237
O‘q va silliq stvolli qurol kalibrlari mos kelganda otilgan o‘qdagi
izlar yaxlit bo‘ylama ishqalanishlar shaklida bo‘ladi.
Agar bu
ishqalanishlar o‘qning ayrim sohalardagina mavjud bo‘lsa yoki umuman
kuzatilmasa (mavjud bo‘lmasa), bu holat, ushbu o‘q o‘zining kalibridan
katta kalibrli quroldan otilganini bildiradi.
O‘qda mavjud bo‘lgan narezlar maydonining izlari faqatgina
o‘qning bosh va yetakchi qismida va ular notekis joylashgan yoki bu
izlarda ayrim narezlarning maydonlari aks etmagan bo‘lsa, o‘q o‘z
kalibridan katta kalibrli quroldan otilgan deb xulosa chiqarish mumkin.
Bunday izlar narezlari kuchli yeyilib ketgan qurollardan otilgan o‘qlarda
ham kuzatilishi mumkin, ammo, narezlarning qirralari
kuchsiz
ifodalangan yoki umuman ifodalanmagan, narezlar maydonlarining izlari
esa o‘zaro simmetrik va bir tekis joylashgan bo‘ladi.
Katta kalibrli quroldan kichik kalibrli patron otilganligining yana bir
alomati, bu otilgan o‘q orqa qismining o‘ziga xos shaklda
deformatsiyalanishidir, bu deformatsiyalanish oqibatida o‘q tubining
ko‘ndalang kesimi oval shaklga ega bo‘ladi.
O‘zining kalibridan katta kalibrli
quroldan, silliq stvolli quroldan,
qirqma miltiqlardan va narezlari kuchli yeyilib ketgan qurollardan
otilgan o‘qlar, yuqorida aytilganidek, to‘siqqa yonboshi, tubi yoki
to‘siqqa nisbatan muayyan bir burchak ostida uriladi va natijada noaniq
shakldagi shikastlar hosil qiladi. Ayrim hollarda, o‘qlar to‘siqqa
yonboshi bilan urilib, to‘siqda o‘zining shakli va o‘lchamlarini
ishqalanish halqasi yoki o‘q
tegishidan hosil b
о
‘lgan teshikning konturi
ko‘rinishida vujudga keltiradi, bu alomatlar ishlatilgan o‘qotar qurol va
patron haqida, ayniqsa u yoki bu sabablarga ko‘ra otilgan o‘q hodisa
joyida topilmagan hollarda muhim ma’lumot manbai bo‘lib hisoblanadi.
O‘qlar o‘zining kalibridan kichik kalibrdagi narezli o‘qotar quroldan
otilganda, ushbu o‘q kuchli bosim ta’sirida stvol
kanalining narezlar
bo‘yicha diametrini o‘ziga olib siqilib kiradi va natijada, uning nafaqat
yetakchi va orqa qismlarida balki bosh qismida ham narezlar maydonlari,
bundan tashqari narezlar tubining izlari ham yaxshi ifodalanadi.
Bundan tashqari, noshtat patronlarni ularning kalibridan katta kalibrdagi
o‘qotar qurollardan, kalta stvolli quroldan jangovar zaradi ko‘p bo‘lgan
patronlarni otishda ularning porox zaradi stvol kanalida to‘liq yonishga
ulgurmaydi va yonmagan hamda chala yongan porox zarrachalari otilgan
snaryadning yo‘nalishi tomoniga ancha miqdorda uloqtiriladi. Ularning bir
qismi (taqab yoki yaqin masofadan o‘q otilishida) o‘q tekkan to‘siqqa ham
o‘tib qolishi mumkin. Ana shu porox zarrachalarini o‘rganib, patronni
jihozlashda ishlatilgan poroxning turi va rusumini, binobarin, ishlatilgan
238
patronning namunasini ham (ayrim hollarda) aniqlash mumkin. Shuning
uchun ko‘zdan kechirish jarayonida o‘q otilishining ushbu alomati va izlarini
aniqlash hamda imkoni boricha ko‘proq olish zarur. Buning uchun hodisa
joyidagi o‘q otilish bilan bog‘liq barcha obyektlar
sirtidagi changni toza
mo‘yqalam bilan yig‘ish va ularni lupa yoki mikroskop yordamida tadqiq
qilish kerak. Porox zarrachalarini aniqlash uchun amaliyotda tekshirilgan
quyidagi usulni qo‘llash mumkin, porox zarrachalari deb, gumon qilingan
zarrachalarga cho‘g‘ qilib qizdirilgan ignani tekkizib ko‘rish kerak, bunda
porox donasi darhol yonib ketadi.
Ammo, porox zarrachalari hodisa joyida juda kam miqdorda
yig‘ilgani bois, yuqoridagi termik usul uchun bir yoki ikki zarracha
olinib,
qolganlari esa, keyingi laboratoriya sharoitlarida o‘tkaziladigan
ekspertiza tadqiqotlariga saqlab qo‘yilishi lozim.
Jinoyat-protsessual qonunchiligi nuqtai nazaridan birorta jinoyat ishi
yuzasidan sud-ballistik ekspertizalarini tayinlash majburiy bo‘lmasa ham,
hodisa joyida noshtat patronlardan foydalanilganligini anglatuvchi o‘q va
gilzalar topilgan vaqtda bunday turdagi tadqiqotlarni o‘tkazish zarurligi
asoslangan deyish mumkin, chunki ekspertiza tadqiqotlarini boshqa birorta
tergov harakati bilan almashtirish, hatto bu tergov harakati ekspert-krimi–
nalist ishtirokida o‘tkazilsa ham, tergov oldida turgan juda muhim savollarga
javob berish imkoniga ega bo‘lmasligi mumkin.
Ekspertiza samarali va muvaffaqiyatli o‘tkazilishi uchun, ularni
o‘tkazishga sifatli va har tomonlama tayyorgarlik ko‘rish kerak. Ballistik
ekspertizalarni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rishga quyidagilarni kiritish
mumkin: hodisa joyida aniqlangan o‘q va gilzalarni, sud ballistikasi
bo‘yicha ixtisoslashgan ekspert-kriminalist ishtirokida batafsil ko‘zdan
kechirish, daliliy ashyolarni kerakli tarzda qonunga muvofiq o‘rab–
joylashtirish, ekspertiza tayinlash haqida qaror qabul qilish va hokazo.
Hodisa sodir bo‘lgan joyda noshtat patronlardan foydalanilganligini
bildiruvchi o‘q va gilzalar aniqlanganda o‘tkaziladigan ballistika
ekspertizalari jarayonida quyidagi savollarga javob olinishi mumkin:
— taqdim etilgan o‘q (gilza) qanday patronning tarkibiy qismi
hisoblanadi;
— hodisa joyida aniqlangan o‘q (gilza) tegishli bo‘lgan patron
qanday kalibr, tur, namuna va rusumdagi quroldan otish uchun
mo‘ljallangan;
— ushbu o‘q (gilza) o‘zi uchun mos bo‘lmagan kalibr, tur, namuna
va rusumdagi quroldan otishda ishlatilganmi;
— hodisa joyidan aniqlangan o‘q (otilgan gilza) qanday kalibr, tur,
namuna va rusumdagi o‘qotar quroldan otilgan;
239
— hodisa joyidan aniqlangan o‘qlar (gilzalar) bir yoki boshqa–
boshqa tur, namuna va rusumdagi qurollardan otilganmi;
— hodisa joyidan aniqlangan o‘q va gilza
aynan bir patronning
tarkibiy qismlarimi;
— gilza korpusining deformatsiyasi (ishib qolishi va yirtilishi)ning
sabablari nimadan iborat.
Yuqoridagilar noshtat patronlardan foydalanish holatlari bo‘yicha
ekspertiza amaliyotida eng ko‘p tarqalgan savollar hisoblanadi. Ulardan
boshqa, muayyan bir jinoyat ishi yuzasidan aniqlangan holat bo‘yicha
savollar ham bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: