Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik


Magazin lablari izining hosil bo‘lishi



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

Magazin lablari izining hosil bo‘lishi: 
Iz hosil bo‘lish mexanizmi — magazin lablarining gilza 
 sirtidagi harakati. 


 304 
Bu kabi izlarda belgilarning majmuasi barqaror emas va o‘zaro 
ta’sirlashgan sirtlarning o‘lchamlari, gilza materialning xususiyatlari
shuningdek ushbu magazin yoki barabanlarni patronlar bilan to‘ldirish 
operatsiyalarini bajaruvchi shaxsning individual qobiliyatiga bog‘liq. 
Ayrim hollarda, yuqorida ta’kidlangan belgilar yig‘indisi identifikatsion 
tadqiqotlar uchun ishlatilishi mumkin, ammo ushbu izlarning ahamiyati 
unchalik katta emas, chunki ular faqat gilzalarni magazin (baraban)da 
bo‘lganliginigina tasdiqlashi mumkin. 
Qurol zatvoridan, uning chetki orqa holatga o‘tishida gilzada 
qoladigan izlar ham unchalik yetarli ahamiyatga ega bo‘lmaydi. 
Patronni patrondonga 
jo‘natish izlari 
gilzalarda qurol zatvori oldingi 
kesimining quyi qismidan qoladi. Zatvor, oldinga harakat qilib, o‘zining 
oldingi kesimining quyi qismi bilan magazindagi eng ustki patronni 
qurol stvoli patrondoniga tomon siljitadi va natijada gilzaning tubida 
ezilgan iz hosil bo‘lishi mumkin. Ushbu iz yaxshi ifodalanmagan, uning 
hosil bo‘lishi barqaror emas va unda belgilarning identifikatsion 
majmuasi mavjud emas. 
Patronni qurol patrondoniga jo‘natishda, gilzada qurol stvoli patron 
kirish joyi va stvol orqa kesimidan ham izlar hosil bo‘lishi mumkin. 
Ammo, bu holda belgilarning identifikatsion majmuasi faqat gilzaning 
qalpoqchasida hosil bo‘lgan stvol kanali orqa kesimidan qolgan izlarda 
mavjud bo‘lishi mumkin. 
Patrondonning ichki sirti va o‘q kirish joyi patronni patrondonga 
jo‘natishda gilzaning og‘zidan uning tubi tomonga va gilza (patron)ni 
chiqarib tashlashda uning tubidan og‘ziga tomon yo‘nalgan, qurolning 
muayyan turini alohidalashtiruvchi, lekin ularning guruhiy taalluqliligini 
aniqlash imkonini bermaydigan ishqalanish izlarini qoldiradi. Bu 
izlarning hosil bo‘lish mexanizmi o‘q kirish joyi va patrondon ichki 
sirtining ko‘rinishi, ishlov berilganlik darajasi va holati (nuqsonlarning, 
begona zarralarning mavjudligi va hokazolar) bilan ifodalanadi.
Stvolning yoki baraban kamorasining orqa kesimi qirralari 
gilza 
qalpoqchasining oldingi qismida qurol rusumini aniqlash imkonini 
beruvchi statik izlar qoldiradi. Bu izlarning hosil bo‘lish mexanizmi 
stvolning yoki baraban kamorasining orqa qismi qirrasining holati 
(nuqsonlar, begona zarralarning mavjudligi va hokazolar), sirtining 
tuzilishi, ishlov berilganlik darajasi va boshqalar bilan ifodalanadi.
Qurol chiqarib tashlagichi va patrondon orqasidagi boshqa qismlari 
chuqurchalarining joylashishi va o‘lchamlariga bog‘liq ravishda orqa 


 305 
qism qirralarining va ulardan gilza qalpoqchasi oldingi qismida qolgan 
izlarning quyidagi turlari ajratiladi: 
1–shakl. Chiqarib tashlagich uchun chuqurcha o‘ngda joylashgan. 
Patrondon orqa kesimining aksi uzluksiz, gilza qalpoqchasi aylanasidan 
ozgina kichikroq bo‘ladi. Iz chiqarib tashlagich izining o‘ng tomonidan 
boshlanadi. (6,35 
mm 
Walther «Selbstlade pistol» Mod.5 i Mod.7 va 7,65 
mm 
Clement Mod. 1909 to‘pponchalari). 
58-rasm. 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin