Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)
2-§. Qo‘lbola o‘qotar qurollarning tuzilishidagi xususiyatlar Qo‘lbola o‘qotar qurollar tuzilishi jihatdan juda xilma–xil — sodda
tuzilishga ega bo‘lgan qurollardan texnologik jihatdan murakkab
tuzilishli qurollargacha bo‘ladi.
Sud ballistikasi doirasida, sud–tergov va ekspertiza amaliyoti
materiallari asosida, qo‘lbola o‘qotar qurollarning tuzilishidagi boshqa
o‘qotar qurollardan farqlovchi belgilar majmui ishlab chiqilgan bo‘lib
unga quyidagilar kiradi:
— qo‘lbola o‘qotar qurol va uning tarkibiy elementlarining standart
o‘qotar qurollardan farq qiladigan tuzilishidagi xususiyatlari;
— qo‘lbola o‘qotar qurollarning qism, mexanizm va qurilmalarini
tayyorlashda foydalaniladigan nostandart (ixtiyoriy tanlangan)
materiallar;
— qo‘lbola o‘qotar qurollarning qism, mexanizm va qurilmalarining
past ishlov berilganlik darajasi, qo‘lbola o‘qotar qurollarni tayyorlashda,
uning qism, mexanizm va qurilmalariga ishlov berish uchun maxsus
uskunalarning hamda bunday qurollarni tayyorlovchi (jinoyatchi)
shaxslarda qurol tayyorlash bo‘yicha maxsus bilimlarning yo‘qligi;
— qo‘lbola o‘qotar qurollarda qurolsozlik korxonalarini ifodalovchi
markirovka belgilari va qurolsozlik korxonalarining texnik nazorat
bo‘limidan maxsus tekshiruvdan o‘tganligini bildiruvchi yorliqlarning
yo‘qlgi;
— qo‘lbola o‘qotar qurollarning qism, mexanizm va qurilmalarining
sirtlarida (yig‘ma qo‘lbola qurollarga xos belgi) himoya qoplamalarining
yo‘qligi.
Tuzilish jihatdan eng sodda hisoblangan qo‘lbola o‘qotar qurollar
sirasiga «podjig» va «pilta miltiq» ko‘rinishida tayyorlangan qo‘lbola
to‘pponcha va vintovkalar kiradi. Qo‘lbola o‘qotar qurollarning bu turini
ularni o‘qlash usuliga ko‘ra «stvol og‘zidan o‘qlanuvchi (shompolli)
namunalar» deb atash qabul qilingan
. Qo‘lbola «podjig» ikkita asosiy qism — stvol va asosdan iborat
tuzilishga ega bo‘lgan qo‘lbola o‘qotar qurol hisoblanadi (40–rasm).