Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə141/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

Kojux–zatvor tuynugining qirralari 
(stvol qutisining qopqog‘i) gilza 
sirtida chiziqli ezilishlar shaklida izlar qoldiradi. 
Stvol qutisi asosining pazlari 
gilzaning sirti yoki og‘zida ezilishlar 
ko‘rinishida izlar qoldiradi. 
Qo‘lbola qurollardan yoki patrondoni egovlangan (charxlangan) 
standart o‘qotar qurollardan chiqarib tashlangan gilzalarning korpusida 
chiziqlar ko‘rinishidagi izlar hosil bo‘lishi mumkin. Ushbu izlarning 
barqarorligi yetarli emas, ularning chuqurligi kam va ular identifikatsion 
tadqiqotlar uchun yaroqsiz bo‘ladi. Tajribalardan ma’lumki, ushbu 
izlarning 3 — 10 foizidagina belgilarning identifikatsion majmuasi 
kuzatiladi
1
. Ushbu izlarning barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi 
omillarga porox gazlari bosimining turlichaligi, gilza korpuslari 
shaklining standart patron gilzalaridan farq qilishi, gilza tubidagi 
nuqsonlar hamda ifloslanishlarning mavjudligi va hokazolar hisoblanadi. 
Ularni qurolning identifikatsion tadqiqotlarida inobatga olish tavsiya 
etiladi. 
Ba’zi o‘qotar qurollar (masalan, PM va APS to‘pponchalar)dan 
otilgan gilzalarda, qurol magazin lablaridan yana boshqa bir turdagi izlar 
hosil bo‘lishi mumkin. PM to‘pponchasidan o‘q otilishida, gilza 
qaytargichga urilganidan so‘ng, aylanma harakat qilib, magazin lablari 
bilan ta’sirlashganida va ushbu lablarga nisbatan yoysimon chiziq 
bo‘ylab harakat qilishida gilza korpusining sirtida iz hosil bo‘ladi. Ushbu 
iz dinamik va egilgan yelpig‘ich yoki vergulsimon shakldagi 
chiziqlardan iborat bo‘ladi (64-rasm). APS avtomatik to‘pponchadan 
otilgan gilzalarda ushbu turdagi iz o‘zaro parallel chiziqlardan iborat.
1
Qarang: 
Криминалистическая
экспертиза
оружия
и
следов
его
применения

Учебник

Ч
.1. // 
Под
ред

В
.
А
.
Ручкина
и
И
.
А
.
Чулкова
. — 
Волгоград
, 2004. 


 319 
 
64- rasm. 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin