Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

mm 
kalibrli to‘pponchalarning patronlari, «Kolt» rusumli 
to‘pponchalar va 45 kalibrli (11,43 
mm
) «Tompson» rusumli 
avtomatlarning patronlarining o‘qlari gilzaga shu usulda mahkamlanadi. 
Ayrim 9 
mm 
kalibrli to‘pponchalarning kalta patronlari va 11,43 
mm 
kalibrli qurollar patronlarining gilzalarida kannelyura mavjud bo‘ladi. 
Gilza og‘zining chetlarida aylanma yaxlit yoki uzulukli 
(segmentsimon yoki uzilgan chiziq — punktir) o‘yma ariqchalarning 
mavjudligi o‘q gilzaga aylanma siquv usulida mahkamlanganligini 
bildiradi. Bu usulda kichik kalibrli (5,6 
mm
) o‘qotar qurollarning aylana 
jang patronlari, 5,6 
mm 
kalibrli markaziy jang patronlari, 6,36 va 7,65 
mm 
kalibrli to‘pponcha patronlari, turli kalibrdagi vintovka va oraliq 
patronlar, 7,62 
mm 
kalibrli qurollarning (Rossiyada ishlab chiqaril-
ganlari) patronlarining o‘qlari mahkamlanadi. 
Gilza og‘zining chetlarida bir-biridan bir xil masofada joylashgan 
ezilgan izlarning mavjudligi o‘qni gilzaga kernlash usulida mahkam-


 156 
langanligining belgisidir. Kernlash izlarini tekshirishda ularning miqdori 
va shakli aniqlanishi kerak. Kernlash izlari dumaloq (nuqta), oval yoki 
yulduzcha shaklda bo‘lishi mumkin. 7,62 
mm 
kalibrli to‘pponchalar va 
to‘pponcha-pulemyotlarning 1930-yil namunali butilkasimon shakldagi 
patronlari, 1908-yil namunali 7,63 
mm 
kalibrli «Mauzer» rusumli 
to‘pponchalarning patronlari, 7,65 
mm 
kalibrli Borxardt–lyuger rusumli 
to‘pponcha patronlari, 8 
mm 
kalibrli «Nambu» rusumli Yaponiya 
to‘pponchasining patronlarida o‘qlar gilzalarga uch nuqtali kernlash 
usulida mahkamlanadi. 7,62 
mm 
kalibrli 1895-yil namunali «Nagan 
(Nagant)» revolveri patronlarining o‘qlari gilzalarga ikki nuqtali kernlash 
usulida maxkamlanadi. 
Gilza va kapsyulning materiali ularni tayyorlashda ishlatilgan 
metallning rangi, qattiqlik darajasi va magnit xossalariga ko‘ra 
aniqlanadi. 7,62 va 9 
mm 
kalibrli oraliq, to‘pponcha va vintovka 
patronlari (Rossiyada ishlab chiqarilgan) bimetall (tompak bilan 
qoplangan po‘lat), jez va temirdan yasaladi. Chet ellarda ishlab 
chiqarilgan gilzalar jezdan yasaladi. P 08 (««Parabellum»») rusumdagi 
Borxardt–lyuger to‘pponchalarining 9 
mm 
kalibrli ayrim patronlari va 
7,92 
mm 
kalibrli oraliq patronlarining gilzalari jez yoki po‘latdan yasalib 
lak bilan qoplangan bo‘ladi. Kichik kalibrli o‘qotar qurollarning gilzalari 
— jez, tompak, temir yoki misdan yasaladi. Ov miltiqlari patronlarining 
gilzalari yaxlit holda jez, karton qog‘oz va plastmassadan yasalishi 
mumkin.
O‘qning shakli uning bosh qismining konfiguratsiyasi bilan 
ifodalanadi. O‘tkir uchli (bosh qismi konussimon) o‘qlar bilan oraliq va 
vintovka patronlari jihozlanadi. O‘tmas uchli (bosh qismi yassi) o‘qlar 
bilan 7,62 
mm 
kalibrli 1895-yil namunali «Nagan (Nagant)» revolverlari 
va ov miltiqlarining patronlari, dumaloq uchli (bosh qismi yarim sferik) 
o‘qlar bilan revolverlar, to‘pponchalar va kichik kalibrli qurollarning 
patronlari jihozlanadi. 
O‘q qobig‘ining mavjudligi va uning materiali o‘qning tuzilishini 
o‘rganib aniqlanadi. Rossiyada ishlab chiqarilgan o‘qotar qurollar 
patronlari o‘qining qobig‘i asosan tompak bilan qoplangan temirdan, 
6,36 
mm 
kalibrli to‘pponchalarning o‘q qobig‘i esa jezdan tayyorlanadi. 
Chet elda ishlab chiqarilgan o‘qlarning qobig‘ini tayyorlashda melxior, 
jez va temir ishlatiladi. Kichik kalibrli qurollar va ov miltiqlarining 
o‘qlari yaxlit qo‘rg‘oshindan qobiqsiz qilib yasaladi. Narezli ov 
miltiqlarining (karabinlar) ayrim turdagi o‘qlari yarim qobiqli bo‘ladi. 


 157 
Gilzadagi markirovka belgilari gilzalarning qalpoqchalari, karton 
korpusli gilzalarning sirti va o‘tmas uchli o‘qlarning bosh qismidagi 
yozuvlardan aniqlanadi. Markirovka belgilariga asosan patronlarning turi 
va namunasi, shuningdek ushbu patronlar mo‘ljallangan qurollarning 
kalibri aniqlanishi mumkin. Ayrim hollarda markirovka belgilari o‘zaro 
o‘xshash namunadagi patronlarni farqlash imkonini beradi. Masalan, 
1908-yil namunali 7,63 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin