Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik


Zatvor chuqurchasi izining hosil bo‘lishi



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə138/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

Zatvor chuqurchasi izining hosil bo‘lishi: 
Iz hosil bo‘lish mexanizmi — porox gazlari ta’sirida
gilzaning orqaga harakati. 
Ishlov berishning to‘g‘ri chiziqlar shaklidagi izlari quyidagilarga 
ajraladi: 
— 
Ko‘ndalang yoki gorizontal joylashgan izlar (6,35 
mm 
fransuz 
cho‘ntak to‘pponchalari); 
— 
bo‘ylama yoki vertikal joylashgan izlar (6,35 
mm 
Walther 
«Selbstlade pistol» Mod. 9 to‘pponchasi); 
— 
chapga og‘ma izlar yoki gilza qalpoqchasidagi chapdan yuqori 
o‘ngga og‘gan egri–bugri va g‘adir–budur chiziqlar (9 
mm 
Brownig 
Mod. 1903 to‘pponcha); 
— 
o‘ngga og‘ma izlar yoki gilza qalpoqchasidagi o‘ngdan yuqori 
chapga og‘gan egri-bugri va g‘adir-budur chiziqlar (6,35 
mm 
Ortgies 
1903-yil namunali to‘pponcha); 
— 
tartibsiz izlar yoki gilza qalpoqchasidagi turli burchak ostida 
joylashgan chiziqlar (6,35 
mm 
Lignose Mod. 3A to‘pponchasi); 
Ishlov berishning konsentrik izlari boyok uchun tuynukcha atrofida 
joylashgan va kattalashib boruvchi diametrga ega aylanalar shaklidagi 
chiziqlar (9 
mm 
«Astra», Mod. 600, Walther Mod.(P 38) to‘pponchalari). 
Ishlov berishning yoysimon izlari — gilza qalpoqchasidagi 
yoysimon chiziqlar (6,35 
mm 
Walman Mod. 1926 to‘pponcha). 
Ko‘p hollarda zatvorning oldingi tekisligida, unga ishlov 
berilganlikning sezilarli izlari qolmaydi. 
Ushbu izlarning shakli va o‘lchamlari turlicha hamda zatvor 
chuqurchasi (kolodka qalqonchasi)ning tayyorlanish texnologiyasiga, 


 313 
korroziya izlari va mexanik shikastlanish (ezilish, yoriqlar va 
hokazolar)ga bog‘liq bo‘ladi.
Yuqorida ta’kidlanganidek zatvor chuqurchasiga ishlov berishning 
quyidagi sakkizta turi mavjud: gorizontal, vertikal, chapga og‘ma, 
o‘ngga og‘ma, yoysimon, konsentrik (aylanalar shaklida) va tartibsiz 
shtrixli, shuningdek umuman hech qanday shtrixsiz (sayqallangan sirt). 
Ta’kidlash joizki, zatvor chuqurchasiga ishlov berish turlari bir xil 
namuna, tizim va rusumdagi qurollarda turlicha bo‘lishi mumkin. 
Masalan, Rossiya Federatsiyasida ishlab chiqilgan TT rusumli 
to‘pponchalar zatvor chuqurchasiga xuddi shundek turlicha ishlov 
berilgan. Boyok (urgich) uyachasi mavjud bo‘lgan (brandtrubkali) ov 
miltiqlaridan o‘q otilishida, gilza kapsyulida ushbu boyok (urgich) 
uyachasining chetlari va ularni kolodka qalqonchasiga mahkamlash 
uchun ishlatilgan vintlardan izlar qolishi mumkin. 
Zatvorning chuqurchasida uning sirtidan boshqa yana quyidagi iz 
hosil qiluvchi qismlar mavjud: 
Boyok chuqurchasining chetlari 
gilzalarda boyok atrofidagi akslar 
ko‘rinishida izlar qoldiradi
Boyok chuqurchasining atrofidagi o‘yiq 
gilzaning qalpoqchasida 
yoki kapsyulida qabariq halqa shaklidagi izlar qoldiradi (6,35 
mm 
Ortgies Mod. 1903 to‘pponcha); 
Boyok chuqurchasidan uzoqlashuvchi konussimon chuqurcha

gilzalarda yuqoridagi kabi shaklda qabariq izlar qoldiradi (6,35 
mm 
Sauer 1920–1923-yil namunali to‘pponcha). 
Zatvor chuqurchasidagi vintsimon ariqchalar 
gilzalarda vintsimon 
shakldagi izlar qoldiradi (6,35 
mm 
Walther «Selbstlade pistol» Mod. 2 
to‘pponchasi). 
Zatvor chuqurchasidagi ko‘ndalang yoki bo‘ylama chuqurchalar 
gilza kapsyulida qabariq hoshiya shaklida ishlar qoldiradi (6,35 
mm 
CHylewski to‘pponchasi). 
Signal shtifti 
gilza qalpoqchasining chetlarida kichik chuqurchalar 
shaklida izlar qoldiradi (9 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin