148
O‘qning qo‘rg‘oshin tubida silindrsimon porox donalarining aksi
ifodalanadi, plastinasimon porox donalarining aksi unchalik
yaxshi
ifodalanmaydi.
9-§. Turli o‘qotar qurollardan qo‘yib yuboruvchi ilmoqni
bosmasdan o‘q otilishi ehtimoli
Turli vintovka va karabinlardan qo‘yib yuboruvchi ilmoqni
bosmasdan o‘q otilishi ehtimollari.
Turli rusumdagi vintovka va
karabinlardan qo‘yib yuboruvchi ilmoqni bosmasdan o‘q otilishi ikki
turga bo‘linadi:
a) zatvor tepkisining jangovar holatda turganda yuz
beradigan
otilishlar;
b) zatvor tepkisi oldingi holatda turganda va urgich patronning
kapsyuliga tegib turganda yuz beradigan otilishlar.
Barcha rusumdagi vintovka va karabinlardan qo‘yib yuboruvchi
ilmoqni bosmasdan o‘q otilishlari, ularning patrondonida patron
bo‘lgandagina yuz beradi.
Zatvor tepkisi jangovar holatda turganda yuz beradigan otilishlar.
Yangi, hali ishlatilmagan vintovka va karabinlardan
zatvor tepkisi
jangovar holatda turganda qo‘yib yuboruvchi ilmoqni bosmasdan o‘q
otilishi ehtimoli juda kam. Bunday o‘q otilishi vintovka (karabin)ni katta
kuch bilan birorta qattiq buyumga urilishida yoki qurolni ancha
balandlikdan tushib ketishida yuz berishi mumkin. O‘q otilishining
asosiy sababi, qurol zatvori bilan stvol qutisi orasidagi ancha katta oraliq
masofaning mavjudligidir. Odatda, qo‘yib yuboruvchi ilmoqni bosmasdan
o‘q otilishi ishlatish natijasida turli qismlari yeyilib ketgan vintovka va
karabinlarda yuz beradi. Ishlatish natijasida bunday qurollarda quyidagi
qismlar yeyilishi mumkin: 1) qurol zatvorining tashqi sirti va stvol qutisi
ichki sirtining yeyilishi; 2) qo‘yib yuboruvchi prujina sheptalosining
yeyilishi; 3) qo‘yib yuboruvchi prujinaning egilib ketishi; 4) qo‘yib
yuboruvchi prujinaning kuchsizlanib qolishi; 5) jangovar qirraning yeyilishi;
6) jangovar prujinaning kuchsizlanib qolishi; 7) stvol
qutisi va stvol orqa
kesimi o‘lchamlarining o‘zgarib qolishi.
Ma’lumki, vintovka va karabinlarning tepkisi, bu tepki jangovar
qirrasining oldingi kesimi va sheptaloning orqa qirralarining o‘zaro
tayanib turishi hisobiga ko‘tarilgan (jangovar) holatda saqlanib turadi.
Qurolning ko‘p ishlatilishi natijasida sheptaloning va tepkining o‘tkir
burchakli qirralari o‘tmas burchak shakliga kelib qoladi, natijada bu ikki
149
qirra bir–biriga tayana olmaydi, buning hisobiga qurolning tepkisi
ko‘tarilgan
holatda saqlanib turmaydi, u biror ta’sir ostida joyidan siljib
chiqib ketadi va qurol urgichiga uriladi hamda o‘q otilishi yuz beradi.
Xuddi shu kabi jangovar prujinaning kuchsizlanishi natijasida ham ushbu
ikki qirra o‘zaro kuchsiz ta’sirlashadi va tepki ko‘tarilgan holatdan
chiqib ketadi.
Qurolning qo‘yib yuboruvchi prujinasining egilib ketishi,
kuchsizlanib qolishi, stvol qutisi va stvol orqa kesimi o‘lchamlarining
o‘zgarib qolishi natijasida esa uning zatvori bilan stvol qutisi orasidagi
masofa ortib ketadi, buning oqibatida qurolning zatvori o‘zining odatdagi
joyidan yuqoriroqqa ko‘tarilib qoladi va siljib ketishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: