Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik


Kalashnikov konstruksiyali (AKC–74U) avtomatdan paxta



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə161/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

Kalashnikov konstruksiyali (AKC–74U) avtomatdan paxta 
matoli to‘siqqa o‘q otilishida porox zarrachalarining mexanik ta’siri 
izlarining ko‘rinishi.
 


 364 
— 
miltiq moyining o‘tirib qolishi 
to‘siqda moyli dog‘lar shaklida 
bo‘ladi va o‘q otilishi masofasini hamda o‘q otilishidan hosil bo‘lgan 
jarohatlarning hosil bo‘lish ketma-ketligini aniqlashda muhim ahamiyat 
kasb etadi.
O‘q otilishidan hosil bo‘lgan jarohat atrofida moy sochilishining 
hosil bo‘lishi — o‘q otilishidan oldin, qurol stvoli kanalida miltiq moyi 
qatlamining mavjudligi bilan izohlanadi. Halqasimon jang kapsyulli 
kichik kalibrli patronlarning o‘qi sirtida parafin, hayvonlar yog‘lari va 
boshqa elementlardan iborat 
maxsus moy (osalka) tarkibining 
mavjud 
bo‘lishi o‘q otilishidan hosil bo‘lgan jarohat atrofida osalka izlarining 
hosil bo‘lishiga olib keladi. 
Tajribalardan ma’lumki, jarohatning kirish teshigi atrofidagi 
moylash izlari har qanday masofalardan aniqlanishi mumkin. Shu bilan 
birga ushbu belgi barqaror emas: ushbu belgi moylangan stvoldan 
birinchi otilishda yetarlicha aniqlanadi, ikkinchi otilishda 

kamroq, 
uchinchisida esa 

deyarli aniqlanmaydi. 
Moylash izlarining o‘q otilishdan hosil bo‘lgan jarohatining 
atrofidagi miqdori va tarqalish sohasi o‘q otilishi masofasi bilan 
aniqlanadi. Ushbu moylash izlarining qurumlanish sohasi bilan mos 
kelishi bo‘yicha tajribalardan ma’lumotlar olingan. Umuman, moylash 
izlari hosil bo‘lishining yuqorida ta’kidlangan xususiyatlari o‘q otilishda 
foydalanilgan qurolning turi bilan aniqlanadi. Masalan, kichik kalibrli 
quroldan 25 sm masofagacha uzoqlikdan o‘q otilishida, to‘siqdagi 
moylash izlari ultrabinafsha nurlar ostida ko‘k rangdagi yaxlit 
lyuminessensiya sohasi shaklida ko‘rinadi. Uzoq masofadan o‘q 
otilishida ushbu izlar nuqtalar shaklida ifodalanadi. 
Osalkaning qora rangdagi ayrim zarrachalari 10 

15 metrgacha 
masofada ham hosil bo‘lishi mumkin. 
«Vinogradov hodisasi» o‘q otilishining qo‘shimcha mahsulotlari 
hosil bo‘lishining alohida turi sifatida.
 
Uzoq masofadan o‘q otilishida, 
o‘q otilishining qo‘shimcha mahsulotlarini o‘q otilishidan hosil bo‘lgan 
jarohatlar atrofida hosil bo‘lishi hodisasi 1952-yilda Rossiyalik 
kriminalist I.V. Vinogradov tomonidan aniqlangan va tushuntirilgan. O‘q 
otilishining qo‘shimcha mahsulotlarini ushbu tarzda g‘ayriodatiy tarzda 
o‘tirib qolishi «Vinogradov hodisasi» deb ataladi. 
Ushbu holatning mazmuni ko‘p qatlamli to‘siqlar yoki ketma-ket 
joylashgan bir necha to‘siqlarga o‘qotar quroldan uzoq masofalardan o‘q 
otilishida namoyon bo‘ladi. Bunda snaryadning sirtidagi va uning 


 365 
ortidagi siyrak fazoda joylashgan qurum, metall va porox zarrachalari, 
moylash zarrachalari to‘siqning birinchi qavatiga yoki birinchi to‘siqqa 
kelib tushganida, to‘siq qatlamlari yoki birinchi va ikkinchi to‘siqlar 
orasida to‘kiladi (qoqiladi) va yoyilib ketadi hamda to‘siqning ikkinchi 
qatlamida yoxud ikkinchi to‘siqda o‘tirib qoladi. To‘siqlar 
qatlamlarining yoki to‘siqlarning orasidagi ushbu hodisa kuzatiladigan 
masofalar 45 
sm 
gacha bo‘lishi mumkin. O‘qlarga o‘tirib qolgan 
qurumning boshqa qismlari esa o‘qning to‘siqdan o‘tishida ikkita bulut 
hosil qiladi, bu bulutlarning biri o‘qning harakat yo‘nalishi bo‘ylab 
siljiydi, ikkinchisi esa — bu yo‘nalishga qarama-qarshi yo‘nalishda 
harakat qiladi. Bu hodisa shunga olib keladiki, agar to‘siqlar ikki 
qatlamli bo‘lsa, u holda, o‘qlar bilan olib o‘tilayotgan qurumlar 
to‘siqning ikkinchi qatlamida hamda birinchi qatlamning orqa tomonida 
qurumlanish sohasi shaklida o‘tirib qolishi mumkin. 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin