189
markirovka belgilari va plastmassa to‘siqning rangi bilan
farq qiladi,
jumladan, bo‘sh patronning gilzasi tubida «KNALL» yozuvi yoziladi va
plastik to‘siqning rangi yashil bo‘ladi.
Signal patronlarini yorug‘liq signallari berish uchun ishlatiladi.
Bunday patronlarni ishlatish uchun gaz qurollarining stvol og‘ziga burab
maxkamlanadigan maxsus qurilma (adapter)dan foydalaniladi, uning
kalibri 15
mm
ni tashkil qiladi. Signal
patroni ushbu qurilmaga
joylashtiriladi va bo‘sh patron yordamida otiladi, signal paroni 40 — 60
metrgacha masofaga otilishi mumkin.
Pnevmatik qurollardan otish uchun quyidagi turdagi snaryadlar
ishlatiladi: soqqachalar (sferik o‘qlar), o‘qlar, o‘q–strelkalar, pnevmatik
patronlar.
Soqqachalar (sferik o‘qlar) po‘latdan (masalan, «Daisy» firmasi),
mis qobiqli po‘latdan (masalan, «Srosman» firmasi),
rux qobiqli
po‘latdan va qo‘rg‘oshindan (masalan, «Gamo» firmasi), aluminiydan
yasaladi. Soqqachalarning diametri qurol kalibriga teng, og‘irligi
⎯
0,4
— 0,6 gramm oralig‘ida bo‘ladi. Mis yoki rux qobiqlar qurol stvoli
kanalini tez yeyilib ketishdan saqlaydi.
O‘qlar qo‘rg‘oshin eritmasidan tayyorlanadi va ular uchining
shakliga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi:
⎯
yassi uchli (o‘qning boshchasi tekis bo‘ladi);
⎯
o‘tkir uchli (o‘qning boshchasi uchli bo‘ladi);
⎯
yarm sferik uchli (o‘qning boshchasi dumaloq bo‘ladi).
O‘qlar tuzilishida o‘ziga xos xususiyat — orqa qismida yupqa
devorli bo‘shliq (shartli ravishda «yubka» deb ataladi) mavjud.
O‘qlarda ikki yoki ko‘proq yetakchi hoshiyalar (kamarcha)lar
bo‘ladi. O‘qning boshchasida joylashgan
yetakchi hoshiya stvol
kanalidagi narezlar maydoni bilan kam ta’sirlanadi. O‘qning
«yubka»sida joylashgan yetakchi hoshiya esa ta’sirlashuvchi hisoblanadi,
uning diametri qurol stvoli kanali diametridan katta bo‘ladi, shuning
uchun o‘q otilishida havo yoki gaz o‘qning bo‘shlig‘iga kiradi va
o‘qning korpusini kengaytiradi hamda «yubka»ning devorlari stvol
kanalidagi narezlarga kiradi. Natijada o‘q bilan stvol kanali o‘rtasida
yetarlicha ishqalanish hosil bo‘ladi. Alohida o‘qlar orqa qismining sirtida
butun aylanasi bo‘ylab bo‘ylama o‘yiq kertik (nasechka) bo‘ladi (36, 37–
rasm).