142
adabiyotlardagi, kolleksiyalardagi rusumi va turini ma’lum bo‘lgan
qurollarning tarkibiy qismlari bilan solishtirish kerak bo‘ladi. Agar
taqdim etilgan alohida tarkibiy qismlarda birorta xususiy belgi,
markirovka belgilari mavjud bo‘lsa, u holda qurolning
turi va rusumigina
emas, ishlatilgan qurolning aniq nusxalarini ham aniqlash mumkin. Bu
holda ba’zida ayrim qurollarning tarkibiy qismlarida turlicha nomer va
markirovka belgilari bo‘lishi mumkinligini esdan chiqarmaslik zarur.
Chunki, jinoyatchilar qurollarning ayrim tarkibiy qismlarini almashtirib
quyishlari mumkin.
Agar ekspertizada hodisa sodir bo‘lgan joyda ishlatilgan qurolning
o‘zi ham aniqlangan bo‘lsa, tadqiqotga taqdim etilgan alohida tarkibiy
qism — detalning aynan shu qurolning o‘ziga tegishli ekanligini aniqlash
uncha qiyin emas.
Jinoyatchilar qurol yoki uning alohida tarkibiy qismlaridagi
nomerlar yoki markirovka belgilarini o‘chirib tashlagan bo‘lsa, u holda
ushbu yozuv, nomer va markirovka belgilarini
kerakli eksperimentlar
o‘tkazib, aniqlash mumkin.
Quroldagi yozuvlar va nomerlar ko‘pincha, jinoyat izlarini yashirish,
qurolning kelib chiqishini berkitish maqsadida o‘chiriladi. Qurollardagi
yozuvlar va markirovka belgilari yozuvlar joylashgan sohani egovlash,
qum qog‘oz bilan yemirish, kimyoviy yemirish, kernlash yordamida
o‘yib tashlash va boshqa usullarda amalga oshiriladi.
O‘chirilgan nomer va markirovka belgilarini aniqlashning bir necha
usullari mavjud bo‘lib, ularning deyarli
barchasi qurol metallining
nomerlar o‘yilgan sohasi, atrofdagi metallga qaraganda kattaroq
zichlikka ega bo‘lishiga asoslanadi. Ushbu usullar kimyoviy va
elektrokimyoviy usullar deb ataladi.
Boshqa usullarga nisbatan soddaroq va ishonchliroq bo‘lgan
usullardan biri bu kimyoviy yemirish usulidir. Bunda tekshirilayotgan
soha qum qog‘oz
bilan sayqallanadi, keyin efir shimdirilgan tampon
bilan moysizlantiriladi. Undan keyin tekshirilayotan soha balandligi 5–6
mm
parafin devor bilan o‘raladi. Shu tariqa hosil qilingan vannachaga
tarkibi quyidagicha bo‘lgan eritma quyiladi:
— bir qism azot kislotasi;
— bir qism sirka kislotasi;
— ikki qism 96 gradusli etil spirti.
Ushbu eritma metallni yemiradi va tekshirilayotgan hududdagi
nomer yoki yozuv ko‘rinib qoladi. Agar nomer ko‘rinmasa, yana
qaytadan yuqoridagi eritmani quyish lozim bo‘ladi.
143
Qurolning nomer va markirovka belgilari o‘yib yozilgani va ular
ma’lum bir chuqurlikka ega bo‘lgani uchun, biz quyidagi juda oson
usulni taklif qilmoqchimiz. Odatda, jinoyatchilar quroldagi nomerlar,
yozuvlar va markirovka belgilarini o‘chirganida, belgilarni ustidan urib,
egovlab, charxlab yuboradilar. Lekin belgilar va yozuvlarning butun
chuqurligi bo‘yicha urib yoki o‘chirib yuborishga muvaffaq bo‘la
olmaydilar. Shuning
uchun ana shu urilgan, egovlangan va charxlab
o‘chirilgan harflarning ustidagi qatlam oddiy qum qog‘oz yordamida olib
tashlansa, yozuvlarning mexanik yoki kimyoviy ta’sirga uchramagan
qismi ko‘rinishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: