154
tadqiqotlarining birinchi qismi sifatida ham amalga oshirilishi mumkin.
Faqat bu holda, otilgan gilza va o‘qlarda ishlatilgan qurol qismlaridan
qolgan izlar yaxshi ifodalangan bo‘lishi kerak. Patronni patrondonga
jo‘natish, o‘q otilmay qolganlik izlari shunday izlar bo‘lishi mumkin.
Patronlarning turi va namunasini aniqlash bo‘yicha tadqiqotlar
ularning tuzilishiga, shuningdek ayrim ishlab chiqarishga oid belgilarni
(markirovkasi, materiali) aniqlash va baholashni nazarda tutadi. Ko‘zdan
kechirish va o‘lchash tadqiqotlarining natijalarini standart patronlarning
turi va namunalari bo‘yicha ma’lumotlar yoki jangovar o‘q-dorilarning
xususiyatlari bilan solishtiriladi. Tekshirilayotgan belgilarning o‘zaro
mos kelishi natijalari asosida xulosa chiqariladi. Tekshirilayotgan
belgilar yoki xususiyatlar o‘zaro mos kelganda,
patronlar va ular tarkibiy
qismlarining materiallari va markirovka belgilarining mumkin bo‘lgan
variantlari, shuningdek, og‘irlik va o‘lchamlardagi unchalik katta
bo‘lmagan farqlar aniqlanishi lozim. Agar patronlar alohida qismlarining
sirtida qo‘pol ishlov berilganlik belgilari aniqlansa, standart jangovar
o‘q-dorilarning o‘zgartirilganligi, o‘zgartirish usuli haqida fikr yuritish
mumkin.
Patronlarning turi va namunasini aniqlashda quyidagilar o‘rganilishi
lozim:
— uruvchi tarkibning gilzada joylashishi, uning shakli;
— gilzadagi kapsyullarning materiali;
— snaryadning
gilzaga mahkamlanish usuli;
— o‘qning gilzadan chiqib turuvchi qismining shakli, o‘q
qobig‘ining mavjudligi va uning materiali;
— gilzadagi markirovka belgilari; gilza va o‘qlardagi markirovka
bo‘yoqlarining mavjudligi va rangi;
— patronning og‘irligi va uzunligi;
— gilzaning diametri;
— gilza qalpoqchasi, og‘zi va o‘qning gilzadan chiqib turuvchi
silindrsimon qismining diametri.
Uruvchi tarkibning gilzada joylashishi quyidagilar mavjud
bo‘lganda aniqlanishi mumkin:
— «Lefoshe» konstruksiyali yonbosh jang patronida — gilzadagi
yonbosh shpilka;
— kichik kalibrli o‘qotar qurolga mo‘ljallangan halqasimon jang
patronida — gilza tubidagi kapsyul uyasi bo‘lmaganda qalpoqcha qirrasi;
— markaziy jang patronida — gilza tubidagi kapsyul uyasi.
155
Gilzaning shakli uning korpusi konfiguratsiyasi bo‘yicha,
aylanma
ariqchasi, qalpoqchasining qirrasi va kannelyurasi mavjud bo‘lganda
aniqlanadi. Silindrsimon shakldagi gilzalar, odatda, to‘pponchalar, ov
miltiqlari va kichik kalibrli o‘qotar qurollar uchun mo‘ljallangan
patronlarda bo‘ladi; butilkasimon gilzalar — vintovkalar, to‘pponcha–
pulemyot, to‘pponchalar, revolverlar va ov karabinlarining ayrim turlari
uchun mo‘ljallangan patronlarda bo‘ladi; konussimon gilzalar esa —
1895-yil namunali «Nagan (Nagant)» rusumli 7,62
mm
kalibrli
revolverlar uchun mo‘ljallangan patronlarda bo‘ladi. Ko‘plab avtomatik
to‘pponchalar, ayrim turdagi vintovkalar uchun mo‘ljallangan
patronlarning gilzalari qirrasiz, gilza qalpoqchasining yonida o‘yma
ariqchali qilib yasaladi. Ov miltiqlari, revolverlar va kichik kalibrli
qurollarning gilzalari esa o‘yma ariqchasiz va qalpoqchalari qirrali qilib
yasaladi.
O‘qning gilzaga mahkamlanish usuli gilzadagi o‘qning
mahkamlanish izlarining, gilzada kannelyuraning bor yoki yo‘qligi orqali
aniqlanadi. Bu kannelyura o‘qni gilzaga mahkamlanish izi emas, balki
gilzaning tuzilishiga oid belgi bo‘lib, unga o‘qni mahkamlash usulini
ifodalaydi. Gilzada unga o‘qni mahkamlash usulining yo‘qligi, o‘qni
gilzaga mahkam o‘rnatish usulida o‘rnatilganidan darak beradi. 9
mm
kalibrli PM to‘pponchasi, APS avtomatik to‘pponchasining patronlari,
««Brauning»» rusumli to‘pponchaning kalta patroni, P 08
(««Parabellum»») rusumdagi Borxardt–lyuger to‘pponchasining o‘rtacha
patroni, 9
Dostları ilə paylaş: