227
qurollardan otish uchun moslashtirilishi yoki qurol va patronni
moslashtirish mumkin
1
.
Y
е
.N. Tixonov tomonidan taklif qilingan tasniflash bo‘yicha noshtat
patronlar deb, muayyan turdagi standart o‘qotar qurollardan
otish uchun
maxsus mo‘ljallanmagan, zavodda tayyorlangan patronlar tushunilgan.
Ammo, shu bilan birga, bir vaqtning o‘zida, B.M. Komarines tomonidan
bildirilgan, «noshtat patron» tushunchasiga umuman o‘zgartirilmagan
yoki qisman o‘zgartirilgan zavod usulida tayyorlangan patronlar hamda
qo‘lbola patronlarni ham kiritish kerak» degan
boshqa bir fikr ham
mavjud
2
.
Ammo, qo‘lbola usulda tayyorlangan patronlarning chiziqli va
og‘irlik o‘lchamlari zavod usulida tayyorlangan patronlarga nisbatan,
standartdan ancha chetlashadi. Bundan tashqari, qo‘lbola patronlarning
tuzilishi va ular alohida qismlarini tayyorlashda ishlatilgan materiallar
standart talablarga mos kelmaydi, zaruriy ballistik xarakteristikalarga
javob bermaydi, shuning uchun bunday patronlar muayyan bir tur va
namunadagi standart o‘qotar qurolga nisbatan shtatli patron
hisoblanmaydi. Shu bilan bir vaqtda bunday patronlar boshqa bir tur va
namunadagi o‘qotar qurollarga nisbatan ham noshtat patron bo‘lib
hisoblanmaydi. Agar zavod va qo‘lbola usulda tayyorlangan patronlar,
bunday patronlardan otish uchun maxsus mo‘ljallangan yoki
moslashtirilgan qo‘lbola usulda tayyorlangan o‘qotar qurollardan otishda
foydalanilsa, u holda, ko‘rilayotgan patronlar bunday o‘qotar qurollarga
nisbatan o‘rinbosar patron hisoblanmaydi
va ularni ushbu qurollarga
nisbatan noshtat patron deb hisoblash ham noto‘g‘ri bo‘ladi.
O‘rinbosar patronlar tayyorlash usuliga ko‘ra ikki guruhga — zavod
usulida va qo‘lbola usulda tayyorlangan patronlarga ajratib, Y
е
.N.
Tixonov
3
bir-birini inkor qiluvchi ikkita fikr bildirgan: ularning biriga
asosan zavod usulida tayyorlangan patronlarni o‘zgartirib yasalgan
o‘rinbosar patronlar qo‘lbola usulda tayyorlangan patronlar guruhiga,
1
Qarang:
Тихонов
Е
.
Н
.
Особенности
расследования
и
производства
судебно
–
баллистических
экспертиз
по
делам
,
связанным
с
использованием
атипичных
боеприпасов
:
Автореф
.
дис
. ...
канд
.
юрид
.
наук
.–
М
., 1979.
2
Qarang:
Комаринец
Б
.
М
.
Идентификация
огнестрельного
оружия
по
выстреленным
пулям
:
Методика
криминалистической
экспертизы
.
Вып
. 3.–
М
., 1999.
3
Qarang:
Тихонов
Е
.
Н
.
Судебно
–
баллистические
исследования
огнестрельного
оружия
,
патронов
–
заменителей
и
следов
их
применения
.–
М
.:
ВНИИСЭ
, 1974.
228
ikkinchisiga ko‘ra esa o‘rinbosar-patronlar zavod usulida tayyorlangan
patronlar bilan bir guruhga kiritilgan.
Zavod usulida tayyorlangan (noshtat) o‘rinbosar patronlar hech
qanday o‘zgartirishlarga uchramaydi va o‘zining barcha elementlari
(tarkibiy qismlari)ni o‘zgarmagan holda saqlab qoladi, shuning uchun,
bunday patronlarning tadqiqotlari, metodik jihatdan, standart shtatli
jangovar o‘q-dorilarning tadqiqotlari bilan bir xil bo‘ladi. Zavod usulida
tayyorlangan o‘rinbosar patronlarga, bunday patronlardan otish uchun
mo‘ljallanmagan o‘qotar quroldan otish uchun turli o‘zgartirishlar
kiritiladi va bunda ushbu patronlar o‘zlarining dastlabki elementlari
(tarkibiy qismlari)ni saqlab qolishi mumkin. O‘zgartirishlar juda
sodda
yoki oddiy bo‘lishi ham (masalan, uzunligi kichikroq shtatli patron
uchun mo‘ljallangan magazinga joylash maqsadida o‘rinbosar patron
o‘qini uning gilzasiga chuqurroq kiritish yoki uzunligi kichikroq shtatli
patronga mo‘ljallangan o‘qotar qurol patrondoniga jo‘natish uchun
o‘rinbosar patron o‘qining bosh qismini kalta qilib qirqish), juda
murakkab mexanik (masalan, uzunligi kichik shtatli patronga
mo‘ljallangan o‘qotar qurolning patrondoniga jo‘natilishi va otilishdan
so‘ng gilzani quroldan chiqarib yuborish uchun, o‘rinbosar patron
gilzasining og‘iz qismini kesish, uning turtib chiquvchi qalpoqchasini
olib tashlash) bo‘lishi mumkin. U yoki bu turdagi o‘zgarishlar natijasida
o‘rinbosar patronlar nostandart (atipik) patronlar ko‘rinishida bo‘ladi.
Bunday fikrlarni, hech bo‘lmasa bitta elementi avvaldan o‘ziga
tegishli bo‘lmagan qo‘lbola usulda tayyorlangan, masalan, qo‘lbola
o‘qlar bilan jihozlangan patronlar yoki
kapsyuli boshqa, mos
kelmaydigan turdagi kapsyul bilan yoki jangovar zaradi boshqa turdagi
porox zaradi bilan almashtirilgan (qayta jihozlangan) patronlarga
nisbatan ham aytish mumkin.
Shunday qilib, zavod usulida tayyorlangan patronlarni o‘zgartirib
yasalgan va qo‘lbola usulda tayyorlangan o‘rinbosar patronlar o‘zaro
o‘xshashlikka ega: bu o‘xshashlik ushbu patronlarning tadqiqot
metodikasiga nisbatan maxsus talablar qo‘yadigan va o‘rinbosar
patronlarni yagona tasnifiy guruhga kiritish imkonini beradigan
nostandartligi (atipikligi)dan iborat.
O‘rinbosar-patronlarga tayyorlanish usuli, tuzilishi va mo‘ljallangan
maqsadidan qat’i nazar, o‘zlari otish uchun mo‘ljallanmagan zavod
usulida tayyorlangan o‘qotar quroldan otishda foydalaniladigan
patronlarni, noshtat patronlarga esa muayyan turdagi standart o‘qotar
qurollarga nisbatan shtatli bo‘lmagan holda boshqa turdagi o‘qotar
qurollarga nisbatan shtatli bo‘lgan patronlarni kiritish kerak.