296
Bir qator hollarda, masalan, namuna snaryadlarda iz hosil bo‘lish
mexanizmi barqaror, ammo tekshirilayotgan
snaryadlardagi izlar
boshqacha ifodalanganlik darajasiga ega bo‘lganida, tajribalarni
tekshirilayotgan polisnaryad tarkibiga kiruvchi sochma o‘qlar yoki
kartechlar bilan bir xil raqamli sochma o‘q yoki kartechlar bilan amalga
oshirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Yuqoridagilardan tashqari, tajribalardan namuna izlar olish uchun
snaryadni tekshirilayotgan qurol stvoli kanali bo‘ylab tortish metodi ham
tavsiya qilingan. Ammo snaryadni bu kabi tortish, hodisa sodir bo‘lgan
joyda yuz bergan o‘q otilishlari bilan to‘liq mos kelmaydi.
Shuning
uchun olinayotgan izlarning mikrorelyefi otilgan snaryadlarda
shakllanadigan mirorelyeflarga o‘xshamaydi. Ta’kidlash joizki,
snaryadni tortish metodidan butunlay voz kechish ham maqsadga
muvofiq emas, ushbu metoddan tadqiqotga taqdim etilgan qurol, uning
stvolining nosozligi oqibatida otish uchun yaroqsiz bo‘lganida
foydalanish mumkin.
Endi silliq stvolli qurollarni identifikatsiya qilishda o‘tkaziladigan
tajribalar jarayonida foydalaniladigan o‘q tutgichlarni ko‘rib chiqaylik.
Amaliy faoliyatdan ma’lumki, ekspertiza amaliyotida mavjud bo‘lgan
o‘q tutgichlar tajriba snaryadlarida iz hosil bo‘lish sharoitlarini yaxshi
aks ettirmaydi. Shuning uchun bu kabi tajribalarda ishlatiladigan o‘q
tutgichlar sifatida qalinligi 3,5 va 10
mm
bo‘lgan plastinalardan iborat,
poralar o‘lchami 0,1 dan to 0,5
mm
bo‘lgan yumshoq rezina (gubka)
ishlatilsa ma’qul bo‘lar ekan
1
. Ana shu rezinalardan qalinligi 20 — 25
sm
va o‘lchami 60 x 60
sm
bo‘lgan paket yasaladi. Bunday o‘q tutgichga
tajriba jarayonida o‘q otish masofasi 8 — 10
m
bo‘lishi samaralidir.
Tajriba o‘q otishlari
maxsus binoda o‘tkaziladi. Har bir o‘q
otishdan
so‘ng qurol stvoli kanali paxta bilan artiladi. Ikki stvolli (qo‘shotar)
qurollar (qirqma miltiq)dan tajriba o‘q otish o‘tkazishda, uning bir
stvolidan tajriba o‘q otishlarini tugallanguncha, ikkinchi stvolidan o‘q
otish mumkin emas. «FEK–1» rusumli snaryadlardan foydalanishda, ikki
marta o‘q otish amalga oshiriladi. Tajriba o‘q otish tugaganidan so‘ng,
qurol stvoli kanalini tozalash va moylab qo‘yish lozim. Tajribalar
jarayoni ekspertiza xulosasining tadqiqot qismida batafsil bayon etiladi.
1
Qarang:
Голенев
В
.
С
.
Применение
губчатой
резины
в
качестве
уловителя
свинцовых
многоэлементных
снарядов
(
дроби
,
картечи
)
для
идентификации
гладкоствольных
ружей
//
Экспертная
техника
. —
М
., 1989. —
С
.19.
297
Tekshirilayotgan qurol stvoli kanalining aks etgan belgilarini
barqarorlik darajasini aniqlash maqsadida,
tajribadan olingan namuna
snaryadlardagi izlar bir-biri bilan o‘zaro solishtiriladi. Agar ushbu
solishtirish jarayonida mikrorelyeflari o‘zaro mos kelmagan (atipik)
sohalar aniqlansa, qo‘shimcha tajriba o‘q otishlarini amalga oshirish va
ushbu sohalarda farqlar vujudga kelganligining sabablarini aniqlash
maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Tajribadan olingan namuna snaryadlardagi izlarni o‘zaro
solishtirishdan so‘ng, aynan qanday belgilar (chiziqlar)ning majmuasi
tekshirilayotgan qurol stvoli kanali mikrorelyefini barqaror darajada aks
etganligi to‘g‘risida bir qarorga kelinadi. Bu qaror kelgusida tajribadan
olingan namuna snaryadlarni va tadqiqotga taqdim etilgan snaryadlar
bilan taqqoslash uchun zarur bo‘ladi.
Taqqoslash tadqiqotlari umumiy metodika asosida amalga oshiriladi
va taqqoslanayotgan (tajribadan olingan va tadqiqotga taqdim etilgan)
snaryadlardagi izlarning umumiy belgilarini solishtirishdan boshlanadi.
Umumiy belgilar o‘rtasida
farqlar mavjudligi aniqlansa, masalan,
tekshirilayotgan snaryad otilgan qurol stvolining diametri tadqiqotga
taqdim etilgan qurolning diametridan farq qilishi aniqlanganda, ekspert
ayniyat yo‘qligi to‘g‘risida qat’iy xulosa qilishi mumkin.
Umumiy belgilar o‘zaro o‘xshash bo‘lsa, izlardagi xususiy belgilar
(qurol stvoli kanalining izlarda aks etgan mikrorelyefi) o‘zaro
taqqoslanadi. Snaryadlardagi izlarni solishtirish taqqoslash
mikroskopi
yordamida amalga oshiriladi (55-rasm). Buning uchun «Razvertka» deb
atalgan «Rastr» avtomatlashtirilgan dasturiy-texnik qurilmadan
foydalaniladi.
55-rasm.
Dostları ilə paylaş: