Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik


O‘q otilishi qo‘shimcha omillari ta’sirining uchta sohasi



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə173/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

O‘q otilishi qo‘shimcha omillari ta’sirining uchta sohasi: 
 
1 — o‘q otilishining barcha qo‘shimcha omillarining ta’sir sohasi; 
 2 — porox zarrachalarining mexanik ta’siri, qurum va metall zarracha-
larining o‘tirib qolish sohasi; 3 — porox zarrachalarining
o‘tirib qolish sohasi.
Birinchi sohaning davomiyligi porox gazlarining mexanik ta’siri 
saqlanib qolgan masofa blan ifodalanadi va 3—5 
sm 
gacha bo‘lishi 
mumkin. Ushbu soha hududida o‘q otilishining barcha qo‘shimcha 
omillarining ta’siri seziladi. To‘siqqacha bo‘lgan bu kabi masofadagi o‘q 
otilishiga taqab o‘q otish va juda yaqin masofadan o‘q otishlar kiradi. 
Ta’kidlash joizki, stvol og‘zida maxsus moslamalari bo‘lmagan 
qurollardan taqab o‘q otilganda, o‘q otilishidan hosil bo‘lgan qurumning 
asosiy qismi porox gazlari bilan birga qo‘shilib jarohatning ichiga kirib 
ketadi, shuning uchun qurumlanish sohasi uncha sezilarli bo‘lmasligi 
mumkin. 
Qurol stvol og‘zi bilan to‘siqqacha bo‘lgan masofa ortib borishi 
bilan birinchi sohaning hududi bo‘ylab masofaning har bir santimetrida 
jarohatning morfologiyasida sezilarli o‘zgarishlar kuzatiladi. 
Ikkinchi soha qurum va metall zarrachalari o‘tirib qolishi bilan birga 
porox zarrachalarining mexanik ta’siri bilan ifodalanadi. Ushbu soha 
hududining davomiyligi 3—5 
sm 
dan 25—30 
sm 
gacha bo‘lishi mumkin. 
Uchinchi sohada esa o‘rnashib qolgan porox zarrachalari yoki 
ularning jarohatga urilishidan hosil bo‘lgan izlar kuzatiladi. 
Yuqorida aytilgan har bir sohada o‘q otilishi qo‘shimcha 
omillarining ta’sirlari izining ifodalanganlik darajasi sohaning 
boshlanishidan tugash tomoniga qarab kamayib boradi, ularni to‘siqda 
aniqlash imkonini beruvchi ta’sir etish maydoni esa ortib boradi. 


 385 
Muayyan namunadagi qurol nusxasidan o‘q otish masofasini 
aniqlash uchun hodisa sodir bo‘lgan joyda hodisaning o‘zi bilan bog‘liq 
barcha zarur shart-sharoitlarni hisobga olgan holda ekspert tajribalari 
(eksperiment) o‘tkazish kerak bo‘ladi. Hodisa joyi va hodisaning o‘zi 
bilan bog‘liq shart-sharoitlar sirasiga quyidagilar kiradi: 
— o‘qotar qurolning holati; 
— patronning turi va namunasi, ularning holati
— to‘siqning fizikaviy-kimyoviy xossalari; 
— meteosharoitlar va hokazolar. 
Yaqin masofadan o‘q otilishining yo‘nalishini aniqlash uchun esa, 
birinchidan — to‘siqning o‘q jarohat yetkazgan tomonini; ikkinchidan — 
o‘qning to‘siqqa qanday burchak ostida tekkanini aniqlash kerak. 
Yaqin masofadan o‘q otishda, to‘siqning o‘q jarohat yetkazgan 
tomonini aniqlash uchun uning qaysi tomonida o‘q otilishi qo‘shimcha 
omillarining ta’siri izlari (qurum, porox zarrachalari va hokazolar) 
mavjudligi aniqlanadi. Ammo, ko‘p qatlamli to‘siqlarda o‘q otishda 
qurumning to‘siqning orqa tomonida ham o‘tirib qolishini unutmaslik 
kerak. Shuning uchun bu kabi hollarda, to‘siqning o‘q jarohat yetkazgan 
tomonini aniqlashda qurumlanishning intensivligini e’tiborga olish 
lozim. To‘siqning o‘q jarohat yetkazgan tomonida tabiiyki, qurumlanish 
intensivligi ko‘proq bo‘ladi. 
Yaqin masofadan o‘q otishda, o‘qning to‘siqqa qanday burchak 
ostida tekkanligini qurumlanish sohasining shakli, yonmagan porox 
zarrachalarining o‘tirib qolish shakli, jarohatdagi o‘q teshigi va 
ishqalanish halqasining shakli, shuningdek o‘q teshigi kanalining 
yo‘nalishi bo‘yicha aniqlash mumkin. 
Stvol og‘zida hech qanday stvol og‘zi moslamalari bo‘lmagan 
o‘qotar quroldan o‘q otilishida stvol kanalidan oqib chiqayotgan 
gazlarning aralashmasi fazoda konus shakliga ega bo‘ladi. Ushbu 
konusning yuqori qismi qurol stvol og‘zi tomon qaragan bo‘ladi. Agar 
o‘q o‘qotar qurol to‘siqqa nisbatan to‘g‘ri burchak ostida yo‘naltirib 
otilgan bo‘lsa, u holda qurumlanish sohasi va porox zarrachalarining 
o‘tirib qolish sohasi, markazida o‘q tegishi yoki «mato minusi» 
kuzatiladigan doira shakliga ega bo‘ladi. Ushbu sohalarning diametri o‘q 
otish masofasiga bog‘liq bo‘ladi: masofa kattalashgan sari sohalarning 
diametri ham kattalashib boradi. 
Agar o‘q qurol to‘siqqa nisbatan 90 gradusdan kichik burchak ostida 
yo‘naltirib otilgan bo‘lsa, u holda, yuqorida aytilgan sohalar notekis oval 


 386 
shakliga ega bo‘ladi va o‘q teshigi ovalning o‘q otilishi joyiga yaqinroq 
bo‘lgan qismida joylashgan bo‘ladi.
Stvol og‘zida maxsus moslamalari bo‘lgan quroldan o‘q otishda, o‘q 
otilishi burchagini aniqlash uchun ekspertga, turli xil namunadagi stvol 
og‘zi moslamalari uchun uchrashish burchagiga bog‘liq ravishda 
qurumlanish sohasi–ning va porox zarrachalari o‘tirib qolish sohasining 
shakllari haqidagi ma’lumotlarga yoki maxsus adabiyotlarga murojaat 
etish zarurati tug‘iladi.
O‘q turli burchak ostida otilganda, o‘q teshigi va ishqalanish halqasi 
ellips shakliga ega bo‘ladi (81-rasm).
81-rasm. 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin