Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

sm 
deb 
olsak (odam ko‘krak qafasining oldi tomondan o‘rtacha kengligi), u 
holda nishon kengligining yarmini 25 
sm 
deb olish mumkin. 


 136 
Bir dona o‘qotar quroldan ko‘plab o‘q otilishida, otilgan o‘qlar 
trayektoriyalarining sochilib ketishi yoki turlicha bo‘lishi o‘q otish 
masofasi va patronlarning sifatiga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun 
quroldan nishonga olib otishlar imkoniyatini aniqlash uchun eksperiment 
o‘tkazishda barcha eksperimental o‘q otishlarni bir xil (bir partiya va 
seriyali) patronlar bilan bajarish, tajriba jarayonida otilgan o‘qlarga 
tashqi ta’sirlar (shamol, yomg‘ir va boshqalar) xalal bermasligi uchun 
eksperimentlarni yopiq binoda o‘tkazish, eksperiment jarayonida qurol 
mexanik siljish va tebranishlarga uchramasligi uchun maxsus qurilmaga 
mahkamlash tavsiya qilinadi. O‘q otishni yagona tik (vertikal) nishonga 
otish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu kabi eksperimentlar uchun uzunligi 
170 
sm,
kengligi 50 
sm
, yuzasi 65 
sm2
, tana koeffitsiyenti 76 bo‘lgan 
odam tanasi tasvirlangan nishon qo‘l keladi. 
Quroldagi nishonga olish moslamalarining bo‘lmasligi, ushbu 
quroldan nishonga olib o‘q otish imkoniyatini yo‘qqa chiqarmaydi. 
Stvolning yuqori qismidagi sayoz ariqchalar yoki stvol to‘g‘ri shaklining 
o‘zi qurolni nishonga mo‘ljallab yo‘naltirish uchun xizmat qiladi. 
O‘qlarning sochilish radiusini to‘g‘ri aniqlash uchun kerak 
bo‘ladigan eksperimental o‘q otishlar miqdorini olti martagacha 
yetkazish lozim, chunki, o‘q tegishlarining markaziy nuqtasini, o‘q 
tegishidan hosil bo‘lgan teshik yoki yoriqlarning simmetriyasini o‘rganib 
aniqlanadi. Tik nishondagi markaziy nuqtani grafik yoki hisoblash 
usullarida aniqlash mumkin. Eng oddiy grafik usul — o‘q sochilish 
chiziqlarining kesishish nuqtasini aniqlashdir. Buning uchun nishonda, 
yuqorigi uch dona o‘q tegishidan shikastlangan nuqtadan quyida 
joylashgan uchtasini gorizontal to‘g‘ri chiziq bilan, o‘ngda joylashgan 
uch dona shikastlardan chapdagi uchta shikastni vertikal to‘g‘ri chiziq 
bilan ajratiladi. Ushbu o‘zaro perpendikular o‘q chiziqlarning kesishish 
nuqtasi o‘q tegishlarining markaziy nuqtasi deb hisoblanadi. 
Boshqa grafik usul biror buyumni og‘irlik markazini aniqlashdagi 
kabi nishonni yoki uning nusxasini qismlarga ajratib kesishdan iborat. 
O‘qlarning sochilish markazini aniqroq darajada o‘rganish uchun bir 
necha o‘lchashlarning o‘rtacha qiymatini hisoblab aniqlanadi. Buning 
uchun nishonda o‘q tegishidan vujudga kelgan shikastning chap 
tomonida va uning ostida ikkita o‘zaro perpendikular — gorizontal (1) va 
vertikal (2) chiziqlar o‘tkaziladi. Har bir shikastdan gorizontal chiziq 
(1)qacha bo‘lgan va o‘lchashlar yordamida aniqlangan eng qisqa 
masofalarning yig‘indisini shikastlarning miqdoriga bo‘linadi. Ushbu 


 137 
olingan o‘rtacha qiymat (X)ga teng masofada, gorizontal chiziqning tepa 
qismidan, bu chiziqqa parallel chiziq (1`) o‘tkaziladi. Xuddi yuqoridagi 
kabi, har bir shikastdan vertikal chiziq (2)qacha bo‘lgan eng qisqa 
masofa aniqlanadi va ularning ham o‘rtacha qiymati (Y) chiqariladi. 
Ushbu o‘rtacha qiymat (Y)ga teng masofada, vertikal chiziqdan o‘ng 
tomonda, unga parallel chiziq (2`) tortiladi. Ushbu ikki yangi chiziq (1`) 
va (2`) larning kesishgan joyi sochilish markazi yoki o‘q tegishining 
markaziy nuqtasi deb olinadi. 
Yuqorida aytilgan usullarning biri yordamida aniqlangan 
trayektoriyalarning sochilish markazi, o‘zidan eng uzoq joylashgan 
shikast bilan tutashtiriladi. Ushbu masofa sochilish radiusiga mos keladi, 
chunki, ushbu radius hosil qilgan aylananing ichida barcha o‘q 
tegishidan hosil bo‘lgan shikastlar joylashgan.
Muayyan bir masofadan o‘q otilishida, o‘q tegishlarining nishon 
kengligidan katta bo‘lgan sochilish radiusi, ushbu masofa yoki undan 
uzoqroq masofada berilgan quroldan nishonga olib o‘q otish 
imkoniyatini inkor qiladi. Shuning uchun, o‘q otilishlarining shunday 
masofasini tanlash kerakki, bu masofada sochilish radiusi 25 
sm
, ya’ni 
nishon kengligining yarmidan ortib ketmasligi kerak. 
Biror muayyan masofada berilgan quroldan nishonga olib o‘q otish 
imkoniyatini aniqlash uchun, to‘g‘ri burchakli uchburchaklar 
katetlarining nisbatidan foydalanish qulaydir. Agar katetlar deb o‘q otish 
masofalari va o‘q tegishlari sochilishining radiuslarini olsak, u holda, bir 
noma’lum tenglamani yechish qoladi xolos. Bu holda eksperimental o‘q 
otish masofasi bilan ushbu eksperiment jarayonida otilgan o‘qlarning 
sochilish radiusi orasidagi nisbat ma’lum, boshqa nisbatning qiymati 
yoki kattaligi 25 
sm 
ni tashkil etadi. Qidirilayotgan kattalik — 
tekshirilayotgan quroldan nishonga olib o‘q otish imkoni bo‘lgan eng 
katta masofa. Shunday qilib, ekspert oldida, biror quroldan nishonga olib 
o‘q otish imkoniyatini aniqlash emas, balki, odamni shikastlash mumkin 
bo‘lgan eng katta masofani aniqlash bo‘yicha savollarni ham qo‘yish 
mumkin. 
Ushbu hollarda ekspertiza xulosasining mazmuni, o‘qotar qurolning 
otish uchun yaroqliligini aniqlash bo‘yicha ekspertiza xulosalariga 
o‘xshash bo‘ladi. Bu holda qo‘shimcha ravishda, tekshirilayotgan 
qurolning mo‘ljallash moslamalari yoki ularning o‘rnini bosishi mumkin 
bo‘lgan boshqa tarkibiy qismlari qayd etiladi. Eksperiment jarayonida, 
eksperimental o‘q otishlarga nisbatan, ularning masofasi, mo‘ljallangan 


 138 
maqsadi, miqdori va soni, nishonning o‘lchamlari, qurolni mahkamlash 
usullari ko‘rsatilishi shart. Bundan tashqari, xulosada, o‘q tegishining 
sochilish radiusi hamda ushbu quroldan otilganda, nishonni shikastlashi 
mumkin bo‘lgan o‘q otilishlarining eng katta masofasini aniqlash 
bo‘yicha o‘tkazilgan hisoblarning natijalari bayon etiladi. Xulosaga 
quyidagicha masshtabli fotosuratlar ilova qilinadi: birinchidan, 
tekshirilayotgan qurol — uning tasvirida nishonga olish moslamalari 
yoki ularning o‘rnini bosa oladigan boshqa qismlari belgilanadi; 
ikkinchidan, nishon — uning tasvirida o‘q tegishlarining markaziy 
nuqtasi va sochilish radiusi kattaligini belgilash kerak bo‘ladi. 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin