Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

mm
, to‘pponchalarning kalibri esa — 9 
mm
), gilzaning korpusi 
stvol patrondoni diametriga qisman mos kelishi hamda gilza o‘zining 
qiya qismi bilan stvolning orqa chetiga tiralib qolishi natijasida qurol 
stvoli ichiga kirib ketmasligi bilan tushuntiriladi. Bundan tashqari, patron 
gilzasining tubi qurol patrondonidan 3 
mm 
ga turtib chiqib qoladi, ammo, 
yuqorida ko‘rsatilgan to‘pponchalarning zatvor chuqurchasi 3 
mm 
chuqurlikka ega bo‘lgani uchun, qurollarning patrondoni mahkam 
bekiladi va natijada o‘q otilishi vaqtida gilzaning og‘zi shishib ketadi. 
Noshtat patronning gilzasi ishlatilayotgan qurol patrondoniga to‘liq 
joylashmagan va 2–3 
mm 
masofada stvolning orqa kesimidan chiqib 
turadigan holatda, masalan, P 08 ««Parabellum»» rusumdagi to‘ppon-
chasi uchun 9 
mm 
kalibrli patronlarni 7,62 
mm 
kalibrli TT va 
Chexoslovakiyada ishlab chiqarilgan, 52–rusumli «Cheshska–


 234 
zbroyevka», 7,63 
mm 
kalibrli, Germaniyada ishlab chiqarilgan 1886, 
1889 va 1902-yil namunali «Mauzer» rusumli hamda Ispaniyada ishlab 
chiqarilgan «Star» A rusumli to‘pponchalardan otilganda, gilzaning 
tubidagi aylanma ariqchasi yonida shishib qolish yoki ochiq yirtilishlar, 
ayrim hollarda esa uning kapsyulining chiqib ketishi kuzatiladi. 
Ba’zan, gilzalar korpusi va og‘iz qismlarining shishib qolish shakli 
va diametri ishlatilgan qurol patrondonining o‘lchami va shakliga bog‘liq 
bo‘ladi. Bundan tashqari, gilzalar og‘zining shishib qolishi diametri 
taxminan ushbu gilzalar otilgan qurollarning kalibrini ifodalaydi. 
Masalan, AK–74, AKM, AKMS avtomatlari va Simonov konstruksiyali 
karabin (SKS)dan otilgan «Nagan (Nagant)» revolverining 7,62 
mm 
kalibrli patroni, TT to‘pponchasining 7,62 
mm 
kalibrli patroni va 
««Parabellum»» rusumdagi to‘pponchasining 7,65 
mm 
kalibrdagi 
patronlarining gilzalari, bu gilzalarning tubidan 15 — 17 
mm 
masofada 
o‘ziga xos shishib qolishga ega bo‘ladi va buning natijasida ularning 
korpuslari diametri 10,7 
mm 
gacha ortishi mumkin. Bu holda, «Nagan 
(Nagant)» revolveri patronining gilzasidagi shishib qolgan sohaning 
uzunligi, sport (V–1) va jangovar patronlardagi porox miqdorining 
turlicha bo‘lishiga qaramay, bir xilda — 22 
mm 
ni tashkil qiladi. 
Vujudga kelgan shishib qolish hisobiga, gilza og‘iz qismining diametri 
8,6 — 8,7 
mm 
gacha ortadi va qurol patrondoni shakliga ega bo‘ladi. 
Ushbu shishib qolish natijasida gilzaning umumiy uzunligi 38,7 dan 3,7 

mm 
gacha kamayadi. Gilzalar korpusidagi kernlash izlari yaqinida (bu 
izlar atrofi yupqa va qattiqroq bo‘ladi) metallning yirtilishi kuzatiladi (bu 
kabi yirtilishlar TT to‘pponchalari patroni gilzalarida ham kuzatiladi). 
Bundan tashqari, ushbu patronlar hamda ««Parabellum»» to‘pponcha-
sining 7,65 
mm 
kalibrli patronlari gilzalarining og‘iz qismi bo‘ylama 
yo‘nalish bo‘ylab yirtilib ketadi. 
Ta’kidlash joizki, noshtat patronlar ishlatilayotgan qurol 
patrondoniga mos kelgan hamda ushbu patronning kalibri qurol 
kalibridan atigi 0,01 
mm 
ga katta bo‘lgan hollarda (masalan, TT 
to‘pponchasining 7,62 
mm 
kalibrli patronini 7,63 
mm 
kalibrdagi 1902-yil 
namunali «Mauzer» rusumli hamda «A» rusumli «Star» 
to‘pponchalaridan otilganda) ham yuqorida aytilgan shishib qolishlar va 
yirtilishlar vujudga kelishi mumkin. 
Shu bilan birga, agar ishlatilayotgan o‘qotar qurol patrondonining 
shakli va o‘lchamlari, foydalanilishi mo‘ljallanayotgan noshtat patron 
gilzasi bilan bir xil (o‘xshash) bo‘lsa, u holda, otilgan gilzada, ushbu 
gilza mos b
о
‘lmagan o‘qotar quroldan otilganligini bildiriuvchi alomatlar 


 235 
kuzatilmaydi. Masalan, ««Brauning»» to‘pponchasining 9 
mm 
kalibrli 
kalta patronlarini TT to‘pponchasidan otilishi holini keltirish mumkin. 
Bu holda, gilza tubidagi kapsyulda vujudga keladigan urgich boyogining 
izi ham xuddi Tokarev konstruksiyali (TT) to‘ponchasining shtatli 
patroni bilan otilgandagi kabi «vergulsimon» shaklga ega bo‘ladi. 
Ammo, otilgan gilzani mexanik ravishda chiqarib tashlanmasligi tufayli, 
boyokning izi dumaloq (yarim sferik) shaklga ega bo‘lsa, u holda, 
ishlatilgan o‘qotar qurolning namunasi (rusumi)ni aniqlash uchun otilgan 
gilzadagi ushbu qurolning alohida qismlari (boyok, patron tayanchi, 
qaytargichning ishchi sirti, chiqarib tashlagich ilmog‘i)dan qolishi 
mumkin bo‘lgan izlarni, ularning mavjudligi, joylashishi, shakli va 
o‘lchamlarini chuqur o‘rganish zarur. 
Ko‘zdan kechirish jarayonida, jinoyat sodir etishda ishlatilgan 
quroldan noshtat patronlar bilan otilganligiga doir tusmollarni olg‘a 
surish uchun yana bir muhim manba bo‘lib otilgan o‘q hisoblanadi. 
Otilgan o‘qning tuzilishi, shakli, o‘lchamlari va materialidan, uning 
qanday turdagi patronga tegishliligini hamda ushbu o‘qdagi qurol 
qismlari (asosan stvol kanali)dan qolgan izlardan esa ushbu o‘qni otishda 
ishlatilgan qurolning turi, namunasi va rusumiga doir xususiyatlarni 
aniqlash mumkin. Shuning uchun hodisa joyini ko‘zdan kechirishda 
otilgan o‘qlarni izlab topish muhim ahamiyatga ega. 
Hodisa joyini ko‘zdan kechirishda, ichida otilgan o‘q saqlanib 
qolishi mumkin bo‘lgan, o‘q tegishidan vujudga kelgan yopiq shikastlar 
kanallarini aniqlash muayyan qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Noshtat 
patronlardan foydalanib o‘q otilganda, ushbu yopiq shikastlar noto‘g‘ri 
shaklga ega bo‘ladi yoki o‘qning yonbosh shaklini aks ettiradi. Chunki, 
katta kalibrdagi quroldan kichik kalibrli patronlar yoki silliq stvolli yoki 
narezlari yeyilib ketgan quroldan o‘q otilganda, o‘q to‘g‘ri chiziqli 
harakat qilmaydi, natijada to‘siqqa yonboshi, tubi bilan yoki muayyan bir 
burchak ostida urilishi mumkin. Ammo, ushbu alomat quroldan noshtat 
patronlar bilan o‘q otilganligini qat’iy bildirmaydi, chunki qo‘lbola 
o‘qotar qurollardan otilganda ham o‘qlar noto‘g‘ri harakat qilishi 
mumkin. Shuning uchun, ishlatilgan patronning xususiyatlari borasidagi 
ma’lumotlarni to‘siqdagi shikastlarning shakli hamda otilgan o‘qlardagi 
izlarni birgalikda atroflicha tadqiq etgandan so‘ng olish mumkin. 
O‘tgan asrning 50-yillarida, hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan 
kechirish bo‘yicha kriminalistik adabiyotlarda, to‘siqlardan otilgan 
o‘qlarni chiqarib olishga nisbatan turli kriminalistlarning fikrlari ikkiga 


 236 
ajralib ketdi va hozirgacha shunday. Ayrim ilmiy asarlarda, biror buyum 
(obyekt)ning ichiga kirib qetgan o‘qni ushbu buyumning o‘zi yoki uning 
bir qismi bilan birgalikda olish va keyinroq laboratoriya sharoitlarida 
muayyan ehtiyot choralarini ko‘rib, o‘qni shikastlanmagan holda 
chiqarib olish taklif qilinadi. Boshqa adabiyotda esa, aksincha, to‘siqqa 
kirib qolgan o‘qni, hodisa joyini ko‘zdan kechirish jarayonida uni va 
undagi izlarni shikastlamasdan chiqarib olish hamda shu bosqichning 
o‘zida tadqiq qilib, hech bo‘lmasa taxminan ishlatilgan qurolning turi, 
namunasi va rusumini aniqlashni tavsiya qilinadi. Natijada 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin