Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik


-§. O‘qotar quroldan o‘q otilishi yoki alohida o‘q otish



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

2-§. O‘qotar quroldan o‘q otilishi yoki alohida o‘q otish 
imkoniyatlarini aniqlash metodikasi 
 
O‘qotar quroldan o‘q otilishlarni yoki alohida o‘q otish 
imkoniyatlarini aniqlashning kriminalistik ahamiyati. 
O‘qotar quroldan 
o‘q otilishlarni yoki alohida o‘q otish imkoniyatlarini aniqlash bo‘yicha 
ekspertiza vazifalarini aniqlashda ikki tushunchani ajratib ko‘rsatish 
lozim: o‘q otishlarni amalga oshirish va alohida o‘q otishni amalga 
oshirish. 
O‘q otishlarni amalga oshirish 
— bu o‘qotar qurolning tuzilishi 
uchun mos bo‘lgan bir martadan ko‘p, donalab, qisqa va uzun uzluksiz 
o‘q otilishlarini bajarishdir.
Alohida o‘q otishni amalga oshirish 
— bu berilgan o‘qotar quroldan, 
uning uzilishi uchun mos bo‘lmagan tarzda o‘q otilishidir. Bu 
tushunchani donalab, bir donadan o‘q otish bilan adashtirib yubormaslik 
kerak. Alohida o‘q otishni amalga oshirish o‘qotar qurolning 
g‘ayriodatiy ta’siri yoki harakatida bajariladi. Donalab o‘q otilishi esa 
o‘qotar qurolning normal ishlashida bajariladi, masalan, PM to‘ppon-
chasidan o‘q otish. 
Ushbu keltirilgan tushunchalar, ya’ni o‘q otishlarni amalga oshirish 
va alohida o‘q otishni amalga oshirish tushunchalarining o‘zaro 
farqlaridan, bu turdagi ekspertiza vazifalarini ikki mustaqil savolga javob 
berishdan iborat bo‘ladi deb ajratish kerak emas. Chunki, ekspertiza 
tayinlovchi organ, ekspertiza tayinlash jarayonida ushbu savollardan 
birini tanlashi mumkin. Aslida esa, bu kabi tanlashning o‘zi bo‘lmasligi 
lozim, chunki, bu holda birinchi savolga javob bermay turib ikkinchi 
savolga javob berishning imkoni bo‘lmaydi. Birinchi savolga javob 
berish uchun, ya’ni, berilgan o‘qotar qurol tadqiqotlarini o‘tkazganidan 
keyin, o‘qotar quroldan o‘q otishlarni amalga oshirish mumkin emas, deb 
xulosa chiqarish mumkin. Shunday qilib, berilgan o‘qotar quroldan o‘q 
otishlarni amalga oshirish va alohida o‘q otishni amalga oshirish bir 
savol bilan shakllantiriladigan yagona vazifani hal etishdan iborat. 
Shuning uchun ushbu vazifani o‘qotar qurolni otish uchun yaroqliligini 
aniqlash deb atash to‘g‘riroq bo‘ladi. 
Ushbu vazifani hal etish uchun, ekspertizaga quyidagicha savollar 
qo‘yilishi mumkin: 
— tadqiqotga taqdim etilgan o‘qotar quroldan o‘q otishlarni yoki 
alohida o‘q otishni amalga oshirish mumkinmi? 


 108 
— taqdim etilgan o‘qotar qurol otish uchun yaroqlimi, agar yaroqsiz 
bo‘lsa, unda ushbu quroldan alohida o‘q otishni amalga oshirish 
mumkinmi? 
— taqdim etilgan o‘qotar quroldan, o‘zi mo‘ljallangan turdagi o‘q 
otishlarni amalga oshirish mumkinmi? 
Savollarning bu tarzda shakllantirilishi, ayniqsa, oxirgi savol taqdim 
etilgan avtomatdan uzluksiz o‘q otish imkoniyatini aniqlash kabi vazifani 
ham qamrab oladi. Ba’zida uzluksiz o‘q otish tushunchasi o‘rniga 
avtomatik o‘q otish tushunchasi ishlatiladi, bu unchalik to‘g‘ri emas, 
chunki, qurolning avtomatikasi amalda qurolni qayta o‘qlash jarayonini 
boshqaradi. Yuqorida ta’kidlanganlarni avtomatik o‘zi otuvchi qurollar 
— to‘pponcha–pulemyot, ayrim vintovka va karabinlar hamda ikki 
turdagi ham donalab, ham uzluksiz o‘q otish imkoniyati bo‘lgan 
to‘pponchalar APS (Stechkina)ni tadqiq etishda hisobga olish kerak. 
Ushbu savol qo‘lbola usulda yasalgan avtomatlar yoki standart usulda 
yasalgan avtomatik o‘zi o‘qlanuvchi to‘pponchalarni tekshirishda 
mustaqil vazifa bo‘lishi mumkin. Haqiqatan ham, ayrim o‘zi o‘qlanuvchi 
to‘pponchalardan, masalan TT to‘pponchasidan, uning ajratgichining ish 
tartibi buzilganda va magazinida ko‘p miqdorda patronlari bo‘lganda 
uzluksiz o‘q otish imkoni tug‘ilib qoladi. Bu hollarda, donalab o‘q otish 
imkoniyati mavjud bo‘lmaydi. 
Taqdim etilgan standart yoki qo‘lbola usulda yasalgan o‘qotar 
qurollarning sud-ballistik ekspertizalarida o‘qotar qurolning otish uchun 
yaroqliligini yoki alohida o‘q otish imkoniyatini aniqlash majburiy 
hisoblanadi. Ushbu vazifani hal etilishi, taqdim etilgan o‘qotar quroldan 
eksperimental o‘q otishlarni bajarish bo‘yicha vazifalardan oldin keladi:

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin