Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

Yakuniy xulosalarning shakllanishi va asoslanishi.
Tadqiqotga 
taqdim etilgan o‘qotar qurolning otishga yaroqliligi yoki undan alohida 
o‘q otishlarni amalga oshirish mumkinligi haqidagi xulosa, 
eksperimental o‘q otishlarini bajarmasdan turib, ushbu qurolning amaliy 
sozligi yoki o‘q otishlarga ta’sir ko‘rsatmaydigan nosozliklarini aniqlash 
jarayonidayoq chiqarilishi mumkin. Ayrim alohida qismlari nuqsonli 
yoki yetishmaydigan o‘qotar qurollar ham, agar yetishmaydigan tarkibiy 
qismlari, qurol qism va mexanizmlarining o‘zaro to‘g‘ri ishlashiga, 
demak, o‘q otilishiga ta’sir ko‘rsatmaydigan bo‘lsa, otish yoki alohida 
o‘q otish uchun yaroqli bo‘lishi mumkin. Amaliy va texnik jihatdan soz 
bo‘lgan o‘qotar qurollardan tashqari, quyidagilar otishga yaroqli bo‘lishi 
mumkin: 


 122 
— jangovar va qaytaruvchi spiralsimon prujinalari singan turli xil 
o‘qotar qurollar, agar ushbu nuqson mavjud bo‘lishiga qaramay, 
qurolning qism va mexanizmlari o‘zaro bir necha marta to‘g‘ri ishlasa; 
— magazinlari bo‘lmagan yoki magazinining uzatgichlari singan 
avtomatlar, bu nuqson bilan avtomatdan uzluksiz emas, donalab o‘q otish 
imkoni bo‘ladi; 
— ««Parabellum»» to‘pponchalarining harakatlanuvchi tizimi (stvol 
qutisi bilan stvol va asosdan alohida tayyorlangan yopish mexanizmi), 
bunday to‘pponcha bir donalab otuvchi qurol sifatida otadi; 
— magazinsiz to‘pponchalar, shuningdek, mavjud bo‘lmagan 
magazinlari mos keluvchi moslama bilan almashtirilgan ayrim turdagi 
to‘pponchalar (1910 va 1912-yil namunali ««Brauning»», 1914-yil 
namunali «Mauzer», «Cheshska–zbroyevka» kabi to‘pponchalar), 
ulardan donalab otuvchi to‘pponcha sifatida foydalanish mumkin; 
— stvoli bo‘lmagan revolverlar (stvoli burab chiqarib qo‘yilgan). 
Taqdim etilgan o‘qotar quroldan alohida o‘q otishlari mumkinligi 
bo‘yicha savolga javob berish, tadqiqotlar jarayonida, ushbu quroldan, 
birorta nuqson mavjudligi tufayli, shu qurol mo‘ljallangan amaliy o‘q 
otishlarning imkoni yo‘qligi aniqlangan bo‘lsa, vujudga keladi. Bu kabi 
nuqsonlar sirasiga ayrim to‘pponchalarning urib-quyib yuboruvchi 
mexanizmlarining ishlashini ta’minlovchi magazinlarning yo‘qligi, urib-
qo‘yib yuboruvchi mexanizmlar ayrim qismlarining yo‘qligi, 
shuningdek, bosma saqlagichlarning yo‘qligi kiradi. Bunday hollarda, 
taqdim etilgan o‘qotar qurolning holati aniqlanganidan keyin, ekspe-
riment o‘tkaziladi. Bu eksperimentning maqsadi yuqorida ta’kidlangan 
nuqsonli qurollarning urib-quyib yuboruvchi mexanizmlariga turli ta’sir 
ko‘rsatilsa (bevosita yoki birorta moslama yordamida) ularning ishlab 
ketishini aniqlashdan iborat bo‘ladi. Bunday eksperimentlarda u yoki bu 
turdagi moslamalarni tanlash taqdim etilgan qurolning tuzilishiga bog‘liq 
bo‘ladi. 
Shunday qilib, u yoki bu ta’sirlar yoki moslamalar yordamida 
birinchi ko‘rinishdan otishga yaroqsiz bo‘lgan o‘qotar quroldan ham o‘q 
otish mumkin. Buni qo‘lbola usulda yasalgan o‘qotar qurollar yoki bir 
marta otish uchun mo‘ljallangan o‘q otish moslamalarini tadqiq etishda 
unutmaslik lozim. 
Taqdim etilgan o‘qotar qurolni tadqiq etish jarayonida, ushbu qurol 
qanday turdagi patronlar bilan otishga mo‘ljallanganligi aniqlanadi. 
Masalan, berilgan orqasidan o‘qlanuvchi qurol uchun qanday standart 
patronlar shtatli patron hisoblanishi aniqlanadi. Buning uchun standart 


 123 
qurollarning guruhiy taalluqliligi va uning stvolidagi markirovka 
belgilarini o‘rganish kerak bo‘ladi. Agar markirovka belgilari mavjud 
bo‘lmasa, standart qurolning ham, qo‘lbola qurolning ham kalibri, 
patrondonning ichki diametri va uzunligini o‘lchash lozim. 
Agar tadqiqot jarayonida, berilgan qo‘lbola usulda yasalgan o‘qotar 
qurol kichik, masalan, 5,6 
mm 
kalibrli bo‘lsa, ushbu qurolning 
boyogining joylashishiga qarab, uning halqasimon yoki markaziy jang 
patronga mo‘ljallanganligini aniqlash kerak. Chunki, juda ko‘plab 
qo‘lbola usulda yasalgan o‘qotar qurollar kichik kalibrli (5,6 
mm

halqasimon jang patronlarga yoki standart markaziy jang «Jevelo» 
kapsyuli bilan jihozlangan patronlarga mo‘ljallanib yasaladi.
Ekspertiza xulosasining tadqiqot qismi tuzilayotgan paytda ekspert 
bu qismning boshlanishida taqdim etilgan qurolning umumiy 
xarakteristikasini, ya’ni qurolning turi, rusumi, kalibri, ishlab chiqarilgan 
yili va markirovka belgilarini yoritadi. 
Zamonaviy o‘qotar qurollar rusumining nomlanishi, agar maxsus 
yo‘riqnomalarda belgilangan bo‘lsa, qisqartirilgan tarzda berilishi 
mumkin, masalan, PM to‘pponcha kabi. Agar chet elda ishlab 
chiqarilgan qurolning rusumi aniqlanmagan bo‘lsa, u holda, rusumi 
noaniq o‘qotar qurol deb qayd etiladi va qo‘shtirnoq ichida, berilgan 
qurolda qanday yozuvlar bo‘lsa, mos holdagi alifbo harflari yordamida 
aynan ko‘chirib yoziladi. Bundan tashqari, ushbu qurolning tuzilishidagi 
o‘ziga xos xususiyatlari: avtomatik qurol yoki boshqacha ekanligi, tepkili 
yoki tepkisizligi, saqlagichlar bormi va agar bor bo‘lsa aynan qaysi 
turda, signal beruvchi moslamalari, zaradlarining miqdori kabilar albatta 
qayd etiladi. 
Shuning so‘ng, o‘qotar qurolning metalldan, plastmassadan va 
yog‘ochdan yasalgan alohida tarkibiy qismlari sirtining tuzilishi, rangi va 
holati tavsiflanadi. Qurol qism va mexanizmlarining o‘zaro to‘g‘ri yoki 
noto‘g‘ri ishlashi bayon qilinadi. Ushbu qurolni qismlarga noto‘liq 
ajratilganda aniqlangan, ichki qismlarining holati va belgilari qayd 
etiladi. Bu jarayonda qurolning alohida tarkibiy qismlarining to‘liqligi va 
yetarlili, ularning holati, yeyilish darajasi, qurolni qismlarga to‘g‘ri yoki 
noto‘g‘ri yig‘ilganligiga, qismlardagi mavjud nuqsonlar, zanglash izlari, 
turli ifloslanishlar va stvol kanalining ichki holatiga e’tibor beriladi. 
Bundan tashqari, qurolning alohida qismlarida mavjud bo‘lgan turli 
yozuv va belgilarning joylashishi va mazmuni alohida qayd etiladi. Agar 
turli qismlardagi yozuv va belgilar turlicha bo‘lsa, ushbu qurol, bir 
rusumdagi turli qurolarning alohida tarkibiy qismlaridan yig‘ilgan yoki 


 124 
bu qurolning ayrim qismlari boshqasi bilan almashirilgan, degan 
xulosaga kelinadi. Berilgan qurolni qism va mexanizmlarining o‘zaro 
ishlashini teshirishda aniqlangan nosozliklar (agar ular bor bo‘lsa) sanab 
o‘tiladi va bu nosozliklarni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rilgan 
bo‘lsa, ular ham qayd etiladi.
Yuqorida aytilgan ishlar bajarilganidan so‘ng, tadqiqotga taqdim 
etilgan o‘qotar qurolning amaliy sozligi yoki nosozligi, ushbu quroldan 
otish yoki alohida o‘q otish imkoniyati borligi yoki yo‘qligi to‘g‘risida 
xulosa chiqariladi. Ekspertiza tadqiqotlarining bu bosqichi, o‘q otish 
imkoniyatini tekshirib ko‘rish uchun o‘tkazilgan eksperimentlar 
jarayonini ta’riflab yozish bilan yakunlanadi. Bunda eksperimentlar 
qaysi sharoitda o‘tkazilganligi, eksperiment jarayonida qanday o‘q 
tutgich va gilza tutgichdan foydalanilganligi, qanday patronlar bilan 
necha marta otishlar bajarilganligi va o‘q otishlari qanday yuz berganligi 
batafsil ko‘rsatiladi. 
Ekspertizaning yakuniy xulosalari, ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi 
qarorda berilgan savollarga qisqa va aniq, ilmiy va amaliy asoslangan 
tarzdagi javoblar shaklida chiqariladi. Bunda savollar qancha miqdorda 
va qanday tartibda berilgan bo‘lsa, javoblar ham shuncha miqdorda va 
shunday tartibda bo‘lishi lozim. 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin