271
narezlarning jangovar va bo‘sh qirralari akslarida joylashgan chiziqlarga
alohida e’tibor qaratish lozim.
Taqqoslash tadqiqotlari
ekspertiza tadqiqotlarining muhim qismi
hisoblanadi. Ushbu tadqiqotlarni boshlashdan
oldin ekspertda
tekshirilayotgan qurolning otilgan o‘qlarda aks etgan belgilari,
shuningdek ushbu qurol stvol kanalining o‘ziga xos xususiyatlari haqida
ma’lumotlar mavjud bo‘ladi. Ushbu bosqichda ekspertlar optik texnika
(taqqoslovchi mikroskoplar)dan foydalanadilar.
Taqqoslash tadqiqotlari tadqiqotga taqdim etilgan
va eksperimentdan
olingan o‘qlardagi, tekshirilayotgan qurolning tuzilishiga oid
xususiyatlarini aks ettirgan umumiy belgilari (narezlar maydonlari
izlarining miqdori va yo‘nalishi, ushbu izlarning kengligi va og‘ish
burchagi)ni o‘zaro solishtirishdan boshlanadi. Ushbu umumiy
belgilarning o‘zaro mos kelishi tekshirilayotgan qurol stvoli kanalining
yeyilish darajasini aks ettiruvchi belgilarning solishtirish jarayonini
boshlash uchun asos bo‘ladi. Ushbu jarayonda tekshirilayotgan
qurol
stvoli kanali narezlari maydonlarining izlarida jangovar va bo‘sh
qirralarning belgilari aks etganligi hamda ularning o‘ziga xos
xususiyatlari aniqlanadi; solishtirilayotgan o‘qlarda, qurol stvoli kanali
bilan ta’sirlashmagan sohalarning mavjudligi (mavjud emasligi), bunday
sohalarning o‘zaro joylashishi (narezlar
maydonlari izlar orasida
joylashganmi yoki ushbu izlarning o‘zida joylashganmi); birlamchi va
ikkilamchi izlarning boshlanishidagi chiziqlarning xususiyatlari
solishtiriladi hamda jangovar qirra aksining konturi o‘rganiladi.
Ushbu belgilarning o‘zaro mos kelishi (o‘xshashligi) aniqlanganidan
so‘ng, tadqiqotga taqdim etilgan va tajribadan olingan o‘qlardagi
umumiy belgilari o‘zaro o‘xshash bo‘lgan
belgilarning xususiy
alomatlari bo‘yicha o‘xshashligini aniqlash uchun tadqiqotlar jarayoni
boshlanadi. Bu maqsadda quyidagi xususiy belgilardan foydalaniladi:
⎯
birlamchi yoki ikkilamchi izlarning biridagi chiziqlarning
boshqa
izlardagi chiziqlarga nisbatan ifodalanganlik darajasi va o‘lchamlari;
⎯
narezlar maydonlari jangovar qirralari aksining yon tomondan
ko‘rinishi. Agar tadqiqotga ko‘p sonli otilgan o‘qlar keltirilgan bo‘lsa,
kerakli izlarni izlab topish uchun aynan shu belgi eng samarali
hisoblanadi;
⎯
har bir narez maydoni izining kengligi. Ushbu belgi bir narez
maydoni izining kengligi boshqa maydonlar izlari kengligidan 0,08
mm
va undan kattaroq o‘lchamda farq qilganida, ahamiyatga ega bo‘ladi;
272
⎯
narezlarning alohida birlamchi izlarining o‘lchami.
Ushbu
belgidan eksperimentdan olingan namuna o‘qlarni tadqiq etishda bitta
yoki ikkita birlamchi izlarning kengligida sezilarli farq bo‘lganida
foydalaniladi;
⎯
gaz chiqish tuynugining izlari.
Tadqiqotlar jarayonida kerakli izlarni
qidirib topish va ularni
umumiy belgilari bo‘yicha o‘zaro solishtirish uchun taqqoslanayotgan
o‘qlarning yetakchi qismlarini fotografik
yoyilmasidan foydalanish
tavsiya etiladi. Fotografik yoyilmalarni o‘zaro solishtirish (yonma-yon
tushirish) orqali izlardagi chiziqlarning o‘zaro joylashishi va kengligi
hamda ifodalanganlik darajasi bo‘yicha o‘zaro o‘xshashligi (farqi)
aniqlanadi.
Tekshirilayotgan kerakli izlarni imkoniyat darajasida aniqlab olib,
narezlar maydonlarining birlamchi va ikkilamchi izlaridagi hamda
narezlar tubining izlaridagi chiziqlarni o‘zaro solishtirishga o‘tiladi (
51-
rasm
). Buning uchun taqqoslovchi mikroskop (MSK–1, MSK–2,
«Peleng» va boshqalar)dan foydalaniladi.
51-rasm.
Dostları ilə paylaş: