348
ushbu jarayon qurol stvoli kanali og‘zi kesimidan 20
⎯
30
sm
masofada
yuz beradi
1
.
Quroldan otilgan snaryad, qurol stvoli kanalidan chiqqanidan so‘ng
o‘z harakatini muayyan trayektoriya bo‘ylab amalga oshiradi. Bunda
ushbu trayektoriyaning shakli o‘qning uchish masofasiga bog‘liq
ravishda turlicha bo‘ladi. Qisqa (50
sm
gacha) masofalarda ushbu
trayektoriya to‘g‘ri bo‘ladi (ravon, yer bag‘ilab ketgan trayektoriya),
uzoq masofalarda esa — yoysimon bo‘ladi. Uzoq masofadan otilgan
snaryadning havodagi uchish trayektoriyasi quyidagi asosiy
elementlardan iborat:
— uchish nuqtasi yoki uchib chiqish nuqtasi — stvol og‘zi
kesimining markazi;
— qurol gorizonti — qurolning stvoli markazidan o‘tuvchi
gorizontal
tekislik;
— ko‘tarilish chizig‘i — o‘q otilishidan oldin, qurol stvoli
kanalining davomi bo‘lgan to‘g‘ri chiziq;
— tashlash chizig‘i — o‘q otilishi vaqtida, qurol stvoli kanalining
davomi bo‘lgan to‘g‘ri chiziq;
— tashlash burchagi — tashlash chizig‘i va qurol gorizonti orasidagi
burchak;
— uchrashish nuqtasi — trayektoriyaning to‘siq sirti
bilan kesishish
nuqtasi;
— tushish nuqtasi — trayektoriyaning qurol gorizonti bilan
kesishish nuqtasi;
— uchrashish burchagi — trayektoriyaga o‘tkazilgan urinma bilan
to‘siq sirtiga o‘tkazilgan urinma orasidagi burchak (uchrashish burchagi
sifatida eng kichik burchak olinadi);
— tushish burchagi — trayektoriyaga o‘tkazilgan urinma bilan
gorizont chizig‘i orasidagi burchak;
— gorizontal uzoqlik — uchish nuqtasidan nishongacha bo‘lgan
masofaning qurol
gorizontida joylashgan qismi;
— trayektoriyaning tushuvchi shoxi — trayektoriyaning eng yuqori
nuqtasidan o‘qning tushish nuqtasigacha bo‘lgan masofa.
Narezli quroldan otilishida snaryad o‘zining uchish trayektoriyasi
bo‘ylab ilgarilama (kiruvchi) harakatidan boshqa, yana aylanma harakat
ham qiladi. Bunda quroldagi narezlarning yo‘nalishiga bog‘liq ravishda,
1
Qarang:
Попов
В
.
Л
.,
Шигеев
В
.
Б
.,
Кузнецов
Л
.
Е
.
Судебно
–
медицинская
баллистика
.–
СПб
., 2002. —
С
.54.
349
snaryad o‘ngga yoki chapga, qurolning bir qator texnik–taktik
xususiyatlari (masalan, snaryadning boshlang‘ich tezligi, narezlarning
og‘ish burchagi va hokazolar)ga bog‘lq bo‘lgan tezlik bilan aylanadi.
Snaryadning bosh qismi trayektoriyada
aylanma harakat qiladi
(
pretsessiya
), uning bo‘ylama o‘qi esa — tebranma (
nutatsiya
) harakat
qiladi. Snaryaddan keyin havoda, bosimi pasaygan soha vujudga keladi
va bu sohada porox gazlari oqimining snaryad o‘zi bilan olib ketadigan
tarkibiy qismlari joylashadi.
Porox gazlari oqimining tarkibi murakkab va ko‘p tarkibli
aralashmadan iborat bo‘ladi. Uning tabiati o‘q otilish hodisalarining
yuqorida ta’kidlangan alohida sharoitlari — porox gazlarining yuqori
harorati, snaryadning ortiqcha bosim sharoitida qurol stvoli kanali
devorlari bilan o‘zaro ta’siri va hokazolar bilan ifodalanadi.
Quroldan o‘q otilishida qurol stvoli kanalidan tashqariga, porox
gazlari oqimi tarkibida yonmagan va chala
yongan porox donalari yoki
ularning parchalari, shlaksimon mahsulotlar va uglerod ko‘rinishidagi
kul qoldiqlari chiqib ketadi. Undan tashqari, yuqorida ta’kidlangan
uglerodning qo‘shimcha miqdori porox gazlari oqimi tarkibiga qurol
moyi, ulardagi germetik laklarning to‘liq yoki qisman yonishi natijasida
ham kirib qoladi.
Gilzadan o‘qning
chiqib ketishi jarayonida, porox gazlarining
ta’sirida o‘zaro aloqada bo‘lgan qurol stvoli kanali, gilza va o‘qlarning
sirti o‘z metallining juda yupqa qatlami (mikrozarralari)ni yo‘qotadi.
bunda metallning mikrozarralari porox gazlari oqimi bilan, shuningdek
otilgan o‘q bilan birgalikda qurol stvoli kanalidan
tashqariga olib
chiqiladi. Bu metall zarralarining bir qismi yuqori harorat ta’sirida
o‘zgarishga uchraydi va qurol stvoli kanalini oksidlar ko‘rinishida tark
etadi. Ancha yirik metall zarralari qurol stvoli kanalidan o‘zgarmagan
holda chiqib ketadi. Porox gazlari oqimi tarkibidagi metall zarralarining
asosiy qismini otilgan o‘q yoki snaryadlarning qobig‘iga tegishli metall
zarralari tashkil qiladi. Ushbu metall zarralarining juda mayda zarralari,
o‘q otilishida qurol stvoli kanalidan chiqib ketayotgan ko‘plab boshqa
zarrachalarni qoplab olishi aniqlangan. Metall oksidlari va uglerod
birikmalarining bir jinsli (gomogen) mikrozarralari
o‘q otilishi qurumini
tashkil qiladi.
Tozalangan va stvoli miltiq moyi bilan qoplangan quroldan birinchi
marta o‘q otilishida, stvol kanali og‘zidan porox gazlari bilan birgalikda
ushbu miltiq moyi ham mayda tomchilar shaklida chiqib ketadi.
350
Tozalanmagan va stvol kanalida turli ifloslanishlar mavjud bo‘lgan
quroldan o‘q otilishida esa porox gazlari oqimining tarkibida ushbu
moddalar ham bo‘ladi.
Yuqoridagilardan tashqari, porox gazlari oqimi o‘ziga patron
kapsyulidagi yondiruvchi tarkibning kimyoviy elementlarini, otilishida
maxsus o‘qlardan
foydalanilgan hollarda esa
⎯
ushbu maxsus
o‘qlarning havoda iz qoldiruvchi yoki yondiruvchi tarkiblariga kiruvchi
qo‘shimcha kimyoviy elementlarni ham oladi.
Dostları ilə paylaş: