383
tushirib qoldirish imkonini beradi. Masalan, metalldagi o‘q jarohatining
teshigidan 7,62; 7,63; 7,65
mm
kalibrli qurollarni farqlash mumkin emas.
Ammo, o‘q kanalining yoki ishqalanish halqasining devorlaridagi 6 dona
stvol ariqchalari maydonlarining aks etishi ishlatilgan qurolning taxminiy
kalibri — 7,65
mm
ekanidan darak beradi, chunki, 7,62 va 7,63
mm
kalibrli qurollar 4 dona narezga ega. Shunga o‘xshash 5,45; 5,6; 6,35
mm
kalibrli qurollardan matoga o‘q otishda hosil bo‘ladigan jarohatlarni
o‘zaro farqlashning imkoni yo‘q, ammo, jarohatdagi qurumda mis
moddasining
mavjudligi, qidirish doirasidan sport–ov patronlarining
qobiqsiz o‘qlarini chiqarib yuborish imkonini yaratadi, jarohatda nikel
moddasining mavjudligi 6,35
mm
kalibrli patronlardan foydanilganligini
bildiradi, chunki, bu patronlarning o‘qlarini aynan shu modda bilan
qoplanadi.
O‘q otilishi masofasi va yo‘nalishini aniqlash.
O‘q otilishining
masofasi va yo‘nalishini aniqlash sodir bo‘lgan
hodisaning juda muhim
holati — o‘q otilgan joyni (o‘q otuvchining turgan joyini) aniqlash
imkonini beradi. O‘q otilishi masofasini
aniqlashda birinchi navbatda,
o‘q otish turini aniqlash kerak bo‘ladi: o‘q yaqindan otilganmi yoki
uzoqdan otilganmi?
Yaqin masofadan o‘q otilishi.
Yaqin masofadan o‘q otilganda,
uning
holati o‘q tekkan to‘siqda o‘q otishdagi qo‘shimcha mahsulotlarning
izlariga ko‘ra aniqlanadi. Bunda yaqindan o‘q otilishining barcha boshqa
omillariga nisbatan yonmagan porox zarrachalari
va ularning qoldiqlari
to‘siqqa katta masofada ham yetarlicha daraja ta’sir ko‘rsatishini
unutmaslik darkor. Bu masofa yaqin masofadan o‘q otilishining yuqori
chegarasini belgilaydi. Ko‘plab tutunsiz poroxlar bilan jihozlangan
patronlardan otish mo‘ljallangan o‘qotar qurollar uchun yaqindan o‘q
otishning yuqori chegarasi 1,5 — 2
m
, tutunli porox ishlatiladigan ov
miltiqlari uchun esa 3
m
gacha bo‘lishi mumkin.
Yaqindan o‘q otish masofasini bundan keyingi aniqlash o‘q
otilishining qo‘shimcha omillari mavjudligi, xarakterli izlarining
ifodalanganlik darajasini qurol stvol og‘zidan to‘siqqacha bo‘lgan
masofa bilan bog‘liqligiga asoslangan.
O‘q otilishi qo‘shimcha omillarining ta’sirini shartli ravishda uchta
sohaga ajratish mumkin, bu sohalarning
davomiyligi ishlatilayotgan
qurollar va patronlarning turiga bog‘liq bo‘ladi (80-rasm).