Amir Temur davri davlatchiligi


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 65,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix16.12.2023
ölçüsü65,99 Kb.
#181392
1   2   3   4   5   6
amir-temurning-davlat-boshqaruvi-sohasidagi-islohotlari

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
 

 
 
Academic Research, Uzbekistan 667  www.ares.uz 
nishonlandi. 1996 yil aprelida shu tashkilotning Parijdagi bosh qarorgohida 
«Temuriylar davrida fan, madaniyat va ta’lim ravnaqi» mavzuida ilmiy konferensiya 
o‘tkazilib, Buyuk davlat arbobining tarixdagi o‘rniga yuksak baho berildi. «Amir 
Temur jahon tarixida qudratli va gullab-yashnagan davlat barpo etgan buyuk sarkarda 
va davlat arbobi sifatidagina mavqei tutmaydi.
U o‘z poytaxti bo‘lmish Samarqandni er yuzining chinakam madaniy va ilmiy 
markazlaridan biriga aylantirdi. Bu ulug‘ zot qurdirgan me’morchilik va xalq 
san’atining javohirlari yanglig‘ bugungacha qad ko‘tarib turgan osori atiqalar shahar 
va qishloqlarimiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib kelyapti. Sohibqiron zamonasining ajoyib 
diplomati, davlatlar o‘rtasida do‘stona munosabatlar o‘rnatilishi va iqtisodiy aloqalar 
rivojlanishining tarafdori sifatida ham mashhur edi. U olimlar va hokimlar, 
me’morlar va shoirlarning buyuk homiysi yanglig‘ dong chiqargan». 
Bugungi kunda demokratik huquqiy davlat qurayotgan xalqimiz Vatanimiz 
tarixida huquqiy davlat haqidagi tasavvur va qarashlarning yuzaga kelishi hamda 
rivojlanishi, uning yuridik manbalari, dunyoviy huquq va qonunchilik masalalarini 
ham bilishni istaydi, albatta. Ana shu nuqtai nazardan qaraganda, Temur tuzuklarini 
tarixiy-huquqiy tadqiq etish alohida dolzarblik kasb etadi. Zero, o‘tmish merosimiz
uning boy davlatchilik va huquqiy asoslari, xususan, Amir Temur davrida davlat va 
huquq borasida qo‘llanilgan adolatli tamoyillar bugungi kunda mustaqilligimizga 
ham xizmat qilib, shaxsning yuksak siyosiy, axloqiy va huquqiy madaniyatini 
shakllantirishda ko‘maklashmoqda. Amir Temur hayoti va faoliyatini yorituvchi 
asosiy tarixiy manbalar benihoya ko‘p va xilma-xil bo‘lib, bu uning nomi, jahon 
tarixidagi roli beqiyos ekanligi va g‘oyat mashhurligidan dalolat beradi.
Amir Temur, Temuriylar davlati, uning tashkil topishi masalalariga 
bag‘ishlangan, chet ellarda va Respublikamizda olib borilgan tadqiqotlarning ilmiy 
tahlili ham bir qator olimlarimizning kitoblarida yoritilgan. «Temur tuzuklari» ilmiy 
jamoatchilikni 600 yil mobaynida qiziqtirib kelmoqda.

Yüklə 65,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin