68
Ov miltiqlarida tepkilar stvol qutisida yoki qulfda joylashadi.
Qulfning asosiy qismlari:
qulf taxtasi, tepki, jangovar prujina, bo‘yincha,
sheptalo, sheptaloning prujinasi, jangovar lichinadir. Ov miltiqlarining
qulflari ichki va tashqi qismda joylashgan tepkili tuzilishlarga ega.
Tepkilarning joylashishiga qarab miltiqlar tepkili (tashqi tepkili) yoki
tepkisiz (ichki tepkili) deb ataladi.
Qo‘yib yuboruvchi mexanizm
.
O‘qotar qurolning qo‘yib
yuboruvchi
mexanizmi — bu o‘qotar qurolning o‘q otilishining boshlanishi va
tugashini boshqaradigan mexanizmidir.
Qo‘yib yuboruvchi mexanizm otish mexanizmini ko‘tarilgan holatda
ushlab turish va o‘q otilishida otish mexanizmining ko‘tarilgan
qismlarini qo‘yib yuborish uchun xizmat qiladi.
Ba’zi bir tepkili to‘pponcha va revolverlarda qo‘yib yuboruvchi
mexanizmining qismlari otish mexanizmini nafaqat ushlab turish yoki
qo‘yib yuborish, balki uni jangovar holatga qo‘yish uchun ham xizmat
qiladi. Bu prinsipda ishlovchi yopiq tepkili qurol o‘z–o‘zidan
o‘qlanuvchi, ochiq tepkili qurol esa ikki yoqlama harakatlanadigan o‘z–
o‘zidan o‘qlanuvchi qurol deb ataladi.
Qo‘yib yuborish mexanizmining asosiy tarkibiy qismlari: qo‘yib
yuboruvchi (qo‘yib
yuboruvchi ilmoq, qo‘yib yuboruvchi richag, qo‘yib
yuboruvchi tortgich) va sheptalo. Qo‘yib yuboruvchi mexanizmlarning
donalab o‘q otish, avtomatik (uzluksiz) va donalab o‘q otish uchun
mo‘ljallangan turlari mavjud.
Donalab o‘q otishga mo‘ljallangan qo‘yib yuboruvchi mexanizm.
Donalab o‘q otishga mo‘ljallangan qo‘yib yuboruvchi mexanizm —
shunday mexanizmki, unda qo‘yib yuboruvchi mexanizmning barcha
qismlaridan tashqari, alohida ajratgich, ya’ni qo‘yib yuborish ilmog‘ini
bosganda faqat bir marta o‘q otilishiga yo‘l qo‘yadigan maxsus qism
mavjud bo‘ladi. Ajratgich shu bilan birga belgilanmagan o‘q
otilishlaridan saqlagich vazifasini ham bajaradi.
Bu qism qurolning
harakatlanuvchi qismlari bilan qo‘shilgan turli qismlarida joylashishi
mumkin. Bunday turdagi qo‘yib yuboruvchi mexanizmli qurollarga
ko‘plab o‘zi o‘qlanuvchi to‘pponchalar (Browning, Webley, Borchardt–
luger «Parabellum» va boshqa to‘pponchalar) kiradi.
Avtomatik (uzluksiz) va donalab o‘q otishga mo‘ljallangan qo‘yib
yuboruvchi mexanizm.
Avtomatik (uzluksiz) va donalab o‘q otishga
mo‘ljallangan qo‘yib yuboruvchi
mexanizmlar otish turini
o‘zgartirgichga ega bo‘ladi. Bu o‘zgartirgich ajratgichni ishlatish yoki
69
ishlatmaslik vazifasini bajaradi, ya’ni qurolni donalab o‘q otishdan
avtomatik yoki aksincha o‘q otishga o‘tkazadi (9
mm
kalibrli APS –
Stechkin avtomatik to‘pponchasi).
Dostları ilə paylaş: