134
obyektni shikastlash imkoniyatini aniqlash zarurati tug‘ilib qoladi.
Demak, o‘qotar quroldan nishonga olib o‘q otish
va otilgan snaryadning
obyektga nisbatan ta’siri alohida o‘rganiladigan mustaqil vazifadir.
Barcha standart o‘qotar qurollarning nishonga olib o‘q otish uchun
yaroqli deb hisoblash qabul qilingan. Shuning uchun, nishonga olib o‘q
otish imkoniyatini, qo‘lbola usulda yasalgan yoki stvoli qisqartirilganda
(o‘zgartirilganda) nishonga olish moslamalari quroldan olib tashlangan
o‘zgartirilgan o‘qotar qurollarni tadqiq etishda tekshirish kerak bo‘ladi.
Bu vazifani, standart quroldan noshtat patron otilganda, standart
quroldan bu qurol uchun belgilangan masofadan katta masofada o‘q
otilganda, shuningdek, otilgan o‘qdan rikoshet natijasida shikast
yetkazilgan ham hollarda hal etish talab etiladi.
Haqiqatan ham, standart
quroldan, uning kalibridan kichik kalibrli patronlar bilan otishda, otilgan
o‘q (snaryad)ning trayektoriyasi, shtatli patronlar ishlatilganda otilgan
o‘qning trayektoriyasidan sal qisqaroq bo‘ladi. Shunga o‘xshash standart
quroldan, uning doimiy mo‘ljalga olish masofasidan kattaroq masofadan
o‘q otilganda ham, nishonga olish imkoniyati ancha kamayadi.
Yuqorida
ta’kidlangan holatlarda nishonga olib o‘q otish istisno qilinmagan,
ammo, bunday o‘q otish uchun foydalanilgan qurolning ballistik
xususiyatlariga mos emas. Shuning uchun, o‘qotar quroldan, uning
ishlatilishining muayyan sharoitlarida nishonga olib o‘q otish
imkoniyatini aniqlash zarur bo‘ladi.
Bu masalaga bag‘ishlangan ko‘pgina adabiyotlarda quroldan
nishonga olib o‘q otishlar imkoniyatini aniqlash metodikasi faqatgina
o‘qlarning uchish trayektoriyasini hisobga olingan, ammo, kriminalistik
amaliyotda sochma o‘q bilan otuvchi miltiqlar va qirqma miltiqlar
tekshiriladi. Sochma o‘q bilan otishda bunday o‘qlar sochilib ketadi, o‘q
(snaryad) bilan otishga mo‘ljallangan o‘qotar qurol esa otish g‘ujligiga
ega bo‘ladi. Binobarin, nishonga o‘qlar bilan hamda sochma o‘qlar bilan
nishonga olib o‘q otish imkoniyatini aniqlash birdek kriminalistik
axamiyatga ega.
Nishonga tegish ehtimolligi ikki shartga bog‘liq: snaryadlarning
sochilish maydoni bilan nishon o‘lchamlari orasidagi nisbat; nishonga
tegish markaziy nuqtasining nishonning markaziga nisbatan joylashishi.
Ikkinchi shart kriminalistikada hisobga olinmasa ham bo‘ladi, chunki,
qurolni ishlatgan shaxs ushbu qurolning xususiyatlarini, jumladan,
quroldan otilgan o‘qning o‘z yo‘nalishidan og‘ishi, nishonga tegish
markaziy nuqtasining nishon markazidan chetlashi darajasini yaxshi
135
bilishi mumkin. Standart o‘qotar qurollar uchun nishonga tegish
ehtimolligini, nishonning maydonini o‘qlarning sochilish maydonining
markazi bilan solishtirib aniqlanadi.
O‘qlarning sochilish maydonining markazi deyilganda, nishonda har
biriga 70 % o‘q tegishi mos keladigan tik (vertikal) va yotiq (gorizontal)
markaziy hoshiyalarning kesishishi natijasida vujudga keladigan to‘g‘ri
to‘rt burchak sohani tushunish kerak.
Shunday qilib, o‘qlar sochilish maydonining markazi o‘ziga o‘q tegi-
shining yarmidan ko‘prog‘ini qamrab oladi (0,7 X 0,7 = 0,49 yoki 50 %).
Otilgan o‘qning nishonga tegish ehtimolligi o‘qlarning sochilish
maydonining markazi va nishonning maydoniga to‘g‘ri proporsianal
hamda o‘ziga 50 % o‘q tegish doirasi radiusining kvadratiga teskari
proporsional bo‘ladi.
O‘qotar quroldan nishonga olib o‘q otishlar imkoniyati tadqiq
qilinayotgan qurolning sochilish radiusi (quroldan otilgan o‘qlarning
sochilish radiusini)ni standart namuna-o‘qotar qurolning sochilish
radiusi
bilan mos kelmasligi bilan emas, balki, tekshirilayotgan quroldan
ma’lum masofadan otilgan o‘qlarning sochilish maydoni radiusi bilan
nishonning o‘lchamlari orasidagi nisbatdan aniqlanishi lozim. Muayyan
o‘qotar quroldan ma’lum masofadan otilgan o‘qlarning sochilish
maydoni radiusi odamning ko‘krak qafasi kengligidan ikki marta kichik
bo‘lishi mumkin. O‘qlarning sochilish radiusi ortishi bilan, nishonga
tegish ehtimolligi kamayadi, sochma o‘qlarning sochilish radiusi ortishi
bilan esa sochmalarning tegish ehtimolligi ham ortadi. Sochma o‘qlar
bilan nishonga olib
otish imkoniyatini aniqlashda, bir vaqtning o‘zida
ham har bir otilishda sochma o‘qlarning sochilish radiusini, ham bir
stvoldan otilgan sochma o‘qlar yetkazgan bir necha shikastlarining
markazlari radiusini hisobga olish kerak. Tabiiyki, sochma o‘qlar
yetkazgan shikastlar markazining radiusi, agar, sochma o‘qlar zaradining
bir qismi nishonni shikastlagan bo‘lsa, o‘q tegishlarning sochilish
radiusidan bir sochma o‘q shikasti kattaligi miqdorida katta bo‘lishi
mumkin.
Berilgan o‘qotar
quroldan belgilangan masofadan, nishonga olib
yoki mo‘ljallab o‘q otish imkoniyatini aniqlash uchun o‘qning nishonga
tegishining sochilish radiusini hamda uning nishon kengligining yarmiga
nisbatini aniqlash kerak, ya’ni nishon kengligini taxminan 50
Dostları ilə paylaş: