324
ko‘zdan kechirish bayonnomasi. Ularda fikr yuritilayotgan buyumlarning
aniq belgilari yoritilishi zarur. Ikkinchi tomondan, ayblanuvchining u
yoki bu buyumning jinoiy maqsadlarda foydalanishini ifodalovchi
harakatlari ekspertiza obyektiga tegishli predmet sifatida baholanmaydi,
binobarin, bu narsalar ekspertni umuman qiziqtirmasligi kerak va ekspert
xulosasida umuman ifodalanishi kerak emas. Obyektlarning
haqqoniyligiga tug‘ilgan shubhalarni bartaraf etishning ahamiyati juda
kattadir, chunki ekspertizada o‘tkaziladigan tadqiqotlarda daliliy
ashyolarning xususiyatlari
aniqlanadi, agar obyekt mavhum bo‘lsa,
tadqiqot natijalari ham mavhum bo‘lishi mumkin, ya’ni ishni ochish
butunlay noto‘g‘ri yo‘ldan ketishi mumkin. Agar daliliy ashyoning
haqqoniyligiga shubha tug‘ilmasa. u holda obyekt ko‘zdan kechiriladi.
Ko‘zdan kechirishning birinchi maqsadi, aynan shu buyumning
aynanligini aniqlovchi belgilar va alomatlarni aniqlashdan iborat.
Ko‘zdan kechirishning zarurligi yana shuning uchun
ham kerakki, bu
jarayonda ushbu obyektni o‘ziga o‘xshash buyumlardan farqlovchi
belgilar majmuani aniqlanadi. Bunday belgilarga quyidagilarni kiritish
mumkin: shakli, o‘lchamlari, rangi, materiali, markirovka belgilari,
nuqsonlari va hokazolar. Bu jarayonda yana shu narsa zarurki, ekspert
aniqlagan va e’tibor bergan barcha belgilar nafaqat xulosada yozilishi,
balki xulosaga ilova qilinadigan fotojadvalda aks etadigan fotosuratga
ham olinishi kerak.
Ko‘zdan kechirishning keyingi maqsadi — gilzada qurolning
muayyan turiga xos bo‘lgan izlarning shakli, o‘lchamlari, o‘zaro
joylashishini aniqlash uchun uni tekshirishdan iborat. Bu tekshirish kerak
bo‘lgan hollarda taqdim etilgan qurolga tekshirilayotgan gilzalarning
mos kelmasligini darhol inkor etish uchun zarur hisoblanadi. Masalan,
agar tadqiqotga Kalashnikov konstruksiyali avtomat patronlari va
Makarov konstruksiyali to‘pponcha taqdim etilgan bo‘lsa, bu patronlarni
ushbu to‘pponchadan otib bo‘lmasligi darhol ayon bo‘ladi; yoki taqdim
etilgan gilza tubida 9
mm
kalibrli «Praga vz. 20» to‘pponchasiga xos
bo‘lgan va patrondonning orqa kesimi markaziga nisbatan,
qaytargichning chap va o‘ng tomonlarida o‘zaro
simmetrik joylashgan
izlar bo‘lsa hamda bu gilza bilan umuman bu izlar qoldirmaydigan 9
mm
kalibrli Radom «VIS–35» to‘pponchasi taqdim etilgan bo‘lsa, gilzalar bu
quroldan otilmagan deb inkor etish mumkin.
Ushbu jarayonning mohiyati taqdim etilgan gilzalarni muayyan, aniq
tor doiradagi qurollarga tegishli ekanligini bildiruvchi, turli rusum va
325
namunadagi qurollarning qism va mexanizmlarining iz hosil bo‘lishining
xususiyatlarini aniqlash va tahlil etishdan iborat. Buning uchun ekspert
jangovar o‘q-dorilarning xususiyatlari va turli rusum va namunadagi
qurollarning gilzalarda iz hosil qilish mexanizmlari haqida hech
bo‘lmasa umumiy tushunchaga ega bo‘lishi zarur, aks holda ekspert
bunday imkoniyatdan maxrum bo‘ladi, ya’ni taqqoslash tadqiqotlarini
o‘tkaza olmaydi.
Taqdim etilgan
gilzalarni tadqiq etishda, bu gilzalar umuman boshqa
turdagi qurollardan otilganligi ham ma’lum bo‘lib qolishi mumkin.
Gilzalar sirtidagi yoriqlar yoki shishib qolishlar mavjudligi yoki
yo‘qligidan, bu gilzalar mos kalibrli quroldan otilganligi aniqlanadi.
Tadqiqot jarayonida olingan natijalarni, taqdim etilgan qurol haqida
ma’lumotlar berilgan adabiyotlar yoki boshqa ma’lumotnomalar bilan
solishtiriladi. Taqqoslash natijalarini baholab, berilgan gilza taqdim
etilgan quroldan otilgan patronga tegishlimi yoki yo‘qmi ekanligi
aniqlanadi.
Gilzalarni ko‘zdan kechirishda kriminalistikada qabul qilingan
metodlar ishlatiladi: ko‘zdan kechirish, o‘lchash, ta’riflab yozish. Barcha
hollarda gilzalarni masshtabli suratga olish qoidalari asosida fotosuratga
olish kerak bo‘ladi, gilzadagi mavjud izlar (markirovka belgilari,
nuqsonlari va hokazo) esa katta o‘lchamda suratga olinishi kerak.
Suratga olish qoidalari va shart-sharoitlari ekspert xulosasida ifodalanishi
lozim, tayyorlangan suratlar esa fotojadvallarga
yopishtiriladi va zarur
bildirish nomalar orqali izoh beriladi, so‘ng ekspert imzosi va muhr bilan
tasdiqlanadi.
Dostları ilə paylaş: