Zatvor tepkisi oldingi holatda turganda va urgich patronning
kapsyuliga tegib turganda yuz beradigan otilishlar.
Agar vintovka
(karabin) soz holatda bo‘lsa va patrondonda patron bo‘lsa, zatvor tepkisi
oldingi holatda turganda va urgich patronning kapsyuliga tegib turganda
yuz beradigan otilishlar tepkiga zarba berilganda yuz berishi mumkin.
Sababi vintovka (karabin)larda tepki urgich bilan juda mahkam
qotirilgan (tepki urgichga burab kirgizilgan) bo‘ladi, shuning uchun
tepkiga berilgan zarba urgichga o‘tadi. Agar tepkiga berilayotgan zarba
kuchliroq bo‘lsa, o‘q otilishi yuz berishi mumkin.
Agar vintovka (karabin)ning zatvori qurolning stvol qutisida 1,5 — 2
mm ga erkin siljiydigan darajada nosoz bo‘lsa, bunday qurollarning
qo‘ndog‘iga zarba berilganda yoki qo‘ndog‘i bilan zarba berilganda ham
o‘q otilishi yuz berishi mumkin. Chunki zarba natijasida patrondonda
joylashgan patron inersiya oqibatida orqaga suriladi, albatta urgich va
tepki ham inersiya natijasida orqaga surilishi kerak, lekin jangovar
prujina ta’sirida bu holat yuz bermaydi, balki aksincha, siqilgan prujina
urgich va tepkini oldinga suradi, natijada urgich va patron qattiq
to‘qnashadi va o‘q otilishi kuzatiladi.
Qo‘yib yuboruvchi ilmoqni bosilmasdan o‘q otilishiga qurolni
qismlarga noto‘g‘ri yig‘ilishi ham sabab bo‘lishi mumkin. Masalan, tepki
urgichga oxirigacha burab kirgizilmaganligi natijasida urgichning boyogi
zatvor chuqurchasidan keragidan ortiqcha oldinga surilib qoladi va
patrondondagi patron bilan ta’sirlashish ehtimolligi ko‘p bo‘ladi.
«Tulskiy–Tokareva» (TT) rusumli to‘pponchadan qo‘yib yuboruvchi
ilmoqni bosmasdan o‘q otilishi ehtmiollari.
«Tulskiy–Tokareva» (TT)
rusumli to‘pponchadan qo‘yib yuboruvchi ilmoqni bosmasdan o‘q
otilishi ehtimoli uning patrondonida patron mavjud bo‘lgandagina
yuzaga kelishi mumkin. Texnik jihatdan soz va otish uchun yaroqli
bo‘lgan to‘pponchadan tasodifiy o‘q otilishi uning tepkisi tushirilgan
150
holatda kuzatilishi mumkin. Bunda o‘q otilishi, agar patroning kapsyuli
gilzaning qalpoqchasi sirtidan keragidan ortiqcha turtib chiqib turadigan
bo‘lsa tepkiga yoki to‘pponchaning stvol og‘ziga qattiq zarba berilganda
yuz berishi mumkin (odatda bu hol to‘poncha yerga tushib ketishida
kuzatilar ekan). Bu holda to‘pponchani ko‘zdan kechirishda, unda pol
bo‘yog‘ining, yer yoki sement zarralari mavjudligini aniqlash maqsadida
tepkini ko‘zdan kechirish zarur.
«Tulskiy–Tokareva» (TT) rusumli to‘pponchaning tepkisi saqlovchi
holatda turganida va bu qurolda ayrim nosozliklar mavjud bo‘lganida,
quyidagi hollarda tasodifiy o‘q otilish ehtimoli kuzatilishi mumkin:
a) to‘pponcha zatvori ajratgichi ishchi sirtining yeyilishi. Bu holda
o‘q otilishining sababi — to‘pponcha dastasiga zarba berilishi bo‘lishi
mumkin. To‘pponchaning dastasiga zarba berilganda unin kojux–zatvori
orqaga siljiydi va to‘pponchaning urgichi tepkiga urilishi natijasida
uning boyogi patron kapsyuliga uriladi hamda o‘q otilishi yuz beradi.
Chunki, qurol ajratgichi yeyilib ketgan bo‘lsa, kojux–zatvorning tepki
tomonga siljishi mumkin bo‘lib qoladi (ushbu siljishning ruxsat etilgan
qiymati 0,5
mm
). Agar bu masofa keragidan ortib ketsa, to‘pponchaning
dastasiga zarba berilsa yoki u dastasi bilan yerga tushib ketsa, urgichning
boyogi patron kapsyuliga uriladi va o‘q otilishi yuz berishi mumkin.
b) to‘pponcha ajratgichining quyi sirti — zinasimon bo‘rtiqning
yeyilishi. Ushbu bo‘rtiq qurol sheptalosining maxsus bo‘rtig‘i bilan
ta’sirlashishga mo‘ljallangan. To‘pponcha tepkisini saqlovchi holatga
quyilganda, ajratgich quyi sirtining yeyilishi oqibatida uning bo‘rtig‘i
sheptaloning bo‘rtig‘idan sirg‘alib chiqib ketadi. Natijada ajratgich eng
chetki orqa holatda ushlab turilmaydi va pastga og‘ib qoladi. Bu bilan
bog‘liq ravishda kojux–zatvorning harakati osonlashadi va tepki
tomonga cheklanishsiz harakat qiladigan bo‘lib qoladi. bu holda xuddi
yuqoridagi kabi tasodfiy o‘q otilishi yuz beradi.
Yuqorida ta’kidlanganlardan tashqari, «Tulskiy–Tokareva» (TT)
rusumli to‘pponcha shaptalosining ishchi sirti, tepkining jangovar qirrasi,
sheptaloning prujinasining yeyilishi oqibatida ham tasodifiy o‘q otilishi
mumkin. Shuning uchun bunday tasodifiy o‘q otilishlarining oldini olish
maqsadida, sheptalo yoki tepkining jangovar qirrasida bo‘lishi mumkin
bo‘lgan nosozliklarni tekshirib olish zarur, buning uchun qurol tepkisini
jangovar holatga ko‘tarish va uni bosh barmoq bilan bosib ko‘rish kerak.
Agar qurol shaptalosida yeyilishlar mavjud bo‘lsa, qurolning tepkisini
jangovar holatdan chiqib oldinga harakat qilishi kerak. Quroldan
tasodifiy, ya’ni quyib yuboruvchi ilmoqni bosmasdan o‘q otilishlari
ehtimoli esa tekshirilayotgan qurolni qismlarga to‘liq ajratish orqali
aniqlanishi mumkin.
151
«Nagan (Nagant)» rusumli revolverdan qo‘yib yuboruvchi ilmoqni
bosmasdan o‘q otilish ehtimoli.
«Nagan (Nagant)»
1
rusumli revolverdan qo‘yib yuboruvchi ilmoqni
bosmasdan o‘q otilishining ehtimoli juda kam. Ammo, ekspert–
kriminalistika xizmatlarining amaliyotida bunday holatlar kam bo‘lsa-da
uchrab turadi. «Nagan (Nagant)» revolveridan o‘q otilishi asosan ushbu
quroldan ishlatilayotgan patronlarning nosozligi oqibatida yuz beradi,
patronlarning nosozligi esa, patron kapsyulining gilza tubidagi kapsyul
uyachasiga yetarlicha chuqur o‘rnatilmaganligidan iborat. Patron
kapsyulining bunday o‘rnatilishida, revolverning tepkisi tushirilgan
bo‘lsa ham, unga juda kam ta’sir ko‘rsatilganda tasodifiy o‘q otilishi
kuzatilishi mumkin. O‘q otilishi quyib yuboruvchi ilmoqni bosmasdan
yuz bergani uchun, stvolning orqa kesimi o‘q otilishi vaqtida patronning
qalpoqchasini revolver barabaniga mahkam siqmaydi. Buning natijasida
o‘q otilishidan keyin, patronning kapsyuli gilzaning kapsyuli
uyachasidan keskin turtib chiqib qoladi. Aynan ana shu belgi texnik
jihatdan soz bo‘lgan revolverdan quyib yuboruvchi ilmoqni bosmasdan
o‘q otilishi yuz berganini aniqlash imkonini berishi mumkin.
Texnik jihatdan nosoz bo‘lgan revolverlardan, ularning tepkisi
ko‘tarilgan holatda ham, tushirilgan holatda ham tasodifiy o‘q otilishi
yuz berishi mumkin.
Agar revolverning tepkisi tushirilgan bo‘lsa, qo‘yib yuboruvchi
ilmoqni bosmasdan o‘q otilishi, tepkining yelkasiga (spitsasiga) zarba
berilishidan yuz berishi mumkin, bunda o‘q otilishining asosiy sababi
qurol boyogining turtib chiqqan qirrasini noto‘g‘ri sozlash bo‘lishi
mumkin. Chunki, «Nagan (Nagant)» revolverining quyib yuboruvchi
ilmog‘ini oxirigacha bosilganda va tepkini eng chetki orqa holatga
oxirigacha o‘tkazilganda boyokning stvolning orqa kesimidan chiqib
turish masofasi 1,7
mm
dan ortmasligi kerak. Agar qurolning boyogi
ushbu ko‘rsatilgan normadan ortiqcha chiqib turgan bo‘lsa, u holda
tepkining yelkasiga zarba berilganda tasodifiy o‘q otilishi mumkin.
Agar revolverning tepkisi ko‘tarilgan (jangovar holatda) bo‘lsa, u
holda revolverning tushib ketishi yoki tepkiga biror zarba berilganda
tasodifiy o‘q otilishi kuzatilishi mumkin. Bunday hollarda, ko‘tarilgan
tepkining joyidan chiqib oldinga harakat qilishi uning jangovar qirrasi
yoki quyib yuboruvchi ilmoq sheptalosini yeyilib ketishi bilan
1
Bu yerda 7,62 mm kalibrli, 1895-yilgi namunali «Nagan (Nagant)» revolveri
nazarda tutilgan.
152
izohlanishi mumkin. Revolverning bunday nosozliklari qurolning aynan
shu qismlari diqqat bilan ko‘zdan kechirib aniqlanishi mumkin. Yoki,
revolver tepkisini jangovar holatga ko‘tarish va uni bosh barmoq bilan
bosib, joyidan qo‘zg‘alish–qo‘zg‘almasligini tekshirib ko‘rish mumkin.
Agar ko‘tarilgan tepkini bosh barmoq bilan bosganda, u joyidan siljib
ketsa, tasodifiy o‘q otilishining sabablari yuqorida aytilganidek,
tepkining jangovar qirrasi yoki qo‘yib yuboruvchi ilmoqning sheptalosi
yeyilib ketishidan iborat bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |