Savol va topshiriqlar
1. “Noshtat patronlar” deganda nimani tushunsiz?
2. Noshtat patronlar ishlatilgan holatlarda otilgan o‘q va gilzalarni
ko‘zdan kechirish xususiyatlari qanday?
3. Noshtat patronlarning tadqiqotlari bo‘yicha sud-ballistik eksper-
tizalari tayinlashning o‘ziga xos xususiyatlarini aytib bering.
4. Hodisa sodir bo‘lgan joyda noshtat patronlardan foydalanilganlikni
bildiruvchi o‘q va gilzalar aniqlanganda o‘tkaziladigan ballistika eksper-
tizalari jarayonida qanday masalalar hal etiladi?
5. Noshtat patronlardan foydalanib otilgan o‘q va gilzalar tadqiqotining
o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
6. Noshtat patronlar bilan otishda vujudga keladigan izlar haqida
so‘zlab bering.
245
11-BOB.
NAREZLI O‘QOTAR QUROLLARNI OTILGAN
O‘QLARDAGI IZLARGA KO‘RA IDENTIFIKATSIYA QILISH
1-§. Narezli o‘qotar qurollarni otilgan o‘qlardagi izlarga ko‘ra
aynaligini aniqlashning ilmiy-nazariy asoslari
O‘qotar qurollar va jangovar o‘q-dorilarning ishlatilish izlari
deganda o‘q otilishining keng ma’nodagi moddiy izlari tushuniladi, ya’ni
otilgan o‘q, sochma o‘q, kartechlar, pijlar, gilzalar; o‘qotar qurolni
alohida tarkibiy qismlarining otilgan o‘q va gilzalardagi izlari; stvol
kanali devorlaridagi va qurolning boshqa tarkibiy qismlari, o‘q hamda
gilzalardagi o‘q otilishidan qolgan qurumi o‘q otilishi natijasida
shikastlangan buyumlardagi yuz bergan o‘zgarishlar va boshqalar.
O‘qotar qurolning otilgan o‘q va gilzalardagi izlari, ishlatilgan
qurolning muayyan turi va namunasini o‘qotar qurolning boshqa izlariga
qaraganda ko‘proq aks ettiradi, shuning uchun bu izlar birorta jinoyat
bo‘yicha ishlatilgan yoki qidirilayotgan o‘qotar qurolning rusumi
bo‘yicha ma’lumot olishda, hali olinmagan yoki olingan o‘qotar
quroldan identifikatsiya qilish maqsadida foydalanish mumkin.
Otilgan o‘q va gilzalarda, odatda, o‘qotar qurolning turli tarkibiy
qismlaridan izlarning majmuasi vujudga keladi. Shuning uchun, o‘qotar
qurolning turli qismlaridan qolgan otilgan o‘q va gilzalardagi izlarni va
ulardagi qurollarning aks etuvchi belgilarni alohida o‘rganish zarur.
Muayyan bir o‘qotar qurolning aynanligini tavsiflovchi va ularning
barchasi yig‘ilganda identifikatson belgilar hisoblanuvchi umumiy va
xususiy belgilar,
birinchidan
, ularni nisbiy barqarorligi yoki turg‘unligi
nuqtai nazaridan, ikkinchidan, ularni aks etish qobiliyati nuqtai nazaridan
baholanadi. Xususiy belgilar, bundan tashqari, ular yig‘indisining
betakrorligi, ya’ni alohidaligi hamda ular har birining uchrashish
chastotasi nuqtai nazaridan ham baholanadi.
O‘qotar qurollarning belgilarini betakrorligi yoki alohidaligi hamda
barqarorligi yoki turg‘unligi, bu o‘qotar qurollarning tayyorlanishidagi
texnologiyalari, ya’ni, qurol alohida tarkibiy qismlari materialining
mustahkamligi hamda ishlov berish jarayonlarining ularga bo‘lgan turli
ta’sirlari bilan ifodalanadi. O‘qotar qurollar belgilarini ko‘p vaqt
davomida o‘zgarmasligi, ya’ni chidamliligi, xuddi belgilarining
o‘zgaruvchanligi bilan birga, bu qurolni ishlatish sharoitlari, jumladan,
quroldan o‘q otilishdagi, uni tozalash, saqlash va ta’mirlash
246
jarayonlaridagi bosim, harorat, metallarning mexanik ishqalanishlari va
deformatsiyalanishlari kabi omillarga bog‘liq bo‘ladi. O‘qotar qurollar
belgilarining boshqa obyektlarda aks etish qobiliyati — otilgan o‘qlar va
gilzalarda yoki masalan, shikastlangan buyum–to‘siqlarda iz qoldirish
qobiliyati — o‘qotar qurolning alohida qismlarini ushbu obyektlar bilan
ta’sirlashish jarayonlariga bog‘liq.
Shunday qilib, o‘qotar qurollarni otilgan o‘q va gilzalarda, bundan
tashqari, o‘q otilishi natijasida shikastlangan buyumlardagi izlarini,
ushbu izlarning hosil bo‘lish mexanizmi bilan birgalikda o‘rganish
maqsadga muvofiqdir.
XII asrning oxirlaridan boshlab o‘qotar qurollar asosan zavod yoki
sanoatda seriyalab ishlab chiqariladi. Qurollarning bunday seriyalab
ishlab chiqarilishi oqibatida, ishlab chiqarilgan bir rusumdagi qurol,
ushbu qurolni kashf qilgan ixtirochilar tomonidan ko‘zda tutilgan tuzilish
belgilari ko‘rsatilgan chizmalar asosida tayyorlanadi. Binobarin, ushbu
belgilar ishlab chiqarilgan rusumdagi barcha qurollar uchun umumiy,
guruhiy ahamiyatga egadir. Buning natijasida, seriyalab ishlab
chiqarilgan qurolning bir rusumiga tegishli turli xil o‘qotar qurollarning
shakli, o‘lchamlari, tuzilishi va qismlarining o‘zaro joylashishi hamda
nomlanishi bir xil bo‘ladi. Seriyalab ishlab chiqarilgan o‘qotar
qurollarning umumiy belgilariga yana texnologik belgilar ham kiradi.
O‘qotar qurollarning xususiy belgilariga, muayyan bir o‘qotar
qurollarni tayyorlash va uni ishlatish jarayonidagi, ya’ni o‘q otish,
tozalash va saqlash jarayonidagi aniq belgilar kiradi.
Hodisa sodir bo‘lgan joydan otilgan o‘qlar va keyinchalik jinoyat
sodir etishda gumon qilinuvchidan qurol olinganda, tergov idoralarida
ko‘rilayotgan ish bo‘yicha haqiqatni aniqlash uchun hodisa joyidan
topilgan o‘q gumon qilinuvchidan olingan quroldan otilganmi degan
savol tug‘iladi.
Ushbu savolga kriminalistik identifikatsion ekspertiza o‘tkazish
orqali javob beriladi va ushbu turdagi ekspertiza tadqiqotlarining vazifasi
aniq nusxadagi qurolni hodisa sodir bo‘lgan joydan topilgan o‘qlardagi
qurol stvol kanalining izlariga ko‘ra identifikatsiya qilishdan iborat
bo‘ladi. Ushbu identifikatsiya, otilgan o‘qlarda ular bilan ta’sirlashgan
qurol stvoli kanali ichki sirtining xususiyatlari aks etishiga asoslangan.
Otilgan o‘qlardagi izlarga ko‘ra o‘qotar qurolning identifikatsiya
qilish metodikasi o‘zining asosiy qoidalariga ega va bu qoidalar ushbu
metodikaning ilmiy jihatlarini yoritib beradi, o‘tkaziladigan tadqiqotlar
natijalari esa ishonchliligini ta’minlaydi.
247
O‘qotar qurollarning otilgan o‘qlardagi izlarga ko‘ra identifikatsiya
qilishning asosi bo‘lgan ushbu qoidalarni qisqacha ko‘rib chiqaylik.
Moddiy dunyoning barcha obyektlari alohidalikka ega, ya’ni
obyektlarni bir-biridan farq qilish imkonini beradigan belgilar majmuasiga
ko‘ra individual bo‘ladi. Dialektik nazariyaga ko‘ra na boshqaga nisbatan
va na o‘z-o‘ziga nisbatan mutlaq ayniyat bo‘lmaydi. Asl ayniyat faqat
abstrakt, ya’ni shakl ko‘rinishda va unga mos ravishda A=A bo‘ladi,
amalda esa o‘zida turli farqlarni mujassamlashtirgan muayyan ayniyat
mavjud. Ayniyat va farq qilish — bu obyektning o‘z-o‘ziga va
boshqalarga nisbatan xossalarining barqarorligi va o‘zgaruvchanligi,
takroriyligi va betakrorligini ifodalovchi aloqasi, muomalasi va
rivojlanish an’analaridir. Asl ayniyat ham, asl farq qilish ham mavjud
emas.
Xossa va xususiyatlari mutlaq aynan bo‘lgan ikki obyekt mavjud deb
faraz etaylik. Ammo u holda bu obyektlar bir vaqtning o‘zida bir vaqtda
mavjud bo‘lishi kerak. Bu holda esa ikki obyekt emas, balki faqat bir
obyekt mavjud bo‘lar edi. Ammo moddiy dunyoning obyektlari vaqt va
fazoda turli joylarni egallaydilar, ya’ni ular turli xil boshqa obyektlar
bilan aloqada bo‘ladilar. Bu aloqa esa ularning turli xossalariga ta’sir
ko‘rsatadi.
Yagonalikni yaratishda juda ko‘p va takrorlanmas sharoitlar,
tasodiflar uchraydi.
Materialistik dialektikaning ushbu qoidalari butunicha muayyan
maqsadga mo‘ljallangan ommaviy ishlab chiqariluvchi ashyolarning
tayyorlash va ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyasiga nisbatan
ham o‘rinlidir. Texnologik siklni tashkil etuvchi operatsiyalarning tartibi
va har bir operatsiyalar alohida-alohida mutlaq turg‘unlikka ega emas,
shuningdek mahsulotlar tayyorlanadigan materiallar xossalarining
mutlaq o‘xshash bo‘lishi mumkin emas. Bu farqlar yig‘ilganda unchalik
ko‘zga tashlanmaydi va ularning bo‘lishi unchalik katta ahamiyatga ega
emas, ya’ni ularning bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi va pirovard natijada bu
farqlar har bir obyektning alohidaligini ifodalashda hal qiluvchi
ahamiyatga ega bo‘ladi.
Yuqorida aytilganlarning barchasi o‘qotar qurollarning iz hosil
qiluvchi qismlariga, patronlarning alohida qismlari va ularni tayyorlash
uchun zarur komponentlariga ham tegishlidir. Bu fikrni o‘qotar qurol
stvolini tayyorlashning texnologiyasi misolida qarab chiqaylik.
Stvol po‘latlarining ba’zi turlari o‘zaro kimyoviy elementlarning
miqdoriga ko‘ra mos kelmaydi. Kimyoviy tarkibning barqarorligiga
248
erishish hozircha mumkin emas yoki bunga hali erishilgani yo‘q. Bu
farqlar po‘latning mexanik xossalarida, qisman po‘latning qattiqligida
ifodalanadi. Stvollar tayyorlanishda — boshlang‘ich operatsiyalarda,
ya’ni chala mahsulotni teshishda, har doim, sirtlarning qayta ishlashda va
ishlov berishda aniq va toza texnologik natijalar ko‘rsatuvchi yangi
uskuna yasashga to‘g‘ri keladi (parma va hokazolar). Stvol
materiallarining qattiqligi turlicha bo‘ladi. Shuning uchun, metallni
parmalashda, ularning qattiqligi turlicha bo‘lganligi bois stvol kanalida
narezlar hosil qiluvchi puansonning harakati notekis bo‘ladi. Bu
notekislik albatta narezlar qadamining va narezlar maydoni sirtining
buzilishiga olib keladi. Bu buzilishlarni narezlar maydoniga silliq
puanson bilan ishlov berilib, zichlashtirish hisobiga bartaraf etiladi. Bu
zichlashtirish o‘z navbatida maxsus ariqchalar o‘lchamlarining
o‘zgarishiga olib keladi va bu o‘zgarishlar ma’lum miqdorda har bir
stvolni alohidalashtiradi. O‘lchamlarning ruxsat etilgan miqdordagi
o‘zgarishlari nuqsonlarni keyingi bartaraf etishlarda ham vujudga keladi.
Stvol kanallarining alohida takrorlanmas xarakteri yana, patrondonni
ajratish jarayonida, ya’ni narezlarning maydoni o‘qning kirish joyining
konusi uchun kesilganda vujudga keladi. Ishlatilgan uskunadan turtib
chiqqan qirralar va izlarning takrorlanmas birikishi vujudga keladiki, o‘z
navbatida o‘q sirtida, narezlarning birlamchi izlarida ulardan
takrorlanmas va alohidalikka ega bo‘lgan chiziqlar va turli shilinishlar
hosil bo‘ladi. Patrondonni stanokda parmalab teshib bo‘lgandan keyin,
unga qo‘lda qayta ishlov beriladi. Bu operatsiya muayyan bir nusxadagi
qurol stvolining iz hosil qiluvchi sirtlari mikrorelyefining aniq
alohidaligini tugal belgilaydi.
Kriminalistik adabiyotlarda aynanlikni aniqlashda foydalaniladigan
belgilar umumiy va xususiy belgilarga ajratiladi va natijada identifikatsion
tadqiqotlar bosqichli jarayonlardan tashkil topadi.
O‘qotar qurollarning otilgan o‘qlarda hosil bo‘ladigan izlarining
umumiy
identifikatsion belgilariga qurol stvoli kanalini umumiy
ifodalaydigan (kalibr, narezlarning miqdori, yo‘nalishi va og‘ish burchagi,
narezlar maydonining kengligi, gaz chiqish tuynugining mavjudligi)
belgilar kiradi. Ushbu umumiy belgilar bir tizim, rusum va namunadagi
barcha qurollarga xos bo‘ladi. Shuning uchun bunday belgilarning
majmuasi identifikatsiya uchun yetarli bo‘lmasa ham, qurolni
identifikatsiya qilishda o‘ziga xos ahamiyatga ega bo‘ladi.
O‘qotar qurollarning otilgan o‘qlarda hosil bo‘ladigan izlarining
Dostları ilə paylaş: |