147
500S gacha qizdirilgan distillangan suvda (10
ml
) ishlov beriladi. So‘ng
qolgan eritma 2 ml gacha bug‘lantiriladi. Qolgan erima bilan mos turdagi
kimyoviy reaksiyalar o‘tkaziladi.
Sulfatlarni aniqlash uchun tajribalar
xlorli bariy bilan o‘tkaziladi.
Buning uchun, tekshirilayotgan va xlorid kislota bilan aralashtirilgan
eritmaning ikki–uch tomchisiga xlorli bariyning bir tomchisi qo‘shiladi.
Agar eritmada sulfat bor bo‘lsa, kislotada erimaydigan
oq rangli qoldiq
vujudga keladi. Ushbu qoldiqni mikroskop ostida tekshirilganda, uning
«plus» shaklidagi mayda kristallardan iboratligi kuzatiladi.
Sulfidlarni aniqlash uchun tajribalar
quyidagicha o‘tkaziladi:
tekshirilayotgan eritmaning ikki–uch tomchisiga uch–besh tomchi
natriy
nitroprussidi qo‘shiladi. Agar eritmada sulfidlar bor bo‘lsa, u qizg‘ish–
safsar rangga kiradi.
Nitratlarni aniqlash uchun tajribalar
difenilamin
yoki besh foizli
sirka kislotasidagi 10 foizli nitron eritmasi bilan o‘tkaziladi. Agar
eritmada nitrat bor bo‘lsa, nitron nitratining oq rangli qoldig‘i hosil
bo‘ladi. Mikroskop ostida tekshirilganda, ushbu qoldiq igna
shaklidagi
kristallardan iboratligi kuzatiladi.
Dostları ilə paylaş: