133
4-jadval.
№
Ov miltiqlarining
Kalibri
Gilza sandonning eng yuqori nuqtasidan gilza
tubining tashqi sirtigacha bo‘lgan masofa
1 12
1,23
mm
2 16
1,14
mm
3 20
1,20
mm
4 28
1,21
mm
5 32
1,13
mm
Shundan so‘ng, rusumi, turi, ko‘rinishi, markirovka belgilari va
o‘lchamlari tadqiqotga taqdim etilgan gilza bilan bir xil boshqa bir necha
(beshta) gilza olinadi va ularda ham yuqorida ta’kidlangan masofa
o‘lchanadi. Keyin tadqiqotga keltirilgan gilzadagi mazkur masofaning
qiymati yuqorida keltirilgan jadvaldagi va eksperimental gilzalarni
o‘lchashda aniqlangan qiymatlar bilan solishtiriladi hamda
tekshirilayotgan gilza sandoni balandligini odatdagidan chetlashishi
aniqlanadi. Eksperimental o‘q
otishlar ham, tadqiqotga keltirilgan
gilzaning o‘zi bilan, uning kapsyuli almashtirib bajariladi.
Ekspertiza xulosasida, tadqiqotga taqdim etilgan o‘qotar quroldan
tepki bosmasdan o‘q otilishi ehtimoli aniqlash bilan birga, ushbu
qurolning otish uchun yaroqliligi yoki undan alohida o‘q otishlar
imkoniyatini aniqlashni ham qo‘shish kerak. Bunday tadqiqotlarda,
boyokni urib o‘q otilishi uchun yetarli bo‘lgan tepkini bosishga zarur
bo‘lgan kuch aniqlanadi va bu jarayon ham alohida qayd etiladi. Bundan
tashqari,
ekspertiza xulosasida, tadqiqotlar jarayonida o‘tkazilgan
eksperimentlarning maqsadi, mazmuni va natijalari ham qayd etilishi
zarur.
Dostları ilə paylaş: