Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)
Savol va topshiriqlar 1. O‘qotar qurolning texnik sozligi, o‘q otishga yaroqliligi yoki alohida o‘q otishni amalga oshirishga yaroqliligi deganda nimani tushunasiz? 2. O‘qotar qurollar uchun texnik sozlik tushunchasi nimani bildiradi? 3. O‘qotar quroldan o‘q otilishi yoki alohida o‘q otish imkoniyatini aniqlashning kriminalistik ahamiyatini tushuntiring. 4. O‘qotar qurolning otish uchun yaroqliligi va alohida o‘q otish imkoniyatlarini aniqlash qanday amalga oshiriladi? 5. O‘qotar quroldan qo‘yib yuboruvchi ilmoqni bosmasdan o‘q otish imkoniyatini aniqlang. 6. O‘qotar quroldan nishonga olib o‘q otish imkoniyatini aniqlash? 7. Silliq stvolli qurollarni stvolini yorilish sabablarini aniqlash? 8. Silliq stvolli qurollardan oxirgi marta qanday snaryad (sochma o‘q yoki o‘q) otilganligi qanday aniqlanishini so‘zlab bering? 9. Taqdim etilgan alohida detal qanday qurolning tarkibiy qismi ekanligi hamda qurolda qanday yozuv va belgilar bo‘lganligini aniqlash tartibi qanday? 10. O‘qotar quroldan qanday turdagi poroxdan foydalanib o‘q otilganligi qanday aniqlanishini aytib bering? 11. Poroxning pij, otilgan o‘q, sochma o‘q (kartech)dagi yonish qoldiqlaridan uning turini aniqlash qanday amalga oshiriladi? 12. Turli vintovka va karabinlardan qo‘yib yuboruvchi ilmoqni bosmasdan o‘q otilish ehtimoli deganda nimani tushunasiz? 13. Zatvor tepkisi jangovar holatda turganda yuz beradigan otilishlarning sababi nimada? 14. Zatvor tepkisi oldingi holatda turganda va urgich patronning kapsyuliga tegib turganda otilishlar yuz berishi sabablari nimada?