268
Qurol stvoli kanalini optik trubkali va tolali yoritqichlar bilan
ta’minlangan «TOB–VS» bronxoskoplari yordamida o‘rganish tavsiya
etiladi. bu kabi qurilma bo‘lmasa, stvol kanalini oynalar yordamida
yoritib o‘rganish mumkin. Oyna yordamida qurol stvoli kanalining og‘zi
yoki orqa tomonidan yo‘naltirilgan nur kam yeyilgan stvol kanalining
narezlari jangovar va bo‘sh qirralaridan xromning sinishini o‘q kirish
joyi konusida aniqlash imkonini beradi. Bu izlar maxsus ariqchalar
maydonlarining stvol og‘zi tomoniga qarab toraygan chetlarida
joylashgan qora hoshiyalar ko‘rinishida bo‘ladi.
Stvol kanalidagi narezlar maydonlari va narezlar tubining
metallizatsiyasi (metall bilan qoplanishi) narezlarning jangovar va bo‘sh
qirralari sohasida hamda narezlar tubining o‘rtasida, stvol kanali sirtining
butun stvolning uzunligi bo‘ylab cho‘zilgan qorayishi ko‘rinishida
ifodalanadi. Stvol kanalidagi kovakchalar esa chegaralari aniq
ifodalangan dog‘lar shaklida ko‘rinadi.
O‘qotar qurolni otilgan o‘qlardagi izlarga ko‘ra identifikatsiya
qilishda o‘tkaziladigan
Dostları ilə paylaş: