Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə153/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

Savol va topshiriqlar 
 
1.
 
O‘qotar qurollarda, otilgan gilzalarda iz hosil bo‘lish jarayonida 
ishtirok etadigan mexanizmlar nimalardan iborat? 
2. O‘qlash izlari haqida tushuntiring. 
3. O‘q otilishi vaqtida qanday izlar hosil bo‘ladi?
4. Otilgan gilzalarni patrondon (baraban kamorasi)dan chiqarish va 
quroldan uloqtirib tashlash izlari haqida so‘zlab bering. 
5. Silliq stvolli ov qurollaridan otilgan gilzalarda iz hosil bo‘lish 
mexanizmi qanday? 
6. O‘qotar qurollarning otilgan gilzalaridagi izlarga ko‘ra iden-
tifikatsiya qilish bo‘yicha tadqiqotlar bosqichni sanab bering. 
7. Gilzalarda o‘rinbosar patronlar bilan otishdan qoladigan izlar 
qanday?
8. Qurol stvoli kanali kalibridan kichik kalibrdagi patronlar bilan 
otishdan qoladigan izlar nimalarda aks etadi?
9. Qurol stvoli kanali kalibridan katta kalibrdagi patronlar bilan 
otishdan qoladigan izlar boshqa izlardan nimasi bilan farq qiladi?
10. Gilzalarda qo‘lbola usulda yasalgan patronlar bilan otishda qolgan 
izlar qanday aniqlanadi?
11. Otilgan o‘q va gilzalarni bir patronga tegishli ekanligini aniqlash 
haqida so‘zlab bering. 


 346 
14-BOB.
 O‘Q OTILISHI HODISALARI.
O‘Q OTILISHINING ASOSIY VA QO‘SHIMCHA IZLARI 
1-§. O‘q otilishi hodisalari 
O‘qotar qurollarga nisbatan o‘q otilishi hodisalariga porox 
zaradining tez yonishi va buning natijasida hosil bo‘lgan gaz bosimining 
vujudga kelishi, porox gazlari energiyasining otilgan snaryadning kinetik 
energiyasiga aylanishi tashkil qiladigan murakkab fizikaviy–kimyoviy 
jarayon sifatida qaraladi. 
O‘q otilishida patron va qurol stvoli kanalining ichida sodir 
bo‘ladigan jarayonlar 
ichki ballistikaning
, otilgan snaryadning qurol 
stvoli kanalidan chiqib to‘siq (nishon, obyekt) bilan birlamchi 
uchrashishigacha bo‘lgan harakatlari 
tashqi ballistikaning 
o‘rganish 
obyekti hisoblanadi. Sud–tibbiyot ballistikasi doirasida ishlab chiqilgan, 
otilgan snaryadning biologik obyekt ichidagi harakati va ushbu biologik 
obyekt bilan o‘zaro ta’sirlashish jarayonlari esa 

jarohatlar ballistikasi 
deb nomlangan yangi ta’limotning obyekti hisoblanadi. 
O‘q otilishi hodisalari muayyan qonuniyatlardan iborat davriy 
xususiyatga ega. Ushbu hodisalar jarayonida quyidagilar kuzatiladi
1

Boyok (urgich)ning patron kapsyuliga urilishida, kapsyulning 
ezilishi va uning ichidagi yondiruvchi tarkibning portlashi yuz beradi 
(Porox zaradini issiqlik ta’sirida yonib ketishi bilan yuz beradigan o‘q 
otilish, masalan, qo‘lbola «podjig»lardan o‘q otilishi jarayonlari ancha 
soddaroq bo‘ladi). Kapsyul ichidagi yondiruvchi tarkibning portlashi 
natijasida birlamchi zarb to‘lqini vujudga keladi, ushbu zarb to‘lqini 
stvol kanalidagi o‘qdan oldinda joylashgan havo ustuni bo‘ylab tarqaladi 
va stvol og‘ziga yetib borib, sferik shaklga ega bo‘ladi. Uning tezligi 
tovush tezligiga teng bo‘ladi. 
Kapsyuldagi yondiruvchi tarkibning portlashida hosil bo‘lgan olov 
uchquni gilza tubidagi yondirish teshiklaridan o‘tib patron gilzasi 
ichidagi porox zaradining yonishiga sabab bo‘ladi. Poroxning termik 
parchalanishi tez kengayadigan gazlar haroratining keskin ortishi 
sharoitlarida, sekundning mingdan bir ulushlarida yuz beradi. Bunda 
gazlarning harorati 3000 

3500
º S 
gacha, gaz bosimi esa 

400–500 
Mpa (
megapaskal
)gacha ko‘tariladi. 
1
Misol tariqasida narezli o‘qotar quroldan o‘q otilishi jarayonlari ko‘rib 
chiqilgan. 


 347 
Bu kabi ortiqcha bosim porox gazlarining ishqalanishi va 
snaryadning qarshiligi bilan ta’minlanadi. Poroxning termik 
parchalanishi dastlab patron gilzasining yopiq korpusi (kichikroq yopiq 
hajm)da, keyinchalik esa snaryadning qurol stvoli kanalidagi harakati 
jarayonida 

doimiy ortib boruvchi bosimdagi kattalashib boruvchi 
hajm ichida yuz beradi. 
Porox yonganidan so‘ng, porox gazlarining bir qismi qurol stvoli 
kanali devorlari bilan o‘z harakatini boshlayotgan snaryad orasidan 
chiqib ketadi va o‘qdan oldinda turgan havo ustunining chetki sohalari 
bilan aralashib, uni oldiga itaradi. Ushbu gaz va havoning aralashmasi 
o‘z navbatida ikkilamchi zarb to‘lqinini hosil qiladi. 
Harakatlanayotgan snaryad o‘zidan oldinda turgan havo ustunini 
oldinga itaradi. Bunda, tezligi katta bo‘lgan siqilgan havoning ustuni 
ham uchinchi zarb to‘lqinini hosil qiladi. 
Ushbu zarb to‘lqinlari birlamchi zarb to‘lqinini tezda quvib yetadi va 
keyinchalik birgalikda harakat qila boshlaydi. 
Shundan so‘ng, qurol stvoli kanalidan snaryad, undan keyin esa 

benihoya qizib ketgan porox gazlarining asosiy qismi otilib chiqib 
ketadi. xuddi snaryad kabi, qurol stvoli kanalidan chiqayotgan porox 
gazlari ham o‘zining xususiy zarb to‘lqinini hosil qiladi, ular keyinchalik 
dastlabki zarb to‘lqinlari bilan qo‘shilib ketadi. 
Qurol stvoli og‘zidan chiqayotgan va qizigan porox gazlari, qurol 
stvoli og‘zidan chiqqanidan so‘ng, kislorod bilan reaksiyaga kirishadi va 
stvol og‘zi olovini hosil qiladi. Porox gazlari harorati (3000 

3500

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin