316
to‘g‘ri burchakli to‘rtburchak yoki chiziqli shilinish shaklida, gilza
aylanasiga o‘tkazilgan urinmaga parallel holatda aks etadi (6,35
mm
,
7,65
mm
Bayard 1908-yil namunali to‘pponchalari, 6,35 mm Ceska
zbrojovka vz. 1936-yil namunali to‘pponchasi).
uchinchi — iz ishchi sirtining shakli cho‘zilgan to‘g‘ri burchakli
to‘rtburchak bo‘lgan qaytargich turtib chiqqan
qirrasining zatvor
chuqurchasi aylanasiga o‘tkazilgan urinmaga burchak ostida
joylashishida vujudga keladi. Ishchi sirtining izi gilza qalpoqchasi
chetida, bu qalpoqcha aylanasiga o‘tkazilgan urinmaga o‘tkir burchak
ostida joylashgan bo‘ylama ezilish (shilinish) shaklida aks etadi (9
mm
Borchardt–luger Mod. 1908 (P 08) to‘pponchasi);
to‘rtinchi — iz ishchi sirtining shakli cho‘zilgan to‘g‘ri burchakli
to‘rtburchak bo‘lgan qaytargich turtib chiqqan qirrasining zatvor
chuqurchasi aylanasiga perpendikular joylashishida vujudga keladi.
Ishchi sirtning izi gilza qalpoqchasi chetida, bu qalpoqcha
aylanasiga
o‘tkazilgan urinmaga perpendikular joylashgan ezilish yoki shilinish
shaklida aks etadi (6,35
mm
Frommer «Baby» to‘pponchasi, 7,65
mm
va
9
mm
Frommer «Stop» to‘pponchalari);
beshinchi — iz ishchi sirtining shakli to‘g‘ri burchakli to‘rtburchak
bo‘lgan ikkita simmetrik qaytargich turtib chiqqan qirrasining pastki
chap yoki o‘ng tomonda joylashishida vujudga keladi. Qirralar izi ikkita
simmetrik joylashgan birinchi iz shakliga o‘xshash akslarga egadir (6,35
mm
Delu to‘pponchasi, 7,65
mm
«Praga» vz. 20 to‘pponchasi);
oltinchi — iz ishchi sirtining shakli uchburchak bo‘lgan qaytargich
turtib chiqqan qirrasining pastki chap yoki o‘ng tomonda joylashishida
vujudga keladi (qirraning o‘tkir burchagi — zatvor chuqurchasining
ichiga yo‘nalgan). Qaytargichning turtib chiqqan qirrasi izi — gilza
qalpoqchasidan ichkariga yo‘nalgan o‘tkir burchakli uchburchak
shaklidagi ezilish, burchaksimon yoki bo‘ylama shilinish
shaklida aks
etadi (7,65
mm
Izarra to‘pponchasi);
yettinchi — iz ishchi sirtining shakli to‘g‘ri burchakli to‘rtburchak
yoki uchburchak bo‘lgan qaytargich turtib chiqqan qirrasini, pastki chap
yoki o‘ng tomonda joylashishida vujudga keladi. Qaytargichning turtib
chiqqan qirrasi izi uchburchaksimon, burchaksimon yoki bo‘ylama
shilinish shaklida gilza qalpoqchasi chetida bo‘ladi (6,35
mm
Mann
WTM to‘pponchasi).
sakkizinchi — iz qaytargich turtib chiqqan qirrasi ishchi sirti doira
yoki yarim doira shaklga ega bo‘lganda vujudga keladi. Hosil bo‘lgan iz
317
gilza qalpoqchasining chetida, yarim doira ko‘rinishidagi ezilish shaklida
bo‘ladi (6,35
mm
Owa to‘pponcha);
to‘qqizinchi — iz ishchi sirtining shakli doira yoki yarim doira
bo‘lgan ikkita simmetrik qaytargich turtib chiqqan qirrasining pastki
chap yoki o‘ng tomonda joylashishida vujudga keladi. Turtib chiqqan
qirralar izi sakkizinchi iz shakliga o‘xshash ikkita simmetrik akslardan
iborat bo‘ladi (6,35
mm
Harrington and Richardson to‘pponchasi).
Chiqarib tashlagich ilmog‘i va qaytargich turtib chiqqan qirrasi
izlarining o‘zaro joylashishining 17 turi mavjud:
1) qaytargichning turtib chiqqan
qirrasi pastki chap tomonda,
chiqarib tashlagichning ilmog‘i yuqori o‘ng tomonda joylashgan;
2) qaytargichning turtib chiqqan qirrasi pastki chap tomonda,
chiqarib tashlagichning ilmog‘i o‘ng tomonda joylashgan;
3) qaytargichning turtib chiqqan qirrasi pastki chap tomonda,
chiqarib tashlagichning ilmog‘i yuqorida joylashgan;
4) qaytargichning turtib chiqqan qirrasi pastki o‘ng tomonda,
chiqarib tashlagichning ilmog‘i yuqori chap tomonda joylashgan;
5) qaytargichning turtib chiqqan qirrasi pastki o‘ng tomonda,
chiqarib tashlagichning ilmog‘i chap tomonda joylashgan;
6) qaytargichning turtib chiqqan qirrasi pastki o‘ng tomonda,
chiqarib tashlagichning ilmog‘i yuqorida joylashgan;
7) qaytargichning turtib chiqqan
qirrasi chap tomonda,
chiqarib
tashlagichning ilmog‘i yuqori o‘ng tomonda joylashgan;
8) qaytargichning turtib chiqqan qirrasi chap tomonda, chiqarib
tashlagichning ilmog‘i o‘ng tomonda joylashgan;
9) qaytargichning turtib chiqqan qirrasi chap tomonda, chiqarib
tashlagichning ilmog‘i yuqorida joylashgan;
10) qaytargichning turtib chiqqan qirrasi o‘ng tomonda, chiqarib
tashlagichning ilmog‘i yuqori chap tomonda joylashgan;
11) qaytargichning turtib chiqqan qirrasi o‘ngda, chiqarib
tashlagichning ilmog‘i chap tomonda joylashgan;
12) qaytargichning turtib chiqqan qirrasi o‘ngda, chiqarib
tashlagichning ilmog‘i yuqorida joylashgan;
13) qaytargichning turtib chiqqan
qirrasi pastda, chiqarib
tashlagichning ilmog‘i yuqorida joylashgan;
14) qaytargichning turtib chiqqan qirrasi pastda, chiqarib
tashlagichning ilmog‘i chapda yoki yuqori chap tomonda joylashgan;
15) qaytargichning turtib chiqqan qirrasi pastda, chiqarib
tashlagichning ilmog‘i o‘ngda yoki yuqori o‘ngda joylashgan;
318
16) qaytargichning, ishchi sirti to‘g‘ri burchakli to‘rtburchak
shakldagi, ikkita simmetrik turtib chiqqan qirrasi pastki chap va o‘ng
tomonlarda joylashgan, chiqarib tashlagichning ilmog‘i yuqorida
joylashgan;
17) qaytargichning, ishchi sirti doira shakldagi, ikkita simmetrik
turtib chiqqan qirrasi pastki chap va o‘ng tomonlarda joylashgan,
chiqarib tashlagichning ilmog‘i yuqorida joylashgan.
Dostları ilə paylaş: