7-§. O‘qotar quroldan qanday turdagi poroxdan foydalanib
o‘q otilganligini aniqlash
Qurol stvoli kanalidagi qoldiqlaridan o‘q otilishida foydalanilgan
poroxning turini aniqlash, tutunli va tutunsiz poroxlarning kimyoviy
tabiatidagi farqlarga ko‘ra bajariladi.
Tutunli porox yonishida hosil bo‘ladigan gazlaning tarkibi tahminan
quyidagicha: uglerod ikki oksidi (SO2), — 50%, uglerod oksidi (SO) —
10%, azot (N
2
) — 35%, sulfid (H
2
S) — 3%, vodorod (N2) — 2%,
bundan tashqari kislorod (O2) va metan (SN4) gazlari mavjud bo‘ladi.
Tutunli porox yonishida maxsus hidning mavjud bo‘lishi sulfid gazining
hosil bo‘lishi bilan tushuntiriladi.
Tutunli porox yonishida hosil bo‘ladigan mahsulotlarda og‘irlik
bo‘yicha gazlar 40 — 50 %ni tashkil etadi. Qolgan mahsulotlar qurum va
suvdan iborat bo‘ladi.
Poroxning yonish mahsulotlarining qattiq tarkibiy qismlarida kaliyli
uglerod ikki oksidi (K2SO3) — 56%, oltingugurt kaliy (K2S) — 25%,
sulfatlar — 16%, kaliy rodanit (KCNS) — 0,5%, shuningdek, nitrit va
nitratlar, oltingugurt va ugleroddan iborat bo‘ladi. Shu tariqa, tutunli
poroxning qurumi asosan turli tuzlardan iborat va kristall tuzilishga ega
bo‘ladi.
Tutunsiz poroxning yonishida hosil bo‘ladigan gazlar quyidagilardan
iborat: uglerod oksidi — 39,5%, suv bug‘lari — 17,7%, vodorod —
16,8%, azot — 10,4%, uglerod ikki oksidi — 14,6%, metan — 0,3% va
metan — 0,5% dan iborat.
Tutunsiz poroxdan foydalanib o‘q otilishida hosil bo‘lgan qurum
juda kichik o‘lchamdagi zarrachalar — kapsyulning yondiruvchi
144
tarkibining qoldiqlari, otilgan o‘qdan yoki gilzadan yulib olingan metall
zarrachalari va poroxning yonish qoldiqlaridan iborat bo‘ladi. Tutunli
poroxning qurumi tarkibiga kaliy xlorid (KCl), sernokisliy kaliy
(K
2
SO
4
) va sernistokisliy kaliy (K
2
SO
3
) kiradi. Ushbu qurumning
erimaydigan qismlari mis, rux, qo‘rg‘oshin, temir, qalay va kulning
zarrachalaridan iborat bo‘ladi.
Tekshirilayotgan qurol stvoli kanalini ko‘zdan kechirishda o‘q
otilishdan hosil bo‘lgan qurumga e’tibor beriladi, bu qurum tutunli porox
ishlatilganda ko‘p, tutunsiz porox ishlatilganda kam miqdorda bo‘ladi.
Tadqiqot jarayonida ishlatilgan poroxning tutunli yoki tutunsiz ekanligini
aniqlash uchun avval yo‘naltiruvchi proba olinishi va tekshirilishi lozim.
Buning uchun stvol kanalidan olingan qurumning lakmusga nisbatan
reaksiya tekshiriladi. Tutunli porox qurumining lakmusga nisbatan
reaksiyasi ishqorli, tutunsiz poroxning reaksiyasi esa kislotali bo‘ladi.
O‘q otilishida ishlatilgan poroxning turini aniqlashda stvol kanalida
saqlanib qolgan yonmagan yoki chala yongan porox zarrachalaridan
foydalanish mumkin. Bunda, aniqlangan porox zarrachalari rusumi
oldindan aniq bo‘lgan porox zarrachalari bilan solishtiriladi.
Tutunli porox ishlatilganini aniqlash uchun qurumda sulfatlar va
sulfidlar mavjudligini aniqlash uchun kimyoviy tajribalar o‘tkaziladi,
keyingi paragrafda ushbu kimyoviy reaksiyalar haqida so‘z yuritiladi.
Tutunsiz poroxning qoldiqlarini aniqlash uchun ham nitritlar va
nitratlar mavjudligini aniqlash maqsadida sodda kimyoviy reaksiyalar
o‘tkaziladi. Buning uchun, difenilaminning sulfat kislotadagi eritmasi
olinadi. Ushbu eritmaning protsenti 0,5 dan 8 % gacha bo‘lishi mumkin.
So‘ng tekshirilayotgan qurol stvolidan poroxning yonmagan yoki chala
yongan zarrachalari yoki tampon orqali namunalar olinadi. Tajriba
natijalari asosli bo‘lishi uchun nazorat tajribalari ham o‘tkaziladi. Qurol
stvoli kanalidan olingan yonmagan yoki chala yongan zarrachalari chinni
idishga solinadi va ustidan yuqoridagi eritma quyiladi. Agar reaksiya
ijobiy bo‘lsa, tekshirilayotgan zarrachalar ko‘k rangga kiradi. Keyin,
nazorat tajribalari o‘tkaziladi, ya’ni zarrachalar igna bilan olinib,
distillangan suv bilan yuviladi va keyin buyum shishachasi ustiga quyib,
tagidan olov yoqiladi. Olov ta’sirida zarracha alangalanib yonib ketishi
lozim. Yonishda tutunsiz porox yonganida vujudga keladigan maxsus hid
— azot oksidlarining hidi seziladi, shishada esa qotib qolgan ko‘pikka
o‘xshash qoldiq qoladi. Ana shu qoldiq difenilamin tomizilsa, yana ko‘k
rangga kirishi kerak.
145
Tutunsiz poroxning ekspertiza tadqiqotlarini o‘tkazishda ekspert
albatta, ushbu turdagi tadqiqotlar metodikasining nazariy asoslarini
bilishi zarur.
Tutunsiz poroxning ixtiyoriy turi, ular uchun mos bo‘lgan o‘zgarmas
va doimiy o‘lcham va shaklga ega zarralardan iborat. Qo‘l o‘qotar
qurollari uchun mayda zarrali porox ishlatiladi. Poroxning yonish tezligi
porox zarrachalarining o‘lchamiga bog‘liq bo‘lgani uchun, tutunli porox
donalari bir xil o‘lchamda qilib tayyorlanadi. Porox donalari qancha
mayda bo‘lsa, u shuncha tez yonadi va natijada, porox gazlarining stvol
kanalidagi bosimi shuncha tez ortadi.
Porox zarrachalarining shakli, shu zarrachalar sirti kattaligiga ham
bog‘liq bo‘ladi va binobarin, o‘q otilishi vaqtida hosil bo‘ladigan porox
gazlari oqimining doimiyligi ham zarrachalar shakliga bog‘liq bo‘ladi.
Masalan, silindrsimon shakldagi porox donalari yonganida, donachalar
sirti kamayib boradi va buning hisobiga stvol kanalidagi porox
gazlarining bosimi kamayib boradi. Plastina shaklidagi porox yonishida
ham shunday holat kuzatiladi. Quvursimon porox yonganida, porox
donalarining tashqi sirti kamayadi, ammo ichki sirti kengayadi, buning
natijasida gazlar bosimi saqlanib turadi.
Maxsus adabiyotlardan ma’lumki, zich kolloid moddadan iborat
tutunli porox stvol kanalida parallel qatlamlar shaklida yonadi.
Ana shu xossaga asosan sud ballistikasida «tutunli poroxning
geometrik yonish qonuni» ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra: birinchidan,
tutunli porox donalarining yonishi parallel ravishda har tomonga bir xil
tezlik bilan tarqaladi; 2 — tutunli porox donalari o‘zaro bir xil va bir xil
yonadi. Ammo, amalda ushbu qonuniyat buziladi, chunki, porox donalari
har doim ham (asosan shakli va o‘lchamlariga ko‘ra) bir xil bo‘lmaydi;
ikkinchidan, poroxni saqlanish sharoitlari bunga ta’sir ko‘rsatadi va
natijada porox donalarining barchasi bir xilda yonmaydi. Bundan
tashqari, barcha poroxlar kimyoviy birikmadan iborat bo‘lgani uchun,
vaqt o‘tishi bilan o‘z-o‘zidan parchalanish xususiyatiga ega.
Tutunsiz poroxning quyidagi turlari mavjud: silindrsimon,
plastinasimon, quvursimon va g‘ovak poroxlar. Silindrsimon poroxga
«VP» viskozali to‘pponcha poroxi misol bo‘ladi. Plastinasimon poroxga
«R» rusumli revolver poroxi, «Sokol» rusumli ov patronlari uchun
porox, ayrim chet elda ishlab chiqarilgan poroxlar (masalan, «Brauning»,
Kolt va hokazolar uchun ishlailadigan poroxlar) misol bo‘ladi.
Quvursimon poroxga «VL» rusumli vintovkalar poroxi misol bo‘lsa,
146
g‘ovak poroxga «P–45», «P–85» va «P–125» rusumli poroxlar misol
bo‘la oladi.
Silindrsimon porxlar yonganida o‘lchami kichrayadi, ammo o‘z
shaklini saqlab qoladi. Porox donalarining moddasi oq va yarim shaffof
bo‘ladi. Ular yonganida usti qurum bilan qoplangani uchun qora qo‘ng‘ir
rangga kirib qoladi. Ammo, ularga ikki – uch sekund sulfat kislotaga
tushirilsa, o‘zining asl holatiga qaytadi.
Plastinasimon porxlar yonganida o‘z shaklini yo‘qotadi, chunki
plastinalarning qalinligi juda kichik bo‘ladi.
Quvursimon poroxlar yonganida o‘z shaklini qisman yo‘qotadi,
ayrim hollarda yonmagan yoki chala yongan, o‘z shaklini to‘laligicha
saqlab qolgan porox donalarini uchratish mumkin.
G‘ovak porox yonganida, uning donalari turli shaklga ega bo‘lib,
ko‘pincha noaniq shakldagi zarrachalardan iborat bo‘ladi. Ushbu
rusumdagi poroxni aniqlash uchun, poroxning yonmagan yoki chala
yongan zarrachalarining rangidan foydalanish mumkin, ular yashil, qizil
va hokazo yorqin rangda bo‘ladi.
Bir necha turdagi poroxlar yonishidan hosil bo‘lgan qoldiqlarni
o‘zaro farqlash uchun ilovada turli poroxlar qoldiqlarining belgilari
jadvali keltirilgan.
Poroxning qora rangga kirib qolgan va yongan, yonmagan yoki chala
yongan zarrachalarini fotosuratga olishdan oldin, ularga 20 yoki 30 %li
sulfat kislotada ishlov berilishi va undan keyin suv bilan yuvish kerak.
Taqqoslash uchun poroxning butun zarrachalari ham fotosuratga olinishi
lozim.
Poroxlarning turini aniqlash bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazishda qaysi
turdagi porox qanday o‘qotar qurolda ishlatilishini bilish zarur.
Dostları ilə paylaş: |