Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

mm 
kalibrli o‘qlarni, kernlash izlari albatta bo‘ladigan 
7,62; 7,63 va 7,65 
mm 
kalibrli o‘qlardan farqlash mumkin. 
Patronning turi va namunasi tadqiqotga taqdim etilgan barcha 
obyektlar — patron, gilza, deformatsiyalangan yoki bo‘laklarga ajralib 
ketgan o‘qlarda mavjud bo‘lgan belgilarning yig‘indisidan aniqlanadi. 
Miltiqlar uchun mo‘ljallangan jangovar o‘q-dorilarning guruhiy 
talluqliligini ularning alohida qismlaridan aniqlash. Hodisa joyidan 
aniqlangan sochma o‘qlar, kartechlar va pijlar miltiqlar patronlarning 
alohida tarkibiy qismlari sifatida, jinoyat sodir etilishida miltiqlar 
(qirqma miltiqlar) va ularning jangovar o‘q-dorilari ishlatilganidan darak 
beradi. 
Deformatsiyalangan sochma o‘qlar, kartechlar, miltiqlarning 
qobiqsiz o‘qlari va yirtilgan karton pijlarni tadqiq etishda ularning 
diametri aniqlanadi va buning uchun ularning geometrik tuzilishidan 
foydalaniladi. Agar deformatsiyalangan snaryadning hech bo‘lmasa bir 
dona sharsimon yoki silindrsimon sirti saqlanib qolgan bo‘lsa 
(deformatsiyalanmagan bo‘lsa), uni diametrini aniqlash mumkin. Buning 
uchun ushbu saqlanib qolgan sirtning yonboshi (profili) hamda shu 
tekislikda joylashgan masshtabli chizg‘ichni oq yuzada (fonda) 


 166 
fotosuratga olinadi. Kattalashtirib chiqarilgan fotosuratda, sharsimon 
yoki silindrsimon sirt yoyining ixtiyoriy uchta nuqtasidan tekshi-
rilayotgan snaryadning aylana markazi va radiusi aniqlanadi. Fotosuratga 
olishda ishlatilgan masshtabni hisobga olgan holda snaryadning 
masshtabi hisoblab chiqiladi. Hisoblashlarni soddalashtirish uchun, 
fotosuratda tasvirlangan masshtabli chizg‘ichning har bir bo‘limini 5 
yoki 10 marta kattalashtirib suratni qayta ishlash lozim. 
Bu vazifani sal boshqacharoq hal etish ham mumkin. Olingan 
fotosuratdagi tekshirilayotgan sirt yoyi uchlarini to‘g‘ri chiziq bilan 
tutashtiriladi. Bu chiziqning markazidan yoygacha perpendikular to‘g‘ri 
chiziq o‘tkaziladi. Bu perpendikular chiziqni A harfi bilan, xordaning 
yarmini V harfi bilan belgilasak, snaryadning D harfi bilan belgilangan 
diametrini quyidagi formula yordamida hisoblash mumkin: 
A2 + V2 
D = 
А
Aynan shu usulda, o‘qning, kartech yoki sochma o‘qning stvol 
kanali bilan ishqalanish izlari mavjud bo‘lgan sohalarining egrilik 
darajasidan miltiq stvoli kanalining diametri aniqlanishi mumkin. Pij 
yoki prokladkaning diametridan va ulardagi sochma o‘qlaring izlaridan 
miltiqning kalibri hamda ushbu quroldan otilgan sochma o‘qlarni (agar 
ular taqdim etilmagan bo‘lsa) aniqlash mumkin. 
Metall gilzalar uchun mo‘ljallangan pijlarning o‘lchami ishlatilgan 
qurol kalibridan ikki kalibr katta bo‘ladi. Karton va plastmassa gilzalarga 
mo‘ljallangan pijlar va prokladkalarning diametri ishlatilgan qurol 
diametriga teng bo‘ladi. Bunday pijlarning qalinligi 5 mm bo‘ladi. 
Karton pijlarning qalinligi 1,5 
mm 
gacha bo‘lib, ularning diametri 
gilzaing diametridan 0,1–0,2 
mm 
ortiq bo‘ladi. Ko‘plab (ayniqsa 
Rossiyada ishlab chiqarilgan) ov patronlarining karton prokladkalarida 
sochma o‘qlarning nomeri, ba’zida ularning diametri, poroxning turi 
(masalan, D harfi bilan tutunli porox, B — tutunsiz porox) ko‘rsatiladi. 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin