273
⎯
har ikki o‘qni bir xilda va o‘qlarning sirtiga nisbatan bir
yo‘nalishda yoritish lozim;
⎯
tekshirilayotgan va eksperimentdan olingan namuna o‘qlarni
kattalashtirish masshtabi bir xil bo‘lishi kerak;
⎯
tekshirilayotgan va eksperimentdan olingan namuna o‘qlarni juda
ko‘p marta kattalashtirish mumkin emas, chunki bu holda tasvir maydoni
kichrayadi va natijada qurolni identifikatsiya qilishga
xalal beradigan
ortiqcha detallashtirish vujudga keladi;
⎯
izlarni o‘qlarning butun aylanasi bo‘ylab ketma-ketlikda
taqqoslash lozim. Bir turdagi izlarni taqqoslashdan keyin, ikkinchi izlarni
o‘rganishga o‘tiladi.
O‘qlardagi izlarning relyefi xususiyatlarini o‘rganish va ularni
taqqoslash maqsadida o‘qlarning yon
sirtlarini optik, fotoelektrik va
shupli usullardan foydalanish tavsiya etiladi. Ushbu usul profilogramma
usuli deb ataladi. Ushbu usulda olingan o‘qlarning yon sirtlari
profilogrammalari relyefning chuqurligi va ifodalanganlik darajasi,
yonbosh sirtlarining tuzilishi, alohida notekisliklarni ifodalovchi
cho‘qqilarning o‘lchami va o‘zaro masofasi hamda o‘zaro joylashishiga
ko‘ra solishtiriladi. Prfilogrammalar
qurol stvoli kanalining
tekshirilayotgan o‘qlarda aks etgan izlarning o‘zaro o‘xshash yoki farqli
belgilarini obyektiv baholash uchun muhim ahamiyatga ega vosita
hisoblanadi.
Tadqiqotlar natijalarini baholash va yakuniy xulosalarni shakllan-
tirish
ekspertiza tadqiqotlarining yakunlovchi bosqichi hisoblanadi.
Ushbu baholash faoliyati ekspertiza tadqiqotlarining butun
jarayonini qamrab oladi. Ushbu bosqichning boshlanishida
ayrim turdagi
ekspertiza tusmollari, masalan, tekshirilayotgan o‘qdagi izlarning kelib
chiqish mexanizmi bo‘yicha tusmollar ilgari suriladi, shu kabi alohida
tadqiqotlar bosqichida esa asosan salbiy xususiyatga ega bo‘lgan yakuniy
xulosalar shakllanishi mumkin.
Tadqiqotlar natijalarini baholash bosqichida izlarda
aniqlangan
umumiy va xususiy belgilar tahlil qilinadi, ularning har biri va o‘zaro
mos kelgan (o‘xshash bo‘lgan) yoki farq qiluvchi izlarning majmuasiga
sifat jihatdan baho beriladi. Bunda baholash harakatlari muayyan ketma-
ketlikda, ya’ni umumiy belgilardan xususiy belgilarga o‘tish tartibida
amalga oshirilishi lozim.
Umumiy belgilar majmuasini o‘zaro mos kelmasligi (o‘xshash
bo‘lmasligi) aynanlik haqida salbiy, ya’ni aynanlik yo‘q deb xulosa
274
chiqarishga yetarli bo‘ladi. Masalan, tekshirilayotgan qurol stvoli
kanalining yeyilish darajasini ifodalovchi umumiy belgilarni baholashda,
tadqiqotga taqdim etilgan o‘qlar kuchli yeyilishga uchragan quroldan
otilganligi, eksperimentdan olingan namuna o‘qlar esa o‘rtacha yeyilgan
qurol stvoli kanalidan otilganligi aniqlangan bo‘lsa,
u holda
tekshirilayotgan o‘q tadqiqotga taqdim etilgan quroldan otilmagan deb
xulosa chiqarish mumkin.
Aynanlik mavjud deb xulosa chiqarish uchun, individual
(takrorlanmas) majmuani tashkil etuvchi belgilarning o‘zaro mos kelishi
talab etiladi, undan tashqari, ushbu majmua boshqa nusxadagi quroldan
otilgan o‘qlardagi izlarda umuman takrorlanmasligi shart.
O‘zaro mos kelmaganligini tushuntirish (izohlash) talab etiladigan
xususiy belgilarni baholash jarayonida muayyan qiyinchiliklar tug‘ilishi
mumkin. Ma’lumki, bir quroldan otilgan ikki o‘qdagi izlar
u yoki bu
darajada o‘zaro farq qiladi. Shuning uchun, ushbu farqlarning ahamiyati
darajasini, ular boshqa qurol stvolining kanalini ifodalovchi belgilar
majmuasini tashkil etishi yoki izlarning
oddiy variatsiyaliligini
ifodalashini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Otilgan o‘qlarda izlarning o‘zaro farq qilishi bir qator sabablar
natijasida vujudga kelishi mumkin. Ularning ayrimlari patronlarning
turlicha xususiyatlari yoki hodisa joyida va eksperiment jarayonida
turlicha bo‘lgan o‘q otilishi sharoitlari bilan ifodalansa,
boshqalari
⎯
qurol stvoli kanalining yeyilishi, korroziyaga uchrashi va hokazolar bilan
izohlanishi mumkin.
Agar aniqlangan farqlar yuqorida ko‘rsatilgan sabablar oqibatida
vujudga kelgan bo‘lsa, ularni kam ahamiyatli farqlar deb hisoblash
mumkin. Ammo, bu kabi xulosa chiqarish uchun, individual majmua
tashkil qiladigan belgilar kompleksi mos kelishi (o‘xshash bo‘lishi) shart.
Agar farqlarning kelib chiqish mexanizmi na qurolning holati
(qurolni noto‘g‘ri saqlash, ko‘p ishlatish) va na o‘q otilishining hodisa
joyidagi va eksperimentlar jarayonidagi turlicha sharoitlar bilan
izohlashning imkoni bo‘lmasa, ular ahamiyatli deb hisoblanadi.
Ayniyat yo‘qligi to‘g‘risidagi xulosa
⎯
narezlar maydonlari,
narezlar va gaz chiqish tuynuklarining barcha izlaridagi chiziqlarning
barqaror farqlarida ifodalangan umumiy belgilarning o‘zaro mos
kelmasligi yoki umumiy belgilar mos kelgan bo‘lsa ham, xususiy
belgilar mos kelmagan (atipik) hollarda berilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: