78
4-BOB.
JANGOVAR O‘Q-DORILAR
1-§. Jangovar o‘q-dorilar tushunchasi
va tasniflanishi
Jangovar o‘q-dorilar
deb, umuman, dushmanning jonli kuchlari va
jangovar
texnikasiga zarar yetkazuvchi, jonvorlarni shikastlovchi,
inshootlarni buzishga mo‘ljallangan jismlarga aytiladi. Jangovar o‘q-
dorilar o‘zining belgilangan maqsadiga ko‘ra har xil tuzilishga ega
bo‘ladi. Jangovar o‘q-dorilarning ayrimlari o‘qotar qurol ishlatishni
o‘rgatishda
foydalanish, o‘q otilishini immitatsiya qilish, turli
signallar
berish uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, ayrimlari turli nishonlarga shikast
yetkazishga mo‘ljallangan bo‘ladi. O‘qotar qurollar patronlarining turli
maqsadga mo‘ljallanganligi, ularning hammasini ham jangovar o‘q-
dorilar turkumiga kiritish imkonini bermaydi.
Jangovar o‘q-dorilarning asosiy qismining harakati portlovchi
moddalarning yonishidan hosil bo‘lgan energiyadan foydalanishga
asoslangan. Tor ma’noda esa jangovar o‘qotar qurollarning o‘q-dorilari
deb zavodda yoki qo‘lbola usulda yasalgan patronlarga aytiladi.
Yuqorida ta’kidlanganlardan, jangovar o‘q-dorilar turkumiga
kiruvchi patronlar quyidagi belgilar majmuasiga ega bo‘lishi kerak,
degan xulosa kelib chiqadi:
⎯
nishonga shikast yetkazish uchun mo‘ljallanganligi. Nishonga
shikast
yetkazish deganda
⎯
otilgan snaryad bilan nishonni oldingi
mo‘ljallangan maqsadini to‘liq yoki qisman yo‘qotadigan darajadagi
ta’siri
tushuniladi;
⎯
patronning, nishonni shikastlashning aniq imkonini beradigan
tuzilishga ega bo‘lishi;
⎯
snaryadlarning otilishi uchun porox zaradining energiyasidan
foydalanish;
⎯
bir martalik ishlatilishi.
Yuqoridagilardan o‘quv-mashq, bo‘sh, signal beruvchi, gaz,
yorituvchi,
qurilish-montaj va boshqa, yuqorida ta’kidlangan belgilar
majmuasining birortasiga ega bo‘lmagan patronlarni jangovar o‘q-dorilar
turkumiga kiritib bo‘lmaydi. Aynan shu asosga ko‘ra, patronlarning
79
alohida tarkibiy qismlari (otilgan o‘q va gilza) jangovar o‘q-dori
hisoblanmaydi.
O‘qotar qurollarning patronlari turli asoslarga ko‘ra tasniflanadi:
1. Tuzilishiga ko‘ra: unitar (gilza yordamida o‘q, porox zaradi va
yondiruvchi–kapsyul birlashtirilgan patronlar); nounitar (snaryad
gilzadan alohida); gilzasiz.
2. Yondiruvchi tarkibining joylashishiga ko‘ra: markaziy
yondiruvchi; halqali yondiruvchi; yonbosh yondiruvchi.
3. Foydalaniladigan qurolning mo‘ljallangan maqsadiga ko‘ra:
jangovar
qurollar uchun; jangovar; bo‘sh; o‘quv-mashq; sport-mashq;
namuna (yuqori bosimli); ov qurollari uchun; sport qurollari uchun.
4. Qurol turiga ko‘ra: to‘pponchalar uchun; revolverlar uchun; oraliq
(avtomatlar uchun); vintovkalar uchun; miltiqlar uchun.
5. Foydalaniladigan qurollarga nisbatan:
⎯
shtatli patronlar; o‘rinbosar patronlar.
6. Kalibriga ko‘ra: kichik kalibrli (6,5
mm
gacha); o‘rta kalibrli (6,5–
9
mmgacha
); yirik kalibrli (9–14,5
mmgacha
).
7. Foydalanilgan qurolning stvol kanalining turiga ko‘ra: narezli
qurollar uchun; silliq stvolli qurollar uchun.
8. Tayyorlanish usuliga ko‘ra:
zavodda yasalgan; qo‘lbola usulda
yasalgan; o‘zgartirilgan.
Dostları ilə paylaş: