274
chiqarishga yetarli bo‘ladi. Masalan, tekshirilayotgan qurol stvoli
kanalining yeyilish darajasini ifodalovchi umumiy belgilarni baholashda,
tadqiqotga taqdim etilgan o‘qlar kuchli yeyilishga uchragan quroldan
otilganligi, eksperimentdan olingan namuna o‘qlar esa o‘rtacha yeyilgan
qurol stvoli kanalidan otilganligi aniqlangan bo‘lsa, u holda
tekshirilayotgan o‘q tadqiqotga taqdim etilgan quroldan otilmagan deb
xulosa chiqarish mumkin.
Aynanlik mavjud deb xulosa chiqarish uchun, individual
(takrorlanmas) majmuani tashkil etuvchi belgilarning o‘zaro mos kelishi
talab etiladi, undan tashqari, ushbu majmua boshqa nusxadagi quroldan
otilgan o‘qlardagi izlarda umuman takrorlanmasligi shart.
O‘zaro mos kelmaganligini tushuntirish (izohlash) talab etiladigan
xususiy belgilarni baholash jarayonida muayyan qiyinchiliklar tug‘ilishi
mumkin. Ma’lumki, bir quroldan otilgan ikki o‘qdagi izlar u yoki bu
darajada o‘zaro farq qiladi. Shuning uchun, ushbu farqlarning ahamiyati
darajasini, ular boshqa qurol stvolining kanalini ifodalovchi belgilar
majmuasini tashkil etishi yoki izlarning oddiy variatsiyaliligini
ifodalashini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Otilgan o‘qlarda izlarning o‘zaro farq qilishi bir qator sabablar
natijasida vujudga kelishi mumkin. Ularning ayrimlari patronlarning
turlicha xususiyatlari yoki hodisa joyida va eksperiment jarayonida
turlicha bo‘lgan o‘q otilishi sharoitlari bilan ifodalansa, boshqalari
⎯
qurol stvoli kanalining yeyilishi, korroziyaga uchrashi va hokazolar bilan
izohlanishi mumkin.
Agar aniqlangan farqlar yuqorida ko‘rsatilgan sabablar oqibatida
vujudga kelgan bo‘lsa, ularni kam ahamiyatli farqlar deb hisoblash
mumkin. Ammo, bu kabi xulosa chiqarish uchun, individual majmua
tashkil qiladigan belgilar kompleksi mos kelishi (o‘xshash bo‘lishi) shart.
Agar farqlarning kelib chiqish mexanizmi na qurolning holati
(qurolni noto‘g‘ri saqlash, ko‘p ishlatish) va na o‘q otilishining hodisa
joyidagi va eksperimentlar jarayonidagi turlicha sharoitlar bilan
izohlashning imkoni bo‘lmasa, ular ahamiyatli deb hisoblanadi.
Ayniyat yo‘qligi to‘g‘risidagi xulosa
⎯
narezlar maydonlari,
narezlar va gaz chiqish tuynuklarining barcha izlaridagi chiziqlarning
barqaror farqlarida ifodalangan umumiy belgilarning o‘zaro mos
kelmasligi yoki umumiy belgilar mos kelgan bo‘lsa ham, xususiy
belgilar mos kelmagan (atipik) hollarda berilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: