Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik


Paxta matoga 5,45 mm kalibrli AK–74 rusumli Kalashnikov



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə156/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

Paxta matoga 5,45 mm kalibrli AK–74 rusumli Kalashnikov 
avtomatidan (A) va 1895- yil namunali, 7,62 mm kalibrli «Nagan 
(Nagant)» rusumli revolverdan (B) o‘q otilishida hosil bo‘lgan 
jarohatning ko‘rinishi.
 
 
Material nuqsonlarining jarohatdagi kirish teshigi atrofida hosil 
bo‘lishi otilgan snaryadning o‘q tekkan obyektni tark etishidagi 
energetikasiga bog‘liq bo‘ladi. 


 354 
Ishqalanish halqasi 
kirish teshigining atrofida mavjud bo‘ladi. 
To‘siqqa 90ºS burchak ostida o‘q otishda tashqi konturlari aylana 
shaklida bo‘lgan ishqalanish halqasi hosil bo‘ladi. Ishqalanish 
halqasining tashqi diametri, ushbu jarohatni hosil qilgan snaryadning 
kalibriga teng bo‘lishi mumkin. 
To‘siq va otilgan snaryadning uchrashish burchagining ortib borishi 
tartibida o‘zgarishi, ushbu ishqalanish halqasi shaklini aylanadan 
ovalsimon shaklga o‘zgarishiga olib keladi. Chiqish teshigining atrofida 
ishqalanish halqasi bo‘lmaydi. 
O‘q otilishning qo‘shimcha izlari 
o‘q tekkan obyektning mexanik 
buzilishlari (yorilish, sinish va hokazolar), obyekt tashqi sirtining 
kuyishi, o‘q otilishi jarohati sohasida o‘q otilishi qurumi, chala yongan 
yoki yonmagan porox zarralari, metall zarrachalari, miltiq moyi 
qoldiqlarining o‘tirib qolishi ko‘rinishida aks etadi.
Porox gazlari va o‘qdan oldingi havo ustunining 
jarohatlangan 
obyektga 
mexanik ta’siri 
ushbu porox gazlari va o‘qdan oldingi havo 
ustunining qurol stvoli og‘iz kesimidagi bosimi, jarohatlangan obyektgacha 
bo‘lgan masofa, shuningdek jarohatlangan obyekt materialiga bog‘liq 
bo‘ladi. 
Porox gazlari bosimining qurol stvoli og‘iz kesimidagi qiymati 
qurolning tuzilish xususiyatlari, o‘q otilishida foydalanilgan jangovar 
o‘q-dorilar va ularning holati bilan ifodalanadi. Masalan, harbiy vintovka 
va karabinlar kuchli (qattiq) shikast yetkazish qobiliyatiga ega bo‘ladi. 
Ushbu turdagi qurollardan o‘q otilishida porox gazlarining bosimi 4x107 
Pa (Paskal)
gacha bo‘lishi mumkin. Kam quvvatli patrondan otishga 
mo‘ljallangan to‘pponchalardan o‘q otilishida esa porox gazlarining bosimi 
aksincha, unchalik katta qiymatga ega bo‘lmaydi. 
Porox zaradi va patron kapsyulidagi yondiruvchi tarkibining 
nuqsonlari, qurol stvoli kanalining yoyilishi o‘q otilish sharoitlarining 
o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lishiga hamda porox gazlari bosimini 
kamayishiga sabab bo‘ladi. 
Qurol stvoli kanalidan porox gazlari oqimi hamda snaryadning otilib 
chiqishi dinamikasini inobatga olgan holda to‘siqqa yaqin masofadan o‘q 
otlishida, ushbu to‘siqqa birinchi navbatda siqilgan havo ustuni va porox 
gazlari ta’sir ko‘rsatadi deb aytish mumkin. 
Porox gazlari oqimi bosimini o‘q tekkan to‘siq materiali 
qarshiligining chegara qiymatidan ortib ketishida to‘siq deformatsiyaga 
uchraydi. So‘ng to‘siqda hosil bo‘lgan teshikka snaryad va porox 


 355 
gazlarining qolgan qismi uchib kiradi. Porox gazlarining ushbu qismi o‘q 
tegishidan hosil bo‘lgan jarohat o‘lchamlarining kengayishiga olib 
kelishi mumkin. Bunda snaryad jarohatning chetki sohalarida hech 
qanday iz qoldirmasligi mumkin. 
O‘q otilish masofasi ortishi bilan porox gazlari oqimi o‘z 
energiyasini yo‘qotadi va tarqaladi (markazdan chetga qarab kengayadi), 
otilgan snaryad ushbu oqimni quvib o‘tadi hamda to‘siqqa birinchi bo‘lib 
ta’sir ko‘rsatadi. Porox gazlari o‘q otilishidan hosil bo‘lgan teshikka 
ta’sir qilib, uning o‘lchamlarini kengaytirishi, shuningdek jarohatning 
chet sohalarini yirtib yuborishi mumkin. 
Porox gazlari oqimi obyektni buza olmaydigan hollarda esa otilgan 
snaryad oddiy kirish teshigini hosil qiladi. 
Porox gazlari oqimining to‘siqqa ta’sir ko‘rsatishining yuqorida 
ta’kidlangan sxemasini ko‘plab turdagi o‘qotar qurollarga nisbatan 
to‘g‘ri deb hisoblash mumkin. Shu bilan birga, kichik kalibrli 
qurollardan o‘q otilishida porox gazlari oqimining to‘siqqa nisbatan 
mexanik ta’siri unchalik yaxshi ifodalanmagan bo‘ladi hamda ushbu 
ta’sirning belgilari unchalik mustahkam bo‘lmagan to‘siqlarga o‘q 
otilishida kuzatilishi mumkin. 
Umumiy ma’noda, porox gazlari oqimining paxta matodan 
tayyorlangan obyekt (to‘siq, nishon)ga nisbatan mexanik ta’siri kalta 
stvolli qurollardan o‘q otilishida — 3–5 
sm
, silliq stvolli ov miltiqlaridan 
o‘q otilishida — 15–30 
sm
, AK–74 avtomatlardan o‘q otilishida — 30–
35 
sm 
masofalarda kuzatiladi. 
Porox gazlari oqimining to‘siqqa nisbatan ta’siri kuzatiladigan 
tarzda hosil bo‘lgan o‘q otilishi jarohatining morfologiyasi birinchi 
navbatda, to‘siq materialining tuzilishi, shuningdek buzuvchi omillar 
bosimining qiymati bilan aniqlanadi. Masalan, porox gazlari oqimining 
to‘siqqa ta’sir ko‘rsata oladigan masofalarda, AKS–74U avtomatidan 
paxta matoli to‘siqqa o‘q otilishida katta hajmli salbsimon–quroq 
shakldagi yorilish hosil bo‘ladi (70-rasm). Porox gazlari oqimining 
chegara (ta’sir kuchi tugaydigan) masofalarda to‘siq matosining yorilishi 
kamroq bo‘ladi, yorilishning o‘zi esa salbsimon, G–simon, T–simon 
shaklga ega bo‘ladi yoki chiziqli yirtilish hosil bo‘ladi.
Shtansmarkaning 
hosil bo‘lishi porox gazlari oqimining mexanik 
ta’sirini xususiy xoli hisoblanadi hamda asosan, qurolni to‘siqqa taqab 
turib o‘q otishda hosil bo‘ladi. Shtansmarkaning hosil bo‘lish sababi 
qurol stvol og‘zining to‘siq sirtiga tegishi hisoblanadi. 


 356 
70-rasm.

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin