70
mexanizmi qismlarining ishlashiga xalal
bermaydi, shuning uchun
o‘qlangan qurolga mexanik ta’sir ko‘rsatilsa, o‘q otilib ketishi mumkin.
Ayrim o‘qotar qurollar otish mexanizmini ishlashdan saqlab turuvchi
saqlagichlar bilan ta’minlanadi va bu saqlagichlar ancha ishonchli
hisoblanadi. Ba’zi bir rusumdagi o‘qotar qurollar ikkita saqlagich bilan
ta’minlanadi, bunday saqlagichlar urish
va quyib yuboruvchi
mexanizmlarni ishlab ketishdan saqlaydi. Saqlagichlar avtomatik va
noavtomatik turlarga ajraladi.
Noavtomatik saqlagichlar.
Noavtomatik saqlagichlar — bu ularni
saqlovchi yoki jangovar holatga o‘tkazish uchun otuvchining maxsus
ta’sirini talab qiladigan saqlagichlardir.
Noavtomatik saqlagichlar quyidagi turlarga ajraladi:
1. Tuzilishiga ko‘ra bayroqsimon — ushbu mexanizmni boshqarish
uchun richagli aylanuvchi va chekali saqlagich. Ba’zan bayroqsimon
saqlagich to‘pponchani qismlarga ajratishda zatvor
ushlagichi vazifasini
bajarishi ham mumkin.
2. Tugmali, tugma orqali harakatga keltiriluvchi saqlagichlar.
Bundan tashqari, tasodifiy yoki ixtiyorsiz o‘q otilishlardan tepkini
saqlovchi holatga qo‘yib ham saqlanish mumkin.
Avtomatik saqlagichlar.
Avtomatik saqlagichlar ularni saqlovchi
yoki jangovar holatga o‘tkazish uchun otuvchining maxsus ta’sirini talab
qilmaydigan saqlagichlardir, chunki ularning ishlashi qurolning boshqa
qismlarining ishlashiga bog‘liq bo‘ladi.
Qurolning avtomatik saqlagichlarining turlari:
—
magazinli
, to‘pponcha dastasiga magazin kirgizilganda ishga
tushadigan, bunda o‘qotar qurolning magazini dastadan chiqarilganda,
qurolning o‘rish va quyib yuboruvchi mexanizmlari ishlamay qoladi,
magazin joyiga kiritilsa, bu mexanizmlar
saqlovchi holatdan chiqadi;
—
ramali
, to‘pponchani qo‘lda ushlaganda ishga tushadigan, bunday
saqlagichli qurollar dastasining orqa qismida turli shakldagi (asosan, to‘rt
burchak shaklda) bosiladigan moslama-saqlagich joylashadi va qurolni
qo‘lda ushlaganda
bu saqlagich bosilib, qurolning urish va quyib
yuborish mexanizmlari saqlovchi holatdan chiqadi.
Bundan tashqari, tasodifiy va ixtiyorsiz o‘q otilishlaridan
quyidagicha saqlanish mumkin. Tepkini avtomatik ravishda saqlovchi
holatga qo‘yish bilan, stvol kanalini noto‘liq yopishdagi ajratgich bilan,
qo‘yib yuboruvchi mexanizmning tuzilishiga ko‘ra (chunki ba’zi bir
mexanizmlar zatvorning oldingi holatidagina) ishlaydi.