mm
gacha aniqlikda
o‘lchanadi. Patronning og‘irligi tarozi yordamida tortilib 0,01
ggacha
aniqlikda o‘lchanadi. O‘lchashlar bir necha marta o‘tkaziladi va olingan
qiymatlarning o‘rtacha o‘lchami hisoblanadi.
Patronlarni o‘lchash natijalari, tuzilishidagi va alohida qismlari
materiallarining xususiyatlari maxsus adabiyotlardagi ma’lumotlar bilan
solishtiriladi. O‘rganilayotgan belgilarning majmuasi, ularning u yoki bu
turdagi ma’lumotlar bilan mos kelishi tekshirilayotgan patronning
muayyan tur va namunadagi patronga tegishli deb xulosa chiqarishga
asos bo‘ladi. Keyin patronning yonbosh tomonidan masshtabli usulda
fotosuratga olinadi. Ov patronini, agar uning pijlarida markirovka
belgilari bo‘lsa, gilza og‘zi tomonidan ham suratga olinadi.
Patronda porox zaradining mavjudligini eksperimental o‘q otishi
natijasida yoki tekshirilayotgan patronni qismlarga ajratib aniqlanishi
mumkin. Agar eksperimenal o‘q otishda o‘q otilmasa, ushbu patronni
qismlarga ajratish va uning tarkibida porox zaradi bor–yo‘qligini
aniqlash lozim.
Qo‘lbola patronlarni tadqiq qilishda tarkibiy qismlarning
mavjudligidan tashqari, ushbu patron snaryadining boshlang‘ich tezligi
va solishtirma kinetik energiyasini ham aniqlash lozim.
O‘zgartirilgan patronlarni tekshirishda, o‘zgartirishga uchragan
patronning dastlabki (o‘zgarishdan oldingi) namunasini aniqlash lozim.
Bu maqsadda taqdim etilgan patronning tuzilish xususiyatlari va
markirovka belgilari o‘rganiladi. Bu jarayonda patronlarning
tuzilishidagi xususiyatlari o‘zgarib ketishini yodda tutish zarur.
O‘zgartirish patronlarning sirtiga mexanik ishlov berish yoki xech
qanday ishlov bermasdan amalga oshirilishi, patronlarning o‘q yoki
gilzalariga ham mexanik ishlov berilgan bo‘lishi mumkin.
O‘qlarga, ularning boshchasini qirqib yoki kesib olib o‘zgartirish
berish mumkin. Gilzalarni, ularning gilza korpusidan kattaroq bo‘lgan
qalpoqchasini olib tashlab yoki korpusini egovlab o‘zgartirish mumkin.
Masalan, TT rusumli to‘pponchadan otish maqsadida 7,62
mm
kalibrli
revolver patronining korpusi kesib olib tashlanishi mumkin.
160
Undan tashqari, patronlarni o‘zgartirish, o‘qning gilza ichiga
chuqurroq kiritib ham amalga oshirilishi mumkin. Masalan, «Borxardt–
lyuger Parabellum P–08», «1938-yil namunali Walther» to‘pponchalaridan
otish uchun 1930-namunali, 7,62 mm kalibrli to‘pponcha patronining
o‘qini gilza ichiga botirib kiritish mumkin.
Turli patronlarning qismlaridan yasalgan (yig‘ilgan) patronlarni
tadqiq qilishda, ushbu patronni tayyorlashda foydalanilgan o‘q va
gilzalar aynan qanday turdagi va rusumdagi patronlarga tegishli
ekanligini aniqlash lozim, bu maqsadda ushbu o‘q va gilzalarning
tuzilishi xususiyatlari va markirovka belgilari o‘rganilishi kerak.
To‘liq qo‘lbola patronlar amaliyotda juda kam uchraydi, chunki
patronni to‘liq qo‘lbola usulda tayyorlash muayyan qiyinchiliklar bilan
bog‘liq. Gilzalar asosan jez yoki po‘latning ichini o‘yib tayyorlanadi.
O‘qlar quyish, tokarlik stanogida yo‘nish (egovlash) usullari bilan
tayyorlanishi mumkin. O‘qlarni quyish uchun qo‘rg‘oshin, qalay kabi
moddalardan, stanokda yo‘nish uchun po‘lat, jez, mis va shu kabi
moddalardan foydalaniladi.
Qo‘lbola patronlarni ishlatish uchun ko‘p hollarda zavodda yasalgan
patronlarning gilzalaridan foydalaniladi.
Qo‘lbola patron o‘qining shikast yetkazuvchi ta’sirini aniqlash
maqsadida, ushbu patron eksperimental otib ko‘rilishi lozim. Ushbu
eksperimentdan oldin, taqdim etilgan qo‘lbola patronlarni qismlarga
ajratish va uning gilzasi ichidagi porox miqdorini tekshirish shart.
Chunki, qo‘lbola patronlarga porox zaradi belgilanganidan ko‘ra ko‘p
solingan bo‘lishi mumkin. Agar tekshirilayotgan qo‘lbola patron gilzasi
ichida poroxning zaradi keragidan ortiqcha bo‘lsa, uning miqdorini
kamaytirish va undan so‘ng eksperiment o‘tkazish kerak.
Tadqiqotga taqdim etilgan barcha qo‘lbola patronlar otib ko‘rilishi
lozim, chunki har bir patron o‘zining xususiyatiga ko‘ra individual
bo‘ladi va shu bois eksperiment jarayonida turli natijalar olinishi
mumkin.
Ushbu turdagi eksperimentlarni o‘tkazish uchun texnik jihatdan soz
qurol olinadi. Agar tekshirilayotgan qo‘lbola patron individul tuzilishga
ega bo‘lgan (masalan, patrondonning shakli va o‘lchami, kalibri),
qo‘lbola quroldan otish uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, u holda
eksperimentlar aynan shu quroldan foydalanib o‘tkazilishi kerak. Buning
iloji bo‘lmasa, tadqiqotga keltirilgan qo‘lbola patronlarni otish mumkin
bo‘lgan standart quroldan foydalanish mumkin.
161
Ayrim hollarda, patronni qurolning diametri kattaroq bo‘lgan
patrondonida kerakli holatda ushlab turish maqsadida, gilzaning korpusi
qog‘oz, mato bo‘laklari yoki skotch (yoki ajratgich lenta) bilan o‘raladi.
O‘zgartirilgan to‘pponcha patronlarini revolverdan otish maqsadida,
gilzalarning aylana ariqchalari sim bilan o‘raladi. Ushbu holatlarni
eksperimentlarga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishda albatta inobatga
olish kerak.
Qo‘lbola patronlar bilan eksperimental o‘q otishda xavfsizlik
qoidalariga qat’iy rioya etish lozim. Shu bois, eksperimentlar qurolni
maxsus moslamaga o‘rnatib o‘tkazilishi kerak.
Hozirgi vaqtda eksperiment o‘q otishni amalga oshirish maqsadida
— elektron millisekundomer yordamida otilgan o‘qning muayyan
masofa (odatda 1 metr)ni bosib o‘tishining vaqtini o‘lchash mumkin
bo‘lgan maxsus qurilmalardan foydalaniladi. So‘ng, o‘q uchib o‘tgan
masofa va vaqt yordamida o‘qning tezligi hamda kinetik energiyasi
tegishli formulalar yordamida hisoblanadi. Hisoblangan kinetik energiya
qiymati minimal solishtirma kinetik energiya — 0,5 Joul/mm2 bilan
solishtiriladi. Agar, hisoblangan kinetik energiya minimal kinetik
energiyaga teng yoki undan katta bo‘lsa, tekshirilayotgan o‘qning
shikastlovchi ta’siri yetarli deb topiladi hamda patron jangovar o‘q-
dorilar turkumiga tegishli deb xulosa chiqariladi. Agar, tekshirilayotgan
patron o‘qining hisoblangan kinetik energiyasi minimal kinetik energiya
qiymatidan kichik bo‘lsa, bunday patronni jangovar o‘q-dorilar
turkumiga tegishli emas deb hisoblanishi kerak.
Ta’kidlash joizki, ayrim hollarda tadqiqotga jangovar zaharlovchi
moddalar yoki portlovchi moddalar bilan jihozlangan patronlar taqdim
etilishi mumkin. bu kabi patronlarga quyidagilar kiradi:
— Germaniyada 1945-yilgacha ishlab chiqarilgan, 7,92 mm kalibrli
patronlar, ularda «40 26H AUX» yozuvi, burgut va svastika tasviri
hamda ushbu tasvirning ostida «WAA 700» markirovka belgisi
tushirilgan bo‘ladi. Bu patronlar eksperimental zirh teshuvchi patron
hisoblanadi, uning o‘qlari zaharli modda bilan to‘ldirilgan bo‘ladi va
tank hamda boshqa jangovar mashinalarning ekipajini yo‘q qilish uchun
mo‘ljallangan;
— zamonaviy o‘qotar qurollar uchun markirovkasiz patronlar
(odatda, 7,62x39 i 5,45x39 patronlar), ular geksogen yoki boshqa
portlovchi modda bilan to‘ldirilgan bo‘ladi. Bunday patronlarni otishda
qurol stvoli yorilib ketishi yoki o‘q otuvchiga shikast yetishi mumkin;
162
— Germaniyada 1945-yilgacha ishlab chiqarilgan, 9
mm
kalibrli
«Parabellum» patronlari. Ular nitroglitserin bilan to‘ldirilgan bo‘lishi
mumkin. Bunday patronlarni otishda qurol stvoli yorilib ketishi yoki o‘q
otuvchiga shikast yetishi mumkin.
Yuqoridagi kabi patronlarni tadqiq etishda, ularni qismlarga ajratish
va eksperimental o‘q otishni amalga oshirish qat’iy taqiqlanadi. Bunday
patronlarni O‘zbekiston Respublikasi IIV Portlash texnikasi ilmiy
ekspertiza markazi mutaxassislari ishtirokida tekshirish tavsiya etiladi.
Dostları ilə paylaş: |