Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik


-§. Patronlarning sozligi va otish uchun yaroqliligini



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

 
3-§. Patronlarning sozligi va otish uchun yaroqliligini 
 aniqlash metodikasi 
 
Patronlarning sozligi tushunchasi kishilik jamiyatining turli 
sohalarida turli mazmunga ega.
Patronlarni tayyorlagan korxona yoki zavodlarda patronlarning 
sozligi deganda patronning tuzilishi va barcha ballistik xususiyatlari 


 167 
Davlat standartlari yoki firmaning standartlariga to‘liq mos kelishi 
tushuniladi. 
Texnik hujjatlashtirish talablariga mos ravishda nosoz patronlarga 
korroziyaga uchragan patronlar, shuningdek notekis hamda ishqalanish 
izlari mavjud patronlar (o‘q va gilzalar) kiradi. Ushbu nosozliklar 
kriminalistik nuqtai nazardan unchalik ahamiyat kasb etmaydi va 
patronni soz deb topilishiga ta’sir qilmaydi. 
Kriminalistikada 
patronning sozligi 
deganda — patronda ahamiyatli 
tashqi nuqsonlar bo‘lmagan va ushbu namunadagi patronlarning texnik 
hujjatlarida belgilangan tarzdagi otishni ta’minlaydigan holati 
tushuniladi. 
Ahamiyatga ega bo‘lgan tashqi nuqsonlarga quyidagilar kiradi: 
— gilzalardagi yoriqlar va ochiq teshiklar; 
— gilza va o‘qlardagi katta ezilishlar; 
— gilzadagi qimirlab qolgan o‘qlar; 
— gilza kapsyulidagi qurol urgichidan qolgan ezilish («osechka»); 
— egovlangan yoki kesilgan qobiqlar
— gilzaga belgilanganidan ko‘ra ko‘proq botib ketgan yoki gilzadan 
chiqib turgan o‘qlar; 
— gilza devorlari yoki o‘q qobig‘ining qalinligini o‘zgarishiga olib 
kelgan korroziya ta’siri. 
Patronlardagi tashqi nuqsonlarni aniqlash unchalik qiyin emas va 
ularning mavjudligida patronning sozligi bo‘yicha savolga javob berish 
anchagina oson kechadi.
Ta’kidlash joizki, tashqi nuqsonlarning yo‘qligi hali patronning 
sozligidan dalolat bermaydi. Turli sabablarga ko‘ra patronlar porox 
zaradining fizikaviy-kimyoviy tarkibi yoki kapsyulning yondiruvchi 
tarkibi o‘zgarishga uchragan bo‘lishi mumkin. Soz holatdagi patronda, 
uning porox zaradi yoki kapsyulning yondiruvchi zaradi o‘q otilishida 
gazlarning kerakli bosimi miqdorini, bunga bog‘liq ravishda, shu 
namunadagi standart patron uchun snaryadning boshlang‘ich uchish 
tezligini ta’minlab berishi kerak. 
Qo‘lbola patronlarga nisbatan sozlik tushunchasi qo‘llanilmaydi. 
Chunki, qo‘lbola patronlarga nisbatan texnik-me’yoriy hujjatlar mavjud 
emas. Yig‘ilgan patronlar zavodda ishlab chiqarilgan standart 
patronlarning elementlaridan tayyorlangan bo‘lsa ham, ushbu 
elementlarni nostandart usulda («uy sharoitida») yig‘ilishi, bunday 
qo‘lbola patronlarga nisbatan davlat standartlari talablari yo‘qligini 
bildiradi, patronlarning tuzilishidagi o‘zgarishlari ham buni tasdiqlaydi.
Patronning sozligi uning otish uchun yaroqliligidan dalolat beradi. 


 168 
Nosoz patron otish uchun yaroqli ham, yaroqsiz ham bo‘lishi 
mumkin, bu undagi nuqsonlarga bog‘liq. Masalan, yoriqlar, ezilishlar va 
shu kabi nuqsonlar mavjud bo‘lsa ham, patronlar otish uchun yaroqli 
bo‘lishi mumkin. Shu bilan bir vaqtda, hech qanday tashqi nuqsonsiz 
patron, uning porox zaradi yoki kapsyulining yondiruvchi tarkibining 
fizikaviy-kimyoviy o‘zgarishlari natijasida otish uchun yaroqsiz bo‘lishi 
ham mumkin. 
Shuning uchun patronlarning sozligi va otish uchun yaroqliligini 
aniqlashning eng asosiy mezoni eksperimental o‘q otish hisoblanadi. 
Bunda o‘q otilishni hech qanday ushlanishsiz amalga oshishi emas, balki 
snaryadning boshlang‘ich tezligi va uning kinetik energiyasi ham muhim 
ahamiyatga ega. 
Tekshirilayotgan patronlarning sozligini va otish uchun yaroqliligini 
aniqlash maqsadida eksperimental o‘q otishni amalga oshirish uchun, 
tekshirilayotgan patronlarni otish mo‘ljallangan tur va rusumdagi 
qurollardan foydalanish zarur. Bunda qurol soz va uning stvoli yeyilib 
ketmagan bo‘lishi lozim. Agar eksperimentda foydalanilayotgan 
qurolning stvol kanali sezilarli darajada yeyilgan bo‘lsa, ushbu quroldan 
otilgan snaryadning ballistik xususiyatlari kamayishi to‘g‘risida oldindan 
tuzatishlar kiritish kerak bo‘ladi. 
Ekspertlarda har doim ham, tekshirilayotgan turdagi patronlarni otish 
uchun mo‘ljallangan qurol mavjud bo‘lmasligi mumkin. Bu holda 
tekshirilayotgan patronlar o‘rinbosar patron sifatida ishlatilishi mumkin 
bo‘lgan qurollardan foydalanish mumkin (masalan, 7,63 
mm 
kalibrli 
Mauzer patronlarini 7,62 
mm 
kalibrli TT to‘pponchasidan otish). 
Nuqsonli patronlar bilan eksperimental o‘q otishni, maxsus qurilma 
yordamida masofadan turib amalga oshirish lozim. 
Eksperimental o‘q otishdan so‘ng o‘qlarning hisoblab topilgan 
boshlang‘ich tezligi qiymatlarini, ushbu turdagi patronlarning standart 
boshlang‘ich tezligi bilan solishtirib ko‘riladi. 
Tekshirilayotgan patronlar o‘qining boshlang‘ich tezligi standartda 
belgilangan boshlang‘ich tezlik qiymatidan kam bo‘lmaganda, bu 
patronlarni soz holatda deb xulosa qilish mumkin. Aks holda patronlarni 
nosoz deb topiladi va uning otishlar uchun yaroqliligi haqidagi masala 
hal etiladi, ya’ni snaryadning yetarlicha shikastlash kuchi haqidagi 
savolga javob beriladi. Bu maqsadda, ushbu patron o‘qining solishtirma 
kinetik energiyasi hisoblab chiqiladi. 
Ushbu hisoblangan solishtirma kinetik energiya minimal solishtirma 
kinetik energiyaning qiymati — 0,5 Dj/mm2 bilan taqqoslanadi. Agar 
hisoblangan kinetik energiya qiymati 0,5 Dj/mm2 ga teng yoki undan katta 


 169 
bo‘lsa, u holda odam tanasini shikastlash uchun yetarlicha kinetik 
energiyaga ega bo‘lgan, tekshirilayotgan patron otish uchun yaroqli deb 
xulosa chiqariladi. 
Solishtirma kinetik energiyasi 0,5 Dj/mm2 dan kam bo‘lmagan 
snaryad yumshoq to‘qimalarga shikast yetkazishi, yirik qon tomirlarini 
uzib yuborish, jigar, yurak, bosh miya a’zolariga shikast yetkazishi, ichki 
qon ketishiga sabab bo‘lishi, tananing muayyan a’zosini ishdan chiqarish 
imkoniyatiga ega bo‘lishi tajribalarda aniqlangan. Ushbu qiymatdan kam 
bo‘lgan solishtirma kinetik energiyaga ega snaryadlarni yuqoridagi 
imkoniyatga ega deb hisoblanmaydi. 
Ekspert–kriminalistik xizmatlarda otilgan snaryadning boshlang‘ich 
tezligi va solishtirma kinetik energiyasini aniqlash uchun mo‘ljallangan 
maxsus qurilma bo‘lmagan hollarda, snaryadning shikast yetkazuvchi 
kuchini aniqlashning quyidagi metodikasini tavsiya etish mumkin. 
Tadqiqotga taqdim etilgan patronlardan quruq qarag‘ay yoki tog‘terak 
daraxtidan yasalgan nishon (to‘siq)ga 2 
metr 
(1,0 .... 1,5 
metr

masofadan otib ko‘riladi. Agar otilgan snaryadlar ushbu nishonga o‘z 
uzunligining uchdan ikki qismiga teng chuqurlikka botib ketsa, uning 
boshlang‘ich tezligi yetarli yoki shikastlovchi kuchi yetarli deb xulosa 
qilish mumkin. Sharsimon snaryadlar yuqoridagi kabi to‘siqqa o‘zining 
ikki diametriga teng masofaga botib kirib ketsa, uning shikastlovchi 
kuchi yetarli deb hisoblanadi. 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin