Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik


-§. Poroxning pij, otilgan o‘q, sochma o‘q (kartech)dagi



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

8-§. Poroxning pij, otilgan o‘q, sochma o‘q (kartech)dagi 
 yonish qoldiqlaridan uning turini aniqlash 
Poroxning pij, otilgan o‘q, sochma o‘q yoki kartechdagi yonish 
qoldiqlaridan, ushbu poroxning turini aniqlash asosan, o‘q otilishi ov 
miltiqlaridan bajarilgan holatda kerak bo‘ladi, chunki ov miltiqlaridan 
o‘q otilishida ham tutunli ham tutunsiz porox ishlatilishi mumkin.
O‘q otilishi jarayonida, pij, otilgan o‘q va sochma o‘qlar yoki 
kartechlarda o‘q otilishidan hosil bo‘lgan qurumi o‘tirib qoladi. Shu 
qurum sulfatlar, sulfidlar, nitrat va nitritlar mavjudligini aniqlash 
maqsadida tekshirilishi mumkin. Buning uchun namat pijning bir qismi 


 147 
500S gacha qizdirilgan distillangan suvda (10 
ml
) ishlov beriladi. So‘ng 
qolgan eritma 2 ml gacha bug‘lantiriladi. Qolgan erima bilan mos turdagi 
kimyoviy reaksiyalar o‘tkaziladi. 
Sulfatlarni aniqlash uchun tajribalar 
xlorli bariy bilan o‘tkaziladi. 
Buning uchun, tekshirilayotgan va xlorid kislota bilan aralashtirilgan 
eritmaning ikki–uch tomchisiga xlorli bariyning bir tomchisi qo‘shiladi. 
Agar eritmada sulfat bor bo‘lsa, kislotada erimaydigan oq rangli qoldiq 
vujudga keladi. Ushbu qoldiqni mikroskop ostida tekshirilganda, uning 
«plus» shaklidagi mayda kristallardan iboratligi kuzatiladi. 
Sulfidlarni aniqlash uchun tajribalar 
quyidagicha o‘tkaziladi: 
tekshirilayotgan eritmaning ikki–uch tomchisiga uch–besh tomchi natriy 
nitroprussidi qo‘shiladi. Agar eritmada sulfidlar bor bo‘lsa, u qizg‘ish–
safsar rangga kiradi. 
Nitratlarni aniqlash uchun tajribalar 
difenilamin yoki besh foizli 
sirka kislotasidagi 10 foizli nitron eritmasi bilan o‘tkaziladi. Agar 
eritmada nitrat bor bo‘lsa, nitron nitratining oq rangli qoldig‘i hosil 
bo‘ladi. Mikroskop ostida tekshirilganda, ushbu qoldiq igna shaklidagi 
kristallardan iboratligi kuzatiladi. 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin