolgan porox yonishi mahsulotlari bo‘yicha aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: