Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik


Nitritlarni aniqlash uchun tajribalar



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

Nitritlarni aniqlash uchun tajribalar 
esa Griss reaktivi yordamida 
o‘tkaziladi. Tekshirilayotgan eritmaning bir tomchisiga bir tomchi Griss 
reaktivi qo‘shiladi. Agar nitritlar mavjud bo‘lsa, eritma qizil yoki pushti 
rangga kiradi. 
Tekshirilayotgan eritmada sulfat, sulfid, nitrat va nitritlarning borligi 
tutunli porox ishlatilganligidan darak beradi. Eritmada sulfidlar 
bo‘lmasdan, nitrat va nitritlarning bo‘lishi tutunsiz porox ishlatilganidan 
dalolat beradi. Pijlarni yuqoridagi tajribalarda albatta nazorat–tajribalari 
o‘tkazilishi shart. Buning uchun pijning qurumsiz sohasidan bir bo‘lagi 
olinadi va yuqoridagi tajribalar takrorlanadi. Otilgan o‘q sochma o‘q 
yoki kartechlardagi qoldiqlardan poroxni turini aniqlash ham yuqoridagi 
tajribalar orqali aniqlanadi. Tajribalar uchun o‘q, sochma o‘q yoki 
kartechning sirtidan tamponlar orqali namunalar (tajriba uchun ham, 
nazorat–tajribalar uchun ham) olinadi va bu namunalar ustida tajribalar 
o‘tkaziladi. 
Bundan tashqari, ishlatilgan poroxning turini ayrim o‘qlarning tubida 
saqlanib qolgan poroxlarning aksidan ham aniqlash mumkin. Jangovar 
patronlarning o‘qlarining tubi qo‘rg‘oshin bo‘ladi. Qo‘rg‘oshin yumshoq 
modda bo‘lgani uchun unda ayrim hollarda porox zaradi donalarining 
aksi ifodalanadi. Masalan, to‘pponchalarning 1930-yil namunali 
patronlarining o‘qlaridagi porox donalarining aksidan ishlatilgan 
poroxning turini bemalol aniqlash mumkin.


 148 
O‘qning qo‘rg‘oshin tubida silindrsimon porox donalarining aksi 
ifodalanadi, plastinasimon porox donalarining aksi unchalik yaxshi 
ifodalanmaydi.
 
9-§. Turli o‘qotar qurollardan qo‘yib yuboruvchi ilmoqni 
bosmasdan o‘q otilishi ehtimoli 
 
Turli vintovka va karabinlardan qo‘yib yuboruvchi ilmoqni 
bosmasdan o‘q otilishi ehtimollari. 
Turli rusumdagi vintovka va 
karabinlardan qo‘yib yuboruvchi ilmoqni bosmasdan o‘q otilishi ikki 
turga bo‘linadi: 
a) zatvor tepkisining jangovar holatda turganda yuz beradigan 
otilishlar; 
b) zatvor tepkisi oldingi holatda turganda va urgich patronning 
kapsyuliga tegib turganda yuz beradigan otilishlar. 
Barcha rusumdagi vintovka va karabinlardan qo‘yib yuboruvchi 
ilmoqni bosmasdan o‘q otilishlari, ularning patrondonida patron 
bo‘lgandagina yuz beradi. 
Zatvor tepkisi jangovar holatda turganda yuz beradigan otilishlar. 
Yangi, hali ishlatilmagan vintovka va karabinlardan zatvor tepkisi 
jangovar holatda turganda qo‘yib yuboruvchi ilmoqni bosmasdan o‘q 
otilishi ehtimoli juda kam. Bunday o‘q otilishi vintovka (karabin)ni katta 
kuch bilan birorta qattiq buyumga urilishida yoki qurolni ancha 
balandlikdan tushib ketishida yuz berishi mumkin. O‘q otilishining 
asosiy sababi, qurol zatvori bilan stvol qutisi orasidagi ancha katta oraliq 
masofaning mavjudligidir. Odatda, qo‘yib yuboruvchi ilmoqni bosmasdan 
o‘q otilishi ishlatish natijasida turli qismlari yeyilib ketgan vintovka va 
karabinlarda yuz beradi. Ishlatish natijasida bunday qurollarda quyidagi 
qismlar yeyilishi mumkin: 1) qurol zatvorining tashqi sirti va stvol qutisi 
ichki sirtining yeyilishi; 2) qo‘yib yuboruvchi prujina sheptalosining 
yeyilishi; 3) qo‘yib yuboruvchi prujinaning egilib ketishi; 4) qo‘yib 
yuboruvchi prujinaning kuchsizlanib qolishi; 5) jangovar qirraning yeyilishi; 
6) jangovar prujinaning kuchsizlanib qolishi; 7) stvol qutisi va stvol orqa 
kesimi o‘lchamlarining o‘zgarib qolishi. 
Ma’lumki, vintovka va karabinlarning tepkisi, bu tepki jangovar 
qirrasining oldingi kesimi va sheptaloning orqa qirralarining o‘zaro 
tayanib turishi hisobiga ko‘tarilgan (jangovar) holatda saqlanib turadi. 
Qurolning ko‘p ishlatilishi natijasida sheptaloning va tepkining o‘tkir 
burchakli qirralari o‘tmas burchak shakliga kelib qoladi, natijada bu ikki 


 149 
qirra bir–biriga tayana olmaydi, buning hisobiga qurolning tepkisi 
ko‘tarilgan holatda saqlanib turmaydi, u biror ta’sir ostida joyidan siljib 
chiqib ketadi va qurol urgichiga uriladi hamda o‘q otilishi yuz beradi. 
Xuddi shu kabi jangovar prujinaning kuchsizlanishi natijasida ham ushbu 
ikki qirra o‘zaro kuchsiz ta’sirlashadi va tepki ko‘tarilgan holatdan 
chiqib ketadi. 
Qurolning qo‘yib yuboruvchi prujinasining egilib ketishi, 
kuchsizlanib qolishi, stvol qutisi va stvol orqa kesimi o‘lchamlarining 
o‘zgarib qolishi natijasida esa uning zatvori bilan stvol qutisi orasidagi 
masofa ortib ketadi, buning oqibatida qurolning zatvori o‘zining odatdagi 
joyidan yuqoriroqqa ko‘tarilib qoladi va siljib ketishi mumkin. 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin