O‘qotar qurol avtomatikasining tuzilish prinsipi va harakati.
O‘qotar qurol avtomatikasi
— o‘q otuvchining ishtirokisiz, porox
gazlarining energiyasi yordamida, qayta o‘qlash va navbatdagi o‘q
74
otilishini ta’minlovchi mexanizmlarning yig‘indisi. Avtomatik o‘qotar
qurollar avtomatikasining prinsipiga ko‘ra quyidagi uch asosiy guruhga
ajraladi:
— orqaga tepish prinsipida ishlovchi;
— o‘qlarni narezlarga ta’sirlashish energiyasi va ularning stvol
kanalida harakatlanishi oqibatida ishqalanishi prinsipida ishlovchi;
— gaz kamerasidan chiquvchi porox gazlaridan foydalanish
prinsipida ishlovchi.
Zatvorni orqaga tepishiga asoslangan tizimlar.
Bu tizimda, qurol
stvoli harakatsiz, uning kanali zatvor bilan yopiladi yoki zatvorning stvol
bilan bog‘lanishi zatvorni orqaga harakati boshlanishi bilan buziladi.
Boshqacha aytganda, avtomatikaning barcha mexanizmlarining ishlashi
stvol kanali o‘qining yo‘nalishi bo‘ylab harakati bilan bog‘liqdir.
Qurol stvolini zatvor bilan bog‘liqligining turiga ko‘ra quyidagilar
mavjud:
— ozod zatvorning orqaga tepishiga asoslangan;
— yarim ozod zatvorning orqaga tepishiga asoslangan;
— mustahkam birikkan ochilmaydigan zatvorning orqaga tepishiga
asoslangan.
Ozod zatvor o‘q otilish vaqtida stvol bilan birikmagan, balki
stvolning orqa qismiga prujina yordamida mahkam tutashgan bo‘ladi.
O‘q otilish vaqtida patronda turgan gilza tubi orqali porox gazlarining
ta’sirida orqaga erkin harakat olib, gilza bilan birga stvoldan ajraladi, bu
harakat jarayonida prujinani siqadi va gilzani quroldan chiqarib
tashlaydi. So‘ng qaytaruvchi prujinaning ta’sirida yana dastlabki holatiga
qaytadi. Agar qurol magazinli bo‘lsa, zatvor dastlabki holatga qaytishida
magazindan patron oladi va uni patrondonga jo‘natadi. Avtomatikaning
ana shu turi avtomatik to‘pponchalarda juda keng tarqalgan.
Stvolning orqaga tepishiga asoslangan tizim.
Bu tizim stvollarning
harkatlanuvchanligiga asoslangan. O‘q otilish vaqtida stvol zatvor bilan
mahkam birikkan va yaxlit harakatlanuvchi tizim — stvol–zatvorni
tashkil etadi. Porox gazlarining bosimi zatvor stvol bilan mahkam
birikkani uchun stvol–zatvor tizimini, o‘q harakatiga qarshi yo‘nalishda
harakatga keltiradi. Porox gazlarining ta’siri davom etar ekan, stvol–
zatvor tizimining harakati ortib boradi, keyin esa inersiya tufayli davom
etadi. So‘ngra maxsus mexanizm yordamida stvol va zatvorning ajralishi
yuz beradi va ular bir–biriga bog‘liq bo‘lmagan holda harakatlanadi.
Stvolning orqaga tepishiga asoslangan qurollar stvolning uzun yurishi va
qisqa yurishiga asoslangan tizimlarga ajraladi.
75
Stvolning uzun yurishiga asoslangan tizimlar.
Bu tizimning
xarakterli tomoni shundaki, zatvor stvol bilan birga u orqaga to‘liq yurish
uzunligi bo‘ylab ajralmasdan harakatlanadi. Eng orqa holatda zatvor
ushlanib qoladi, stvol esa dastlabki holatga qaytadi. Zatvorning stvoldan
ajralishi, stvolning dastlabki holatga qaytishining boshlanishida yuz
beradi, keyin zatvor ham oldinga harakatlanadi (masalan, Frommer
«Stop» to‘pponchasi shu tizimda ishlaydi).
Stvolning qisqa yurishiga asoslangan tizimlar.
Bu tizimning
xarakterli tomoni shundaki, zatvor stvol bilan birga u orqaga to‘liq yurish
uzunligi bo‘ylab emas, balki ma’lum bir masofagacha ajralmasdan
harakatlanadi. Keyin zatvorning stvoldan ajralishi yuz beradi, undan
keyin zatvor va stvol o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan holda harakatlanadi.
Shunga bog‘liq ravishda bu tizim ikki guruhga ajraladi:
Zatvorning orqaga qisqa yurishida, zatvor va stvolning orqaga
tepishi va stvolni zatvor bilan dastlabki holatga qaytishi. Bu holda stvol
zatvor bilan ajralgandan keyin ma’lum masofani bosib o‘tgandan so‘ng
ushlanib qoladi, zatvor harakatini davom ettiradi. Keyin zatvor harakatini
o‘zgartiradi va patrondonga patron jo‘natadi, stvol bilan birikadi hamda
dastlabki holatga qaytadi. Bunga misol: 7,62
mm
kalibrli TT, 1935-yil
namunali 9
mm
kalibrli Browning, 1911-yil namunali 11,43
mm
kalibrli
Colt to‘pponchalari va boshqalar.
Stvolning orqaga qisqa yurishida, zatvor va stvolning orqaga tepishi
va stvolning zatvor bilan ajralishidan keyin darhol dastlabki holatga
qaytishi. Bu holda stvol zatvor bilan ajralib ma’lum masofani bosib
o‘tgandan so‘ng darhol dastlabki holatga qaytadi, bu vaqtda esa zatvor
harakatini davom ettiradi va stvolga bog‘liq bo‘lmagan holda dastlabki
holatga qaytadi. Bunga misol: Borchardt–luger «Parabellum»
to‘pponchalari va boshqalar.
O‘qlarni narezlarga ta’sirlashishi energiyasi va ularning stvol
kanalida harakatlanishi oqibatida ishqalanishi prinsipida ishlovchi
tizimlar.
Bu tizimda bevosita harakatlanuvchi o‘qning energiyasidan
foydalaniladi. Chunki stvolga ta’sir qiluvchi kuchning bo‘ylama tashkil
etuvchisi, agar stvol zatvor bilan birikmagan bo‘lsa, stvolni oldinga
harakatlantirish uchun yetarlidir. Bu tizimning xususiyatlari: o‘qning
uchish yo‘nalishi tomonga harakatlanuvchi stvol, zatvor stvol bilan
birikmagan. O‘qning stvol kanalida haraktlanishi vaqtida ishqalanish
kuchining tashkil etuvchisi va narezlarning yon qirrasiga berilayotgan
bosim, zatvorga muayyan tezlik (hatto o‘qning uchib chiqishiga yetarli
bo‘lgan) berish uchun yetarli kattalikka ega bo‘ladi. Bunda gilza chiqarib
76
tashlanadi va qaytaruvchi prujina siqiladi. O‘q stvoldan chiqib
ketganidan keyin zatvor qaytaruvchi prujina yordamida dastlabki
holatiga qaytadi va patrondonga patron jo‘natadi (Mannlicher
to‘pponchasi).
Gaz kamerasidan chiqariluvchi porox gazlaridan foydalanish
prinsipida ishlovchi tizimlar.
Bu tizimda porox gazlarining energiyasidan
foydalaniladi. Bu tizimning ishlash prinsipini Kalashnikov avtomati
misolida ko‘rib chiqamiz. Gaz kamerasi stvoldagi porox gazlarini zatvor
ramasining gaz porsheniga jo‘natish uchun xizmat qiladi. Gaz kamerasi
gaz porsheni uchun kanallari hamda porox gazlari chiqib ketishi uchun
tuynuklari bo‘lgan patrubkaga va og‘ma gaz chiqish tuynuklariga ega.
O‘q porox gazlari ta’sirida stvol kanalida harakat qiladi. O‘q gaz
kamerasining gaz chiqish tuynugidan o‘tishi bilan, gaz porsheni bosiladi
va zatvor ramasi orqaga ketadi. Zatvor ramasi orqaga ketishida (xuddi
uni dastasidan ushlab orqaga tortilishi kabi) o‘zining oldingi qiya qismi
bilan zatvorni bo‘ylama o‘q atrofida aylantiradi va zatvorning jangovar
qirralarini stvol qutisining jangovar tayanchlaridan chiqaradi — zatvorni
orqaga surish va stvol kanalini ochish jarayoni yuz beradi. Zatvor
ramasining qirrasi avtotepkining richagini ozod qiladi, bu richag prujina
ta’sirida sal yuqoriga ko‘tariladi, avtotepkining sheptalosi esa tepkining
oldingi tekisligiga yopishadi. Bu vaqtga kelib o‘q stvol kanalidan chiqib
ketadi. Porox gazlarining o‘qning orqasidan harakatlangan bir qismi
kompensatorning kompensatsion kamerasiga tushadi, natijada
kompensatorda ortiqcha bosim vujudga keladi, avtomatning og‘zi,
avtomatdan avtomatik o‘q otishdagi o‘qlarning sochilishini kamaytirib
pastki chap tomonga og‘adi.
Zatvor ramasi zatvor bilan birga inersiya tufayli orqaga harakat
qilishda davom etadi. Chiqarib tashlagichning ilgagi bilan ushlab turilgan
gilza, stvol qutisining qaytargichi bilan to‘qnashadi va tashqariga
chiqarib tashlanadi. Keyinchalik tepki va sekinlatuvchidan boshqa
barcha qismlar va mexanizmlarning ishlashi xuddi o‘qlanish jarayoni
bilan bir xil kechadi. Zatvor ramasini zatvor bilan oldingi holatga
qaytishida tepki avtotepkining sheptalosida ushlanib qoladi. So‘ng zatvor
magazindagi yuqorida joylashgan patronni patrondonga jo‘natganidan va
stvol kanali hamda zatvor yopiladi. Zatvor ramasi oldinga harakat
qilishda davom etib, avtotepkining sheptalosini tepkining avtotepki
holatidan chiqaradi. Tepki jangovar prujina ta’sirida aylanadi va
tepkining sekinlatuvchi ilmog‘iga uradi. Sekinlatuvchi tepkining
zarbasiga oldingi qirrani to‘g‘rilab orqaga buriladi. Burilishlar natijasida
77
tepkining oldinga harakati biroz sekinlashadi va bu bilan otilishlarning
g‘ujligi ortadi. Tepki sekinlatuvchiga urilgandan keyin urgichga uriladi.
O‘q otilishi yuz beradi. Avtomatning qism va mexanizmlarining ishlashi
qaytariladi. Qo‘yib yuborish ilmog‘i qo‘yib yuborilmaguna va
magazinda patron tugamagunga qadar avtomatik o‘q otilishi davom
etaveradi.
Dostları ilə paylaş: |